Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
338
Ne paykarki orosta ko‘rsa ul, 
Aning paykaroroyig‘a topsa yo‘l. 
G‘arazi naqshdin bo‘lmasa naqshband, 
Kishi naqshdin bo‘lmag‘ay bahramand. 
O‘kush naqshlar birla charxi kabud, 
Ko‘rungan bila nozirig‘a ne sudg‘ 
To‘quz xonida yuz tuman moida, 
Ko‘rungan bila elga ne foida?
2
Bu gulshandakim ofarinishdurur, 
Nazar qilg‘uchi ahli binishdurur 
Ki, har bir chamankim ko‘rar dilkushoy, 
Bo‘lur bog‘bonig‘a fikratnamoy. 
Qayu naxlu bunkim ko‘rar nozanin, 
Qilur naxlbandig‘a yuz ofarin. 
Ne gul rangu bo‘yin ko‘rub turfa soz, 
Topar san’ati ichra bir o‘zga roz. 
Bu andozasiz korgohi vase’, 
Arosida bu borgohi rafe’ 
Ki, turmush muallaq, anga yo‘q sutun 
Ki, ermas sutun yo‘qlug‘idin nigun. 
Nazar aylagan aylamay iztirob. 
Topa olmag‘ay anda bir rishtatob 
Ki, ul rishtada bo‘lmag‘ay san’ate 
Ki, to bilmag‘ay zimnida hikmate. 
Yorutqong‘a tavfiq kuhli nazar, 
Qayon tushsa ko‘z, hojat ermas guzar 
Ki, sun’ ichra bo‘lub g‘aroyib talab, 
Talab ichra ko‘ngliga solg‘ay taab. 
Kishikim, g‘aroyib qilur orzu, 
Ne lozimki qilg‘ay yurub justujo‘g‘ 
Gahi manzili bo‘lg‘ay aqsoyi Chin, 
Gahi tortqay ranji Mag‘rib zamin. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
339
Gahi Hind mulkida bo‘lg‘ay zalil, 
Taajjubda ko‘rmakka tovusu pil. 
Arab barrig‘a gah bo‘lub tezgard, 
Shuturmurg‘ ko‘rmakka vodiynavard. 
Nazar qilsa topqon basirat ko‘zi, 
Yerur bu boridin ajabroq o‘zi. 
O‘z avzoyig‘a boqsa sar to qadam, 
Topar aylasa yaxshi andesha ham 
Ki, ne turfa timsol erur dilpisand, 
Aning zimnida ma’niyi arjumand. 
Burun aylayin sharh timsolini, 
Deyin so‘ngra ma’nisining holini. 
Ne timsolkim, durri daryoyi jud, 
Ne daryou dur, sarvi bog‘i vujud. 
Boshi uzra toji xilofat kelib, 
Hamul toj uza la’li ra’fat kelib
3

Jabinida piroyai shohliq, 
Qoshi uzra tug‘royi ogohliq. 
Ko‘zidin ayon nuri aynul-yaqin, 
Sochida nihon tobi hablul-matin. 
Jamolida anvori shohanshahi, 
Kalomida e’jozi Ruhullahi. 
Qo‘lidin gahi mehri gardunnamoy, 
Gahi barmog‘idin iki pora oy. 
Qilib tiynatin qudrat ilgi xamir, 
Hamul qo‘l bila shakli suratpazir. 
Haq o‘z qudratin oshkoro qilib, 
Jamolin aning olamoro qilib. 
Hakimi azal turfa jisme yasab, 
Demay jism, mushkil tilisme yasab. 
Tuzub ul tilism ichra ko‘p toru pud 
Ki, egniga solib libosi vujud. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin