Biz yoshlar jinoyat va huquqbuzarlikka qarshimiz!



Yüklə 315,5 Kb.
səhifə1/6
tarix20.12.2022
ölçüsü315,5 Kb.
#76615
  1   2   3   4   5   6
Ma\'ruza matni Biz yoshlar jinoyatchilikka qarshimiz!


BIZ YOSHLAR JINOYAT VA HUQUQBUZARLIKKA QARSHIMIZ!


Yoshlik – insonning porloq kelajagi uchun urug‘ qadaydigan davrdir. Hayotning ushbu pallasini o‘z salohiyatini oshirish, jamiyatda munosib o‘rin egallashga intilgan yoshlarning kelajagi nurafshon. Ammo, ayrimlar “yoshlik – beboshlik” deya nojo‘ya harakatlarga qo‘l urib jinoyat ko‘chasiga kirib, o‘z boshiga kulfat solib qolganlarini bilmay qolyapti. Agar ular ham o‘z muvofaqqiyatlari bilan yurt ravnaqiga hissa qo‘shayotgan yoshlardan ibrat, o‘rnak olganlarida, ota-onalari farzandlariga befarq bo‘lmaganlarida edi bugun yoshlar o‘tasida jinoyatchilik ancha kamayardi. Adashgan yoshlar mayda bezorilik, o‘g‘irlikka qo‘l urib bebaho va betakror umrning oltin davrini panjara ortida o‘tkazmagan, yurug‘ kelajagiga bolta urmagan bo‘lardilar.
Hozirgi kunda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik sonining ortib borayotgani, har birimizni tashvishga solayotgan va ayni paytda jamiyat va davlatning oldida turgan dolzarb muommolardan biri sifatida e’tirof etilishi, uning oldini olish naqadar muhim ekanligini ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Agar farzandlarimizga to‘g‘ri tarbiya bermasak, har kuni, har daqiqa uni yurish-turishi, kayfiyatidan ogoh bo‘lib turmasak, ularni ilm-u hunarga o‘rgatmasak, munosib ish topib bermasak, bu omonatni boy berib qo‘yishimiz hech gap emas” deya ta’kidlagan fikrlari ham yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, chin ma’noda vatanparvar etib tarbiyalash, ularning o‘rtasida jinoyatchilik, huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish dolzarb masala ekanligini anglashimiz mumkin. Borgan sari murakkablashib borayotgan tahlikali va ziddiyatli dunyo tevaragi eng avallo, ertangi kunimizning kelajagi bo‘lgan yoshlarimizni turli yot mafkuralar ostida jinoyatga moil bo‘lib ulg‘ayishining oldini olish ustuvor vazifalarimizdan biridir.
Mamlakatimizda yoshlar va voyaga yetmaganlar huquq-yerkinliklarini ta’minlash, ularning qonuniy manfaatlarini muhofaza yetish, eng asosiysi, barkamol avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Voyaga yetmaganlar manfaatlarini himoya qilish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgani samarali ijtimoiy himoya tizimini joriy yetish hamda yoshlarni moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlashda muhim omil bo‘lmoqda. Ayni paytda mamlakatimiz aholisining 60 foizini yoshlar tashkil etadi. Ta’kidlash joizki, hozirgi kunda Respublikada jami 35 mln 271 ming aholining 9,4 mln yoki 26,9 foizini yoshlar (18-30 yosh), 12,7 mln yoki 36,3 foizini esa voyaga yetmaganlar tashkil etadi (18 yoshgacha). Ushbu ko‘rsatkichning o‘zi masala nechog‘li dolzarb ahamiyatga ega ekanidan darak beradi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlarning ma’naviy va ma’rifiy saviyasini yuksaltirish, ularga zamonaviy bilim olish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash masalalari Davlat siyosati darajasigacha ko‘tarildi.
Shu o‘rinda, yoshlar bilan ishlash borasidagi faoliyatni huquqiy jihatdan tartibga solishga qaratilgan baza yaratildi.
Xususan, O‘zbekiston yoshlar o‘rtasida turli xil illatlarni oldini olish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida salmoqli ishlarni amalga oshirilmoqda. Xususan, mustaqillik qo‘lga kiritilganidan 3 oy o‘tmasdan, ya’ni 1991-yil 20-noyabrda “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. 2016-yilga kelib “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Bundan tashqari, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi, qator xalqaro hujjatlar ratifikatsiya qilindi.
Shu bilan birga huquqbuzarliklar profilaktikasi sub’ektlarining kundalik faoliyatida aniqlangan muammolar, bu boradagi faoliyat asoslarini belgilovchi qonun hujjatlaridagi kamchiliklar mavjudligi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish zarurligini belgilab berdi. Loyihaning asosiy g‘oyasi huquqbuzarliklar profilaktikasining ustuvor vazifalari, tamoyillari va turlarini, huquqbuzarliklar profilaktikasi bilan bevosita shug‘ullanuvchi organlar va muassasalar tizimini, shuningdek, ularning vakolatlarini qonunchilik darajasida mustahkamlashdan iborat.
Normativ-huquqiy bazaning tahlili shuni ko‘rsatdiki, huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari qonunlarning alohida normalari, Hukumat qarorlari, idoraviy normativ hujjatlar bilan tartibga solingan. Bu holat huquqbuzarliklar profilaktikasi subektlari faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini lozim darajada ta’minlamadi. Shuningdek, loyihani tayyorlashda huquqbuzarliklar profilaktikasini qonunchilik bilan tartibga solish sohasidagi MDH davlatlari va uzoq xorij davlatlarining tajribasi hisobga olindi. Xalqaro amaliyotni o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, bir qator xorijiy mamlakatlarda (Rossiya, Belarus, Qozog‘iston va boshqalar) huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari yagona qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. 2014-yil 14-mayda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
Qabul qilingan Qonun huquqbuzarliklar profilaktikasining huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish, huquqbuzarliklar profilaktikasi subyektlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning izchilligi va tartibliligini ta’minlash, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish masalalarini tartibga soluvchi huquqiy normalarni birlashtirishga qaratilgan.
O‘tgan besh yil mobaynida Yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida 2017-2021-yillarda 50 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi.
Jumladan, mazkur hujjatlar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida Yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6017-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-yanvardagi “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 23-sonli Qarori yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning ustuvor va dolzarb yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Harakatlar strategiyasida ham O‘zbekistonning jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi maqsadlari aniq va ravshan bayon etildi.
Parlamentning yoshlar bilan ishlash borasidagi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi tuzildi va o‘z faoliyatini boshladi. Yoshlarning, ayniqsa uyushmagan yoshlarning kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun munosib sharoitlar yaratishga, bandligini ta’minlashga, ishbilarmonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etishga ko‘maklashish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha samarali mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha takliflar kiritish ushbu komissiyaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Har haftaning payshanba kuni mamlakatimizda Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish profilaktika kuni sifatida belgilangani bolalarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, o‘smirlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini mustahkamlash, ota-onalar hamda vasiylik organlarining mas’uliyatini oshirish borasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda muhim yo‘nalish bo‘ldi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, oila, ta’lim muassasalari va keng jamoatchilik zimmasiga yoshlar huquqbuzarligi va jinoyatchiligining oldini olish, hududlarda voyaga yetmaganlarning ma’naviy, axloqiy, huquqiy, estetik, jismoniy, mehnat tarbiyasida ishtirok etish, ularda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga ko‘maklashish, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan voyaga yetmaganlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga yordam berish vazifalari yuklatildi.
2021-yilning 26-mart kuni qabul qilingan “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni Harakatlar strategiyasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish bilan bog‘liq vazifalar ijrosida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Mazkur Farmon 2021-yil – “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturining 32-bandi ijrosini ta’minlashga qaratilgani bilan ham ahamiyatli bo‘ldi.
Farmonga ko‘ra, har bir mahalla, oila va shaxs kesimida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishga oid muammolar bevosita joylarning o‘zida hal yetilishi belgilandi. Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari negizida mahalla huquq-tartibot maskanlari tashkil etildi.
Dastlab Toshkent va Samarqand viloyatlarida, yil yakuniga qadar yesa respublikaning boshqa hududlarida profilaktika inspektoriga masofadan turib murojaat yuborish va uni ko‘rib chiqish jarayonini kuzatib borish imkonini beruvchi “Smart mahalla” axborot dasturi yaratildi.
2020-yil 25-dekabrda ilk bor o‘tkazilgan O‘zbekiston yoshlari forumi davomida yoshlar bilan bog‘liq barcha masalalar atroflicha tahlil qilinib, bugungi kunda yoshlar masalalari bo‘yicha oldimizda turgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.
Bunda, Muhtaram Prezidentimiz tomoningizdan ilgari surilgan “Yangi Renessans poydevorining bunyodkorlari – yoshlar” ulug‘vor g‘oya atrofida yoshlarni birlashtirish bo‘yicha barcha vazirlik va idoralari uchun aniq topshiriqlar berildi.
Davlat rahbari forumda “Yoshlar bilan ishlash Prezidentdan tortib vazirgacha, hokimdan tortib mahalla raisigacha – hammamizning eng asosiy ishimizga aylanishi zarur. Har qaysi hokim, har bir vazir, har qaysi mahalla raisi “Bugun men yoshlar uchun nima ish qildim? Ertaga farzandlarimiz manfaati uchun yana nima ish qilishim kerak?” degan savollarga javob beradigan, shunday e’tiqod bilan yashaydigan vaqt keldi” deb ta’kidladi.
Buning natijasida mehnat qilish niyati bo‘lmagan, huquqbuzarlik, jinoyat yoki ijtimoiy hayotning salbiy ko‘rinishlariga (yengil hayot tarzi, giyohvandlik, qimorvozlik) ergashayotgan yoshlar bilan ishlashning o‘ziga xos tajribasi shakllandi.
2020-yilda yurtimizning 33 905 242 kishilik aholisining 18 532 496 nafarini 0-29 yosh chegarasidagi insonlar tashkil yetib, bu ko‘rsatkich 2021-yilda 34 558 891 nafarga 18 722 583 nafarni tashkil yetgan. Statistik ma’lumotlarning guvohlik berishicha bugungi kunda mamlakatimiz demografik tarkibining yosharib borishi fonida, yoshlar orasida huquqbuzarlik sodir yetilishi miqdori ham oshib bormoqda. Xususan, 2019-yilda 30 yoshgacha bo‘lgan aholi orasida jinoyat sodir yetganlarning soni 15590 nafarni tashkil yetgan holda jami sodir yetilgan jinoyatlar orasida yoshlarga tegishlilari 36.7%dan iborat bo‘lgan bo‘lsa, 2020-yilda ushbu ko‘rsatkich mos ravishda 18231 nafar jinoyat va 37% ko‘rnishda namoyon bo‘lgan. Ushbu raqamlardan ko‘rinib turibdiki, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni qisqartirish masalasi ham bevosita kun tartibidagi masalalar qatoriga qo‘shilmoqda. Shuningdek, bizda mavjud statitik ko‘rsatkichlardan ma’lum bo‘lishicha 39 088 nafar yoshlar notinch oilalarda istiqomat qilmoqda, 368 nafar yoshlar turli zararli noformal guruhlar, oqimlar ta’siriga tushib qolgan. Yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligi pastligi sababli ularning turli yot g‘oyalarga yergashishi, huquqbuzarlik va jinoyatchilik, yerta tug‘ruq hamda to‘y-hashamlarning ortiqcha sarf-xarajatlar bilan o‘tkazilishi kabi salbiy holatlar kuzatilmoqda.
Yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik va huquqbuzarlikning chuqur tahlili bugungi kunda yoshlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar hanuz yetarli emas ekanligini ko‘rsatmoqda.



Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov O‘zbekistonda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida 2021-yil yakuni bo‘yicha Oliy Majlis Senatiga axborot berdi.


Yüklə 315,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin