Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
374
Ne hamroh ul yo‘lda, ne hamdame, 
Yerur, Alloh-Alloh, ajab olame 
Ki, har kimki ul yo‘lg‘a qo‘ydi qadam, 
Burung‘i qadamdur savodi adam. 
Ne ul sayr poyonig‘a had padid, 
Ne maqsud paydo, ne maqsad padid. 
Yerur oncha ranju suubat anga 
Ki, o‘lmak emastur uqubat anga. 
Yerur bejihat kimki sharhin qilur 
Ki, har kimki aylar taammul – bilur. 
Kishi bilsa ollinda bu nav’ yo‘l, 
Safarni ne yanglig‘ havas qilg‘ay ul. 
Nechakim tavaqqufni jazm aylagung. 
Qachon bo‘lsa bu yo‘lg‘a azm aylagung. 
Chu oxir borursen, shitobing nedur, 
Borurdin burun iztirobing nedur. 
Taraddudni tark aylab orom tut. 
Tuzub bazm ahbob ila jom tut. 
Yo‘q ulkim, borib sen, qolurlar bu xayl 
Ki, bordur borig‘a borur sori mayl. 
Yerurlar g‘animat bori bu zamon 
Ki, bir-biriga siz barchangiz mehmon. 
Bo‘lung mayg‘a gulrez o‘lub subhxez 
Ki, bir-bir uchun bo‘lg‘unguz ashkrez. 
Tarab birla jomi shabona iching, 
To‘lo tutsalar bebahona iching. 
Oling ayshdin umrning komini, 
Tutung xush yigitlikning ayyomini. 
Ichib bazm aro jomi dilkash tutung, 
Nekim kelsa o‘zni dame xush tutung. 
Ne soatki yuzlansa komu murod, 
Sochib o‘tqa ispand, o‘qung «in yakod». 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
375
Va gar bermasa dast komu tarab, 
Tarab yo‘q debon o‘zga solmang taab. 
O‘zungizni mehnat kuni ovutung. 
Ne g‘am kelsa davrondin, oson tutung. 
Agar g‘am yetib, kimsa topsa alam, 
Qilur bir g‘amin kuch bila iki g‘am. 
Muni anglakim oshkoru nihon, 
Kiro aylamas g‘am yemakka jahon. 
Chu bir lahza davrong‘a yo‘q e’timod, 
Badan qaydida jong‘a yo‘q e’timod. 
Nechuk odami bejihat g‘am yegay, 
Va gar bo‘lsa yuz ming jihat ham yegay. 
Burung‘i kunu tongladin urma dam 
Ki, ul bir adamdur, bu dog‘i adam. 
Erur bir bu kun har ne nobudu bud 
Ki, iki adam ichra tutmish vujud. 
Dami naqd agarchi bu ma’dum emas, 
Vale yetmak oqshomg‘a ma’lum emas. 
Ne oqshom, tiriklik erur bir nafas, 
Ham ermas yaqin topmoq oxir nafas. 
Chu bir damg‘a yo‘qtur kishiga zimon, 
Falak zulmidin al’amon-al’amon! 
Muni dog‘i g‘am birla qilg‘on basar, 
Xiraddin magar topmamishtur asar. 
Alam ichra dam urmag‘il, ey ko‘ngul, 
Ne g‘am yetsa qayg‘urmag‘il, ey ko‘ngul. 
Judoliqqa shod o‘lma ashobdin, 
Jafo yetsa ayrilma ahbobdin. 
Chu gardun ishi bevafolig‘durur, 
Saranjomi rasmi judolig‘durur. 
Firoq ichra ta’jil, ya’niki neg‘ 
Bu hosilg‘a tahsil, ya’niki neg‘ 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin