Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
355
Qachon
vasl topsang nasib asra dam,
Agar bir dam o‘lsunki, tut mug‘tanam
12
.
LXV
Hajr shomi tiyraligi ta’rifidakim, balo do‘zaxining dudi aning janbida tarab bihishtining sunbuli bo‘la
olg‘ay va ul shomda ro‘zgori qororg‘onlar sharhi holi ixtilolikim, subhi vasldin ko‘zlari yorumaydur,
xususan, bu varaq yuzin qaro qilg‘onning holi va vasl gavhari shabcharog‘ining jahontoblig‘i va
gavhari shabcharog‘ vaslidek noyoblig‘i
Xusho ulki, gar
cheksa yuz yil firoq,
Dame vasl tushgay anga ittifoq.
Necha kimsa hijronda cheksa alam,
Agar oqibat vasl topsa, ne g‘amg‘
Nechakim firoq
ofati jon erur,
Anga so‘ngra vasl o‘lsa oson erur.
Birovkim anga bo‘lsa maxmurluq,
Yetar jismu jonig‘a ranjurluq.
Vale bazm aro chun qadahno‘sh o‘lur,
Bori dardu ranji faromush o‘lur.
Ajab umr erur ro‘zgori firoq
Ki, yuz qatla andin o‘lum yaxshiroq.
Hayoti abad –
vasl ayyomidur
Ki, jon qutiyu xotir oromidur.
Yerur shomdek tiyra ayyomi hajr,
Ne bo‘lg‘ay, xayol aylagil, shomi hajrg‘
Aning
shomini jonning ofoti bil,
Balo soyasi, marg zulmoti bil.
Qaro kun misolu namudi ham ul,
Ajal o‘tining tiyra dudi ham ul.
Agar qilmadi dudlig‘ rasmi fosh,
Nedin doyim andin to‘lar ko‘zga yosh.
Qaro
kun misoli gar ermas yaqin,
Nedin xastalar ko‘nglin aylar hazin.
Firoq o‘lmasa oshiqi notavon,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: