Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
369
Hamul tig‘din ham itikrak bo‘lub.
Alar ham ko‘p
elni halok aylabon,
Halok aylaganni xo‘rok aylabon.
Otidin muborizni yiqqon zamon,
Yiqilg‘och, taloshib tugatmak hamon.
Demonkim yebon jismu qolabni ham,
Ne jismu ne qolabki, markabni ham.
Ajabroqki, ne xasmu ne o‘z debon,
Yiqilg‘onni filhol uzushub yebon.
Bu yanglig‘ki
aylab nabard ul sipoh,
Ko‘p el bo‘ldi oqshomga tegru taboh.
Base ul jamoatdin o‘lturdilar
Ki, to o‘zni xandaqqa yetkurdilar.
Chu parxoshdin qolmayin jonlari,
Kirib jon arosig‘a qo‘rg‘onlari
O‘kush rev ila hisn azmi qilib,
Hamul devvash xalqdin ayrilib.
Bular
aylagach rev ila tarki razm,
Alar ham qilib tog‘u sahrog‘a azm.
Tong otquncha oshubu g‘avg‘o bila,
Qalin it masallik alolo bila.
Bori og‘zida telba itdek yolin,
Adadda vale it tukidin qolin.
Chu hozir bo‘lub shah qoshig‘a sipoh,
Musibat tutub xayli g‘oyibqa shoh.
Qabul aylagan ish ko‘runub qatig‘,
Pushaymonlig‘i hech qilmay asig‘.
Chu ko‘shish sori topmayin hech yo‘l,
Zarurat urub chora zaylig‘a qo‘l.
Bilibkim, necha kun tahammul kerak,
Qilur ishda ko‘prak taammul kerak.
Yemakdin
chu xolidur ul marzu bum,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: