Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
344
Dilovar el anda adaddin fuzun. 
Qilib necha dapqur saforoyliq, 
Kiyimdin qilib ziynatafzoyliq, 
Yurugaylar ul mo‘r dashtig‘a tez, 
Shikor etgali aylagaylar sitez: 
Qalin mo‘r xayli ne bo‘lg‘usidur, 
Zarar sori mayli ne bo‘lg‘usidurg‘ 
Agar sher chog‘liq ayon qilsa zo‘r, 
Yerur sher – sher oxiru mo‘r-mo‘r. 
Biyobon chu ul mo‘rdin bo‘lsa pok, 
Yurugaylar ul elga bevahmu bok. 
Nabard aylagaylar sipah birla shoh, 
Anga tegrukim fath bergay Iloh. 
Quyosh chunki mag‘ribda bo‘ldi nihon, 
Qalin mo‘rdek tiyra bo‘ldi jahon. 
Shah ul dasht aro qo‘ndi qilmay haros, 
Vale mo‘rdin tuttilar kecha pos 
Ki, el uyqusidin yeshilgan gala, 
Hamul dasht aro bo‘lsa nogah yala. 
Ani mo‘r xayli shikor etmagay, 
Talashmoq bila toru mor etmagay. 
Alam chekti chun subhi gardunmaob, 
Yuz ochti shahi mashriqiy intisob
1

Saf oroyishin qildi doroi Rum, 
Sipah ayladi mo‘r yanglig‘ hujum. 
Yana na’razan bo‘ldi ahli masof, 
Yana ko‘s uni bo‘ldi gardun shikof
2

Sipoh ahlig‘a tushti bir karru far 
Ki, ofoq aro soldilar sho‘ru shar. 
Hamul xayli vahshiy aro yetti un, 
Sog‘indilar, o‘lmish qiyomat bukun. 
Hamul un sori yettilar behijob, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
345
Aning sirrin anglarg‘a aylab shitob. 
Chu o‘ttilar ul mo‘r sahrosidin, 
Qomuq pildek pashsha g‘avg‘osidin. 
Sipahdin to‘la ko‘rdilar yer yuzin, 
Qaro aylabon dahr tog‘u tuzin. 
Solib el g‘ulusi jahon ichra sho‘r, 
Aningdekkim, ul dasht aro xayli mo‘r. 
Chu saf ko‘rdi vahshiy ulus har taraf. 
Alar ham tuzattilar o‘truda saf. 
Bori devpaykar, bori g‘ulvash, 
Bori g‘ulbandu bori devkush. 
Kelib kargdek kuch bila, piltan, 
Vale hay’at ul nav’kim, ahraman. 
Ko‘z azraq, saqol sorig‘u tiyra yuz, 
Chiqib borchaning manglayidin munguz
3

Qulonu kiyik charmi – kisvatlari, 
Alarning eti birla qutlari. 
Tutub qo‘lg‘a har qaysi bebok dun, 
Og‘ir cho‘bdaste, nechukkim sutun. 
Temur birla qullob sarxam qilib, 
Yig‘ochlarning uchig‘a mahkam qilib. 
Alarg‘a hamul bas kelib sozi harb, 
Aning birla-o‘q aylab og‘ozi harb. 
Bu hay’at bila tuzdilar chun yasol, 
Adu ichra ming devi vahshiyfiol. 
Biri kirdi maydon aro kin ila, 
So‘z aytib o‘zi bilgan oyin ila. 
Muboriz tilab to‘kkali qonini, 
Rahovard uchun olg‘ali jonini. 
Bu yondin dog‘i surdi xorotane, 
Tani xoravash birla ko‘hafkane. 
Shah ollida ko‘p yerda qilg‘on nabard, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin