Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
337
Yig‘ildi janobig‘a ahli uqul.
Ki, qilg‘aylar
ul ishga nazzorae,
Chu qilg‘aylar andishai chorae.
Vale ul ajablarki paydo bo‘lub,
Ko‘ngul Tengri sun’ida shaydo bo‘lub.
Ko‘ngulga bo‘lub qism mabhutluq,
Xiradqa yetib ajzu fartutluq.
Qila olmayin chora hikmat bila,
Qolib ojizu lol hayrat bila.
Ketur soqiy,
ul ruh sarmoyasin
Ki, ma’dum etay aql piroyasin.
Ki, qo‘l tutmadi aqlu hikmat manga,
Vale qasdi jon etti hayrat manga.
Mug‘anniy, g‘aribona un chek hazin
Ki, manzilgahim bo‘ldi Mag‘rib zamin.
Sochay boshing uzra zari mag‘ribiy,
Quyosh yerga mag‘ribda sochqon kibi.
Navoiy, chu g‘urbatda sen shod bo‘l!
Vatan yodi ranjidin ozod bo‘l!
Agar Sharqu g‘arb o‘lsa
manzil sanga,
Ne g‘am, kom agar bo‘lsa hosil sanga.
LXI
Basirat ko‘zlarin aynul-yaqin kuhli yorutqonlar bobidakim, qayon boqsalar ofarinish g‘aroyibin
mushohada qilurlar va Mubde’i korsoz va Muxtare’i bandanavoz sun’ig‘a ofarin ayturlar va odami
xokiy xilqati so‘zikim, «Xamirrtu tinata odama biyadi arbaina sabohan» dastburdi bila suratpazir
bo‘ldi. «Va laqad karramno bani odama» parvarishi bila taxti xilofatgir
Birov ahli ma’ni deyolur o‘zin
Ki, Haq ochmish o‘lg‘ay basirat ko‘zin
1
.
Ne surat angakim bo‘lur oshkor,
Ani anglasa sun’i suratnigor,
Qayu naqsh aro ko‘rsa
bir choshni,
Aning sone’i bilsa naqqoshni.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: