Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
327
Aning mehrini jonda asrar nihon.
Hazin joni oning xarobidurur,
Ichinda aning iztirobidurur.
Iki kun edi Ravshanak navbati,
Muning lek bir kun edi xilvati.
Bu andeshadin ko‘nglida erdi ranj,
Bo‘lur erdi nozuk tani g‘ussasanj.
Bu oyin ila o‘tti
fasli bahor
Ki, to bo‘ldi gul mavsumi oshkor.
Shah anglab edikim, mahi somiri
2
,
Ko‘zi Hindu Kashmirning sohiri.
Yerur jins rashkidin oshuftadil,
Nihon shahdin ozurda, eldin xijil.
Kunekim, bo‘lub
erdi navbat anga
Ki, bo‘lg‘ay shabistonda xilvat anga.
Shah oning harimig‘a mayl ayladi,
Jamolig‘a jonin tufayl ayladi.
Dedikim: «Necha yoshurun o‘rtanay,
Ulustin nihon tunu kun o‘rtanayg‘
Nihon ishqdin yetti ish jonima,
Bukun fosh etay roz jononima».
Kelib hurvash ollida tuzdi bazm,
Farog‘at bila bodag‘a qildi azm.
Shah etti
ayon bodapaymoyliq
Ki, sho‘x aylagay majlisoroyliq.
Vale mohvash ko‘ngli g‘amgin edi,
Nihoni qoshi kunjida chin edi.
Takalluf bila majlisoro bo‘lub,
Ishi bast etarda madoro bo‘lub.
Skandar necha aylabon justujo‘y,
Sumanbar daler aylamay guftugo‘y.
Necha bu niyoz oshkor aylabon,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: