Biz yoshlar jinoyat va huquqbuzarlikka qarshimiz!


Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va ularning samaradorligi



Yüklə 315,5 Kb.
səhifə6/6
tarix20.12.2022
ölçüsü315,5 Kb.
#76615
1   2   3   4   5   6
Ma\'ruza matni Biz yoshlar jinoyatchilikka qarshimiz!

Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va ularning samaradorligi
Yoshlar jinoyatchiligining oldini olish bo‘yicha avvallo davlatning roli eng ustuvor poydevor sifatida e’tirof etilib, bu boradagi g‘amxo‘rlik davlat siyosati bilan uzviy amalga oshiriladi. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish davlat siyosati deganda, davlatning siyosiy qaror qabul qilish yo‘li bilan bu toifadagi jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek aniq maqsadlar hamda vazifalarni hayotga tatbiq etish, ushbu yo‘nalishda tashkiliy ishlarni kompleks ravishda amalga oshirishni ta’minlashdagi maxsus faoliyati tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasida yoshlar jinoyatchiligining oldini olish ishlarida davlat siyosatining ahamiyati bu borada huquqiy bazani mustahkamlash va shu yo‘l bilan turli amaliy tadbirlarni olib borishga e’tibor qaratildi. Normativ-huquqiy asosning yaratilishi yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik, huquqbuzarliklarni ijtimoiy oldini olishning yaxlit tizimini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qildi.
Xususan, qonunchilikni shakllantirish borasida yoshlarga bo‘lgan ilk e’tibor sifatida 1991-yil 21-noyabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi bilan bo‘lgan bo‘lsa, ushbu islohatlarning samaradorligini oshirish maqsad qilib 2016-yil 14-sentabr kuni yangi tahrirda O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-son qonuni qabul qilinishi bo‘ldi. Ushbu qonunda yoshlarga oid siyosat O‘zbekiston Respublikasi davlat faoliyatining ustuvor 38 yo‘nalishi bo‘lib, uning maqsadi yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidori jamiyat manfaatlari yo‘lida imkon boricha to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jixatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan iborat ekanligi qayd etilgan.
Jinoyatchilikning oldini olish faoliyatining vazifalari, vakolatlari va mazmuniga qarab unda ishtirok etadigan davlat va jamoat tashkilotlarini quyidagicha klassifikastiyalanadi2:
• umumiy vakolatli organlar;
• ixtisoslashmagan organlar;
• qisman ixtisoslashgan organlar;
• ixtisoslashgan organlar.
Yoshlar o‘rtasida olib boriladigan profilaktika tadbirlari keng miqyosda muntazam o‘tkazishni talab qiladigan jamiyatning barcha kuch va vositalarini yo‘naltiradigan faoliyatdir. Profilaktikaning ahamiyati shundan iboratki, u orqali jamiyatda yoshlar ongida jinoyatning salbiy ko‘rinishlari haqida haqqoniy tasavvur hosil bo‘ladi. Profilaktikani tasniflash muammosi huquqbuzarliklarning eng xavfli qismi bu - jinoyatchilik va jinoyatlarga nisbatan ancha chuqur va mufassal ishlab chiqilgan. Bu yerda jinoyatlar profilaktikasi eng avvalo uni sodir etish vaqtiga (muddatiga) ko‘ra tasniflanadi. Jinoyatlar profilaktikasining uch turi: ilk profilaktika, bevosita profilaktika (yoki so‘zning o‘z ma’nosidagi profilaktika) va restidiv jinoyatlar profilaktikasi umumiy e’tirof etilgan.
Ilk profilaktika tarbiyaviy ahamiyatga egadir. U g‘ayriijtimoiy, g‘ayrihuquqiy xulq-atvorni dastlabki bosqichdayoq ogohlantirishni nazarda tutadi. Bunda profilaktika tadbirlarini amalga oshirishni boshlashga muayyan rayriijtimoiy qilmish yoki xulq-atvor, chunonchi: manmanlik, qupollik, yolronchilik va boshqa salbiy harakatlar yoxud shaxsga boshqa odamlar salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligining aniqlanganligi signal bo‘lishi mumkin.
Bevosita profilaktika jinoyatni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan sabablar va shart-sharoitni aniqlash va bartaraf etishdan iborat. Restidiv profilaktika qilish takroran jinoyat sodir etishga imkoniyat yaratuvchi shartsharoit va sabablarni aniqlash va bartaraf etishni nazar da tutadi. Jinoyatlarni vaqt belgisiga ko‘ra profilaktika qilishning uchchala turi ham jinoyatlarning muayyan guruhlari va turlarini profilaktika qilishga nisbatan qullanilishi mumkin. Xozirgi vaqtda adabiyotlarda ham, ijtimoiy subyektlarning amaliy faoliyatida ham profilaktikaning ikki turi: umumiy va individual profilaktika keng tarqalgan
Umumiy profilaktika faoliyati davlat va jamoat tashkilotlarining jinoyatchilik sabablarini, jinoyatlarga imkoniyat yaratuvchi shart-sharoitlarni, shuningdek jinoiy natijaga erishishni engillashtiruvchi holatlarni aniqlash, o‘rganish va bartaraf etish faoliyatini o‘z ichiga oladi.
Individual profilaktika faoliyati o‘zaro bog‘langan bir necha bosqichdan tashkil topadi:
1) Xulq-atvori, kayfiyati va qarashlari ular jinoyat sodir etishi mumkinligidan dalolat beruvchi voyaga yetmaganlarni aniqlash;
2) Yoshlarga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi manbalarni o‘rganish;
3) Yoshlarning jinoyat sodir eta olmasligi uchun mumkin qadar ijobiy muhitni vujudga keltirish;
4) Salbiy ta’sir manbalarini bartaraf etish;
5) Jinoyat sodir etishga moyil yoshlarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish (zarur holda-majburiy tarzda);
6) Mazkur yoshlarning xulq-atvori va turmush tarzini nazorat qilish;
7) Olib borilayotgan ish natijalarini vaqti-vaqti bilan tekshirib turish.3
Bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat yoshlar tashkilotlarini tuzilishiga qarab, shartli ravishda 3 guruhga ajratish mumkin:
Birinchidan, yoshlar harakatlari va guruhlariga mos bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik yirik tashkilotlar. Bunday guruh vakillarining asosiy maqsad va vazifalari bo‘lishi bilan birga faoliyatlarini keng kulamda tashkil etgan xolda, yoshlarning barcha muammolarini qamrab olishga intiladilar. “Yoshlar Ittifoqi” respublika va hududiy kengashlari, “Sog‘lom avlod uchun”, “Yoshlar muammolari” instituti, “Umid”, “Ulugbek” va “Bolalar” jamg‘armalari shular jumlasiga kiradi.
Ikkinchidan, yoshlarning alohida olingan qiziqishlari va manfaatlariga xizmat ko‘rsatish ijtimoiy himoya maqsadida tashkil etilgan markazlar, klublar, maslaxatxonalar va boshqalar kiradi. Yosh olimlar assostiastiyasi, “Zakovat” yoshlar intelektual klubi, “Bunyodkor” yoshlar teleklubi, iqtisodiy ta’lim berishga asoslangan Yoshlar yutuqlari, cheklangan imkoniyatlarga ega bolalarni qo‘llab-quvvatlash “Umidvorlik”, oila madaniyatini rivojlantirish “Barkamollik” markazlari, yoshlar axborot maslaxatxonalari va boshqalar kiradi.
Uchinchidan, siyosiy partiyalar tarkibida yoshlarni o‘z saflariga ko‘proq jalb qilish, mustahkam, saloxiyatli va ishonchli zaxirani shakllantirish maqsadida paydo bo‘layotgan yoshlar qanotlari (Fidokorlar milliy demokratik partiyasi, XDP), “Yosh rahbarlar” klubi, “Fidoyi” yoshlar klubi, Yosh olimlar ilmiy kengashi va boshqa tashkilotlarda mavjud yoshlar bilan ishlashga qaratilgan har xil tuzilmalar kiradi.
Huquqni muhofaza qilish organlari jinoyatchilikning oldini olishning ixtisoslashgan subyektlari hisoblanadi. Ular jinoyatchi, jinoyatga moyil va huquqbuzar o‘smirlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarbiyaviy-ogohlantiruv va profilaktika ishlari ularning asosiy, ustuvor vazifalari jumlasiga kiradi. Bular sud, prokuratura, ichki ishlar, adliya organlari va boshqa muassasalardir. Ma’lumki, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olishga mas’ul bo‘lganlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
• Davlatning vakolatli idoralari;
• Nodavlat-notijorat tashkilotlar;
• Oila.
Ularning barchasi yoshlar o‘rtasida jinoyat sodir etish holatlarini oldini olish yuzasidan manfaatdor hisoblanadi. Davlat vakolatli idoralari mamlakat xavfsizligi nuqtai nazaridan manfaatdor bo‘lsa, nodavlatnotijorat tashkilotlar jamiyat xavfsizligi yuzasidan, o‘z navbatida oila esa, o‘zining barqarorligi va bardavomligi bilan manfaatordir.
Huquqbuzarliklar va jinoyatni sodir etish hamda jinoyatchilikni oldini olish haqida gap ketganda, dastavval, hayolimizga, qulog‘imizga ko‘p chalinadigan, “huquqbuzarliklar profilaktikasi” atamasi keladi. Ushbu holatni analitik-tahlil qilishdan oldin atamaning bevosita o‘ziga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Huquqbuzarlik profilaktikasi – bu huquqiy tartibotni saqlash, mustahkamlash, shuningdek, huquqbuzarliklarni aniqlab, ularni bartaraf etish, ularning sodir etilishida bo‘lgan sabablarni umumiy majmua shaklida o‘rganib, shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda individual va viktimologik chora-tadbirlar ko‘rish hisoblanadi.



1 Usmonaliev M., Karaketov Y. Kriminologiya. -T.: Yangi asr avlodi. 2002. -B.94

2 Abdurasulova Q. Kriminologiya fanidan ma'ruzalar tezisi. - T.: TDYI. 2005-B.32

3 Usmonaliyev M., Karaketov Y. Kriminologiya. - T.: Yangi asr avlodi. 2007.B-35

Yüklə 315,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin