Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

LIX 
 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
324
HIKMAT 
Iskandarning Arastudin savoli ul bobdakim insonga mayli tabiiy bahor va gullarga bo‘lmog‘i nedin 
bo‘la olg‘ay va aning hikmat bahoridin javob nasimi yetgurgoni
Yana so‘rdi doroi gardunmahal: 
Ki: «Yey charx ashkoli ollingda hal. 
Bukim har qachon yetsa fasli rabe’, 
Nekim jinsi inson sharifu vaze’, 
Bo‘lurlar bori xurramu shodmon, 
Qilurlar havo bir taraf har zamon. 
Ko‘ngulniki qish g‘uncha yanglig‘ qilur, 
Bahor o‘lsa ul gul kibi ochilur. 
Bu fasl elga muncha tarab ne ekin, 
Bu yanglig‘ tarabqa sabab ne eking‘» 
Dedi barcha ilmu funun ogahi: 
Ki: «Yey nutqung anfosi Ruhullahi. 
Bu ma’nida el ko‘p demishlar kalom 
Ki, borin bilur shohi oliy maqom. 
Tabiatqa gul mayli ermas ajab, 
Chaman zavqi ham xeli ermas ajab. 
Vale nuktakim, asl erur bu emas, 
Deyin, chun erur shahg‘a bilmak havas. 
Taboe’ki, ofoqu anfusda bor, 
Borin to‘rt tab’ ettilar e’tibor: 
Isiq, sovuq, o‘lu quruq fahm qil, 
Ani o‘tu suv, yelu tufroq bil
1

Ki, inson bulardin murakkabdurur, 
Jame’i milalg‘a bu mazhabdurur. 
Birin horri yobis, dedi borcha xayl, 
Birin borid aylab rutubatqa mayl. 
Birin horri rutab angla bevahmu bim, 
Birin boridi yobis aytur hakim. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
325
Qachon zohir o‘ldi sanga bu usul, 
Tabiat bu nav’-o‘q topibdur fusul. 
Alardin biri keldi fasli bahor 
Ki, bordur tabiat anga ratbu hor. 
Chu bu faslg‘a keldi tab’i hayot, 
Yana uchga uch tab’ bo‘ldi sifot 
Ki, safrou savdou balg‘amdurur, 
Vale ruh tab’i munga zamdurur. 
Shak ermaski, har kimsakim joni bor, 
Hayotin tilar ulcha imkoni bor. 
Bu ma’nidin ul fasl erur dilpazir 
Ki, yo‘q elga mayl aylamakdin guzir. 
Necha sirridin elga yo‘qtur shuur, 
Vale yo‘q tabiat ishinda qusur. 
Chu andin yetar ruhg‘a parvarish, 
Anga yetsa bexost aylar kashish. 
Suvkim tahg‘a bo‘ldi guzori aning, 
Chekar tab’u yo‘q ixtiyori aning». 
Chu donodin o‘ldi bu yanglig‘ futuh, 
Hulul etti shah jismig‘a toza ruh. 
LX 
Iskandarning ul iki toza vard, yo‘q-yo‘qki, iki bahori nozparvard vaslidin kom topqoni va Noz 
Mehrning mehru nozidin betoqat bo‘lub, gul faslida aning gul jamolidin bahra olg‘oni va aning 
Ravshanak rashkidinkim, mahbubluq shevasidurur sham’dek sarkashlik qilib, charbzabonliq bila o‘z 
shabistonoroylig‘in ravshan etgoni va Iskandarning ul xilvat visolidin chiqib, Chin mulkidin Mag‘rib 
diyorig‘a azm etgoni va ul diyor g‘aroyibidin azab qolg‘oni 
Bu paykarni ulkim namudor etar, 
Guzorish ishin mundoq izhor etar 
Ki, Chin ichra Iskandari Faylaqus, 
Chu topti iki o‘yla zebo arus. 
Bahoru yigitlik, dog‘i shohlig‘, 
Yana hikmatu donishogohlig‘. 
Bilibkim, necha bo‘lsa olamg‘a shoh, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin