Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
333
Mavojib demay, balki in’om ham.
Chu ul fikridin ko‘nglini tindurub,
Yurush hukmini elga jar yetkurub.
Shahekim, sipah bo‘ldi
obod anga,
Yerur dushmanidin ko‘ngul shod anga.
Agar shohdin xalqi g‘amnok emas,
Qalin bo‘lmog‘idin aduv bok emas.
Maozalloh, ar bo‘lsa noshod eli,
Aduv yo‘q, berur oni barbod eli.
Saxo shohdin elga matlub erur,
Siyosat ham o‘z o‘rnida xo‘b erur.
Skandarki
farrux jahondor edi,
Ne shahliqqa matlub anga bor edi.
Sipohin chu ehson bila qildi shod,
Ayon etti Xoqon bila xayrbod.
Anga topshurub mulki Chinu Xito,
Yana malik hamchun deb oni ato.
Sipah
surdi Chin mulkidin tashqori,
Tavajjuh qilib mulki Mag‘rib sori.
Qilib8 hamrah o‘lmog‘ni Xoqon havas,
Qabul o‘lmayin shahg‘a bu multamas.
Ani qaytarib ko‘p nihon roz ila,
Anga loyiq oyini e’zoz ila.
Solib Hind haddi janubini yo‘l
Ki, ul turfa kishvar bo‘lub rost qo‘l,
Ijozat berib Royi Hindig‘a ham,
O‘kush lutf birla qilib muhtaram.
Chu ul qaytibon Hind mulkiga bot,
Surub shoh Mag‘rib bisotig‘a ot.
Sipohi masun borcha ofotdin,
O‘tub
bedarde mulki Gajrotdin
9
.
Bo‘lub bahri Ummon aning manzili,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: