Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
361
Yana o‘n kecha-kunduz uyqudabiz.
Chu uyqug‘a borduq alardur hisor,
Yovutmaslar elni yaminu yasor
2
».
Shah ul nuktadin barmog‘in tishladi,
Alar qatlin ul elga bag‘ishladi.
Yana istadi ko‘rmak
aylab yurush,
Iki tog‘kim erdi oltun-kumush.
Dedilar hamul qavm aylab duo
Ki: «Bo‘lsa unut yaxshi, bu muddao
Kim, ul
tegraga bormoq oson emas,
Ne oson emas, balki imkon emas
Ki, o‘n kunchilik yo‘ldur ul iki tog‘,
Bu yerdinki, holo, qilursen surog‘.
Vujudi
aning bizga bordur yaqin,
Vale ko‘rmamishbiz, desak so‘zni chin.
Ne biz ko‘rmagi birla toptuq murod,
Ne bizdin ulug‘lar dog‘i berdi yod.
Nedinkim, yo‘lida xatar ko‘pturur,
Yuz urg‘on kishiga zarar ko‘pturur.
Topilmas yeti kunchilik yo‘lda suv,
Giyohiki butmishdur – erur og‘u.
Isiq xayli ul nav’ aylar hujum
Ki, esgach nasim anda aylar samum.
Qilur qaysi yelkim esar mu’tadil,
Agar bor esa ajdaho muzmahil.
Yana qolg‘on uch kunchilik yo‘lki bor,
Yilondur hamul dasht aro ulki bor.
Yerur kafchau, af’iyu ja’fari,
Bo‘lub har bir ul ganjning ajdari.
Alarg‘a tuman mingdin ortuq adad,
Tuman
ming demay, balki behaddu ad
3
.
Agar pashsha bo‘lsa alarg‘a zalil,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: