Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
371
Raja jadvali birla poku durust.
Gach o‘rnig‘a mahlul etib haftjo‘sh
11
,
Quyub yerga san’atgari saxtko‘sh.
Solib haftjo‘sh ustiga taxta tosh,
Bori jonibi tez bo‘lg‘on tarosh.
Qo‘pub yona ustodi Boniyhasab,
Qo‘yub toshni toshqa lab-balab.
Chu bir sath ul tosh hamvor o‘lub,
Yana ustida ish namudor o‘lub.
Chu tulig‘a o‘n
ming qari erdi arz,
Binosig‘a besh yuz qari bo‘ldi arz
12
.
Necha ming bu ish uzra ustod edi
Ki, san’atda bannou haddod edi.
Qo‘yub ul sifat darz-bardarz tosh
Ki, bo‘lmay sari mo‘y anga darz fosh.
Yana erdi muzdur sondin fuzun,
Nechakim qiyos etsa ondin fuzun.
Bo‘lub olame bo‘yla san’atnamoy,
Kecha-kunduz
ish qildilar olti oy
Ki, necha ming ustodu san’atgari,
Tamom ettilar Saddi Iskandariy
13
.
Muarrixdin ettim bu nav’ istimo’
Ki, topti sad uch yuz qari irtifo’.
Iki zina dog‘i yasab el sori
Ki, chiqqay quyidin ulus yuqori.
Yana kunguru burj etib qal’avor,
Temurlar bila aylabon ustuvor.
Yasab iki manzil nigahbon uchun,
Tashib tosh ko‘p sangboron uchun.
Qilib anda ta’yin necha
yuz kishi
Ki, sad hifzi bo‘lg‘ay alarning ishi
14
.
Chu sad bo‘ldi andoqki charxi kabud,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: