Krossvord – O’yin metodi bolalar faqat ular o’zlari ixtiro qilgan narsalar borasidagina haqiqiy tushunchaga EGA bo’ladilar va har safar, biz ularga bir narsani tez o’rgatmoqchi bo’lganimizda
Krossvord – O’yin metodi bolalar faqat ular o’zlari ixtiro qilgan narsalar borasidagina haqiqiy tushunchaga EGA bo’ladilar va har safar, biz ularga bir narsani tez o’rgatmoqchi bo’lganimizda
KROSSVORD – O’YIN METODI Bolalar faqat ular o’zlari ixtiro qilgan narsalar borasidagina haqiqiy tushunchaga ega bo’ladilar va har safar, biz ularga bir narsani tez o’rgatmoqchi bo’lganimizda, biz ularni narsalarni qaytadan kashf etishdan ushlab qolamiz.
J. Puaje Krossvord o’yini XX asrning boshlarida paydo bo’ldi va o’zining qiziqarliligi bilan qisqa vaqt ichida butun dunyoga keng tarqaldi.
“Krossvord” so’zi inglizcha so’zdan olingan bo’lib, kross – “kesib otish” va “word” - “so’z” so’zlarining birikmasidir va u boshqotirma ma’nosini anglatadi. Krossvord tuzish uchun “o’zaro kesishuvchi” katakchalarga so’zlar yozilishi va yozuvda umumiy katakchalarda bir xil harflar qatnashishi kerak. Krossvordlar shakli va hajmi jihatidan juda ko’p turli bo’ladi.
Krossvordning vatanini aniqlash borasida uch davlat baxs yuritadilar. Ular, AQSh, Angliya va JAR davlatlaridir. Krossvordning gazeta sahifasida birinchi marta chop etilishi 1913-yilning 21-dekabriga to’gri keladi va bu kun birinchi gazeta krossvordining tug’ilish kuni sifatida Ginnes rekordlar kitobiga rasman kiritilgan. Bu krossvord AQShda Artur Uinn tomonidan tuzilgan bo’lib, “Hew York world” gazetasida e’lon qilingan.
Krossvordga oid muhim pedagogik-psixologik jihatlar ustida to’xtalib o’tamiz.
Abuturient, talaba uchun krossvord: 1. O’yin xarakteriga ega. Bu xususiyat mavzuni oson egallash imkonini beradi. Chunki insonning ruhiyati mavzuni o’yin orqali qabul qilishga moyildir.
2. Xotirani chiniqtiradi.
3. Fikrlash doirasini kengaytiradi, aqlni peshlaydi.
4. Anglash va fahmlash qobiliyatini rivojlantiradi.
5. So’z boyligini oshiradi.
6. Izlanuvchanlikni vujudga keltiradi.
7. Intellektual salohiyatni kengaytiradi.
8. Mustaqil fikrlash ko’nikmasini hosil qiladi va shakllantiradi.
9. Bo’sh vaqtni mazmunli o’tkazish imkonini beradi.