‘’T.I.Q.X.M.M.I’’ MILLIY TADQIQOTLAR UNVERSITETI
GIM fakulteti MM va TX yo’nalishi
206 guruh talabasi Ashurova Barchinoyning
Hayot faoliyati xavfsizligi nazariya asoslari fanidan
MUSTAQIL ISHI
Tekshirdi: Saidxo’jaeva Nafisa
Bajardi: Ashurova Barchinoy
1-mavzu: HFX muammolarini o’rganishga katta hissa qo’shgan Jahon va vatanimiz olimlari. Ularning asosiy ilmiy-amaliy ishlari. Hayot faoliyati – bu insonning kunlik faoliyati, dam olishi va yashash tarzidir. Inson hayoti jarayonida uni o'rab turgan borliq muhiti bilan uzluksiz aloqada bo'ladi va shu bilan birga har doim uni o'rab turgan muhitga bog'liq bo'lib kelgan va shunday qolaveradi. Inson shuning uchun ham o'zini o'rab turgan atrof-muhit hisobiga oziq-ovqat, havo, suv, dam olish uchun zarur moddiy narsalar va boshqalarga bo'lgan ehtiyojini qanoatlantiradi.
Ahmad al Farg'oniy
X asrda yashab arab tilida ijod etgan Ahmad Farg'oniy (taxmin. 798-865)zamonasining atoqli astronomi, matematigi va geografi edi. Uning to'liq ismi Abulabbos Ahmad ibn Muhammad Kasir al Farg'oniy. U xalifa Horun ar Rashid (986 -809) topshirig’iga binoan Bag'dod yaqinida Raqoq nomli mavzeda rasadxona qurishga boshchilik qiladi. Rasadxona qoshida uning rahbarligida astronomiya maktabi tashkil etiladi.Bu yerda Ahmad Farg'oniyga zamondosh olimlar va shogirdlar bilan faoliyat olib bordi.
U Astronomiya asosi, Samoviy harakatlar va Yulduzlar haqidagi fan nomli asarlar yozdi. Uning o'z zamonasida Astronomiya asosiy nomli asari astronomiya bilimining o'ziga xos qomusi hisoblangan va u XV asrda lotin tiliga tarjima qilingan. Bu asar bir necha asr davomida yevropa astronomlari uchun qo'llanma va dastur bo'lib xizmat qilgan.
Aristotel (bizning eramizdan 384-322), Gippokrat (b.e. 460-377) va boshqa olimlarning asarlarida mehnat sharoiti masalalari o’rganilgan.
- Tiklanish davrining buyuk tabibi Parauyels (1493-1541) o’zining asarlarida tog ishlari bilan bog’liq bo’lgan xavflarni o’rganadi.
Quyidagi «Bor bo’lgan hamma narsa zahar va bor bo’lgan hamma narsa dori.
Faqat bitta doza zahar yoki dori moddasini keltirib chiqaradi» degan shior uning qalamiga mansub.
- Nemis vrachi va metallurgi Agrikola (1494-1555) o’zining “Tog ishlari” asarida mehnat muhofazasi masalalarini bayon qilgan.
- Italyan vrachi Ramatssini (1633-1714) kasbiy gigiyena asoslariga asos solib, “Kullollar kasalliklar” kitobini yozdi.
- Rus olimi Lomonosov M.V. (1711-1765) tog ishida mehnat xavfsizligi bo’yicha asos soluvchi asarini yozadi. XIX asrda sanoatning jadal rivojlanishi bilan xavfsizlik muammolari bilan shug’ullanuvchi bir qancha ko’zga ko’ringan olimlar paydo bo’lishdi: D.L. Kirpichev (1845-1913), A.A. Press (1857-1930), D.P. Nikolskiy (1855- 1918), V.A. Levitskiy (1867-1936), A.A. Skochinskiy (1874-1960), S.I. Kaplun ( 1897-1943) va boshqalar.