3 Yoshlarga e’tibor – baxtiyorlikni ta’minlashning asosiy maqsadi Yurtimizda qanday islohotlarga qo‘l urmaylik, avvalo, siz kabi yoshlarga, sizlarning kuch-g‘ayratingiz, azm-u shijoatingizga suyanamiz. Barchangiz yaxshi bilasiz, bugun o‘z oldimizga ulkan marralar qo‘yganmiz. Ona Vatanimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga kirishdik. Men har gal yoshlarimiz bilan uchrashganimda, sizlarning g‘ayrat-shijoatingizdan kuch-quvvat olaman, ko‘nglim tog‘day ko‘tariladi. Har biringiz jonajon Vatanimiz va xalqimizga sidqidildan xizmat qilish orzusi bilan yonib yashayotganingizni yaxshi bilaman. Sizlarni O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida qadrlayman!
BUYUK, BUYUKLIK tushunchalarining mohiyati “O’zbek tilining izohli lug’ati”dan
ULUG’VOR ULKAN YUKSAK TENGSIZ YETUK
TABARRUK
YANGI O‘ZBEKISTONDA YOSHLAR MASALASI DAVLAT SIYOSATINING ENG USTUVOR YO‘NALISHIDIR yoshlarning zamonaviy ilm-fan va yuqori texnologiyalarni mukammal egallashi uchun barcha kuch va imkoniyatlar ishga solinmoqda.
Har qanday davlatning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo’lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga bog‘liq.
1991-yil 18-noyabrda “Yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to’g’risida”gi qonun, 2016-yilda esa bu qonun Yangi tahrirda qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2021-yil 13-iyuldagi PF-6260-son Farmoni.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi “2022-2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 310-sonli qarori