Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
347
Yeri Qirvon, zodi Mashriq zamin.
Ravon kirgach-o‘q soldi vahshiyg‘a ot,
Anga ahraman qilmadi iltifot.
Yana kin o‘ti bo‘ldi
andoq baland
Ki, gardung‘a bim erdi yetgay gazand.
Gahi bu yonib tund, ul kirsa tez,
Gah ul tez yong‘och, bu aylab gurez.
Gahi hamlalar aylabon ro‘baro‘,
Rad aylarni favt etmayin mo‘-bamo‘.
Yana vahshiy olib aning tobini,
Solib egniga chekti qullobini
Ki, markabdin o‘ldi nigun Qahqaro,
Yiqildi qaro gardu tufroq aro.
Ani dog‘i
rust aylabon devzod,
G‘anim istayu aylar erdi inod.
Yana bir kishi kirdi ko‘shish chog‘i,
Ul ikidek o‘ldi asir ul dog‘i.
Yana kirdi ham zohir aylarga kuch,
Giriftor bo‘ldi nechukkim ul uch.
Bu yanglig‘ o‘n uch gurdi razmozmun,
Kirib bo‘ldilar devvashqa zabun.
Qoshig‘a necha pahlavoni zamon,
Yetishmak hamonu – tutulmoq hamon.
Anga
har kishikim muboriz edi,
Yetishgan dam ilgida ojiz edi.
Yana qichqurur erdi istab g‘anim,
Vale andin el ko‘nglida erdi bim.
Haroson bo‘lub xalq maydonidin,
Kecha olmayin bejihat jonidin.
Bu ish solibon shoh ko‘nglig‘a tob,
Mizojida zohir bo‘lub iztirob.
Qila olmayin elga hukmi anif,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: