Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
330
Manga yuz xiradmand devonadur. 
Gar ul bo‘lsa ofoq eliga aziz, 
Solurmen men ofoq aro rustaxez. 
Anga gar erur pesha jon o‘rtamak, 
Manga sheva bo‘lmish jahon o‘rtamak. 
Gar ul g‘amzadin o‘qni parron qilur, 
Mening kirpikim tirboron qilur. 
Gar ul qatl ishiga qilur ehtimom, 
Mening tig‘i ishqim qilur qatli om. 
Anga gar fusun aylamak vird erur, 
Manga borcha kashmir shogird erur. 
Anga g‘amza bo‘lsa jahon sohiri, 
Manga bo‘ldi go‘sola yuz somiri
4

Aning shuhrati gar erur om aro, 
Mening qo‘zg‘olonimdur islom aro. 
Gar ul xalqni qatl etar dam-badam, 
Manga keldi tirguzmak oyini ham. 
Aning qilsa zulfi yilonni fusun, 
Fusunum qilur ajdahoni zabun. 
Aning zulfi gar cheksa imon ragin, 
Mening tori la’lim chekar jon ragin
5

Qachon sunbulum ursa gul uzra tob, 
Yopar yuzga xurshid tundin niqob. 
Qoshim yoyini kimki aylar xayol, 
Uyotdin ko‘ziga ko‘runmas hilol. 
Yerur kirpigim o‘qig‘a jon hadaf, 
Nishona otarg‘a magar chekti saf. 
Ko‘zumga, qachonkim bo‘lur uyqu kom, 
Bo‘lur olam ahlig‘a uyqu harom. 
Yuzu mardumakvor xolim so‘zi, 
Degil gul uza tushti bulbul ko‘zi. 
Chekilgach uzorim qirog‘ig‘a nil, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
331
Yerur taqvoyu aql ko‘ziga mil. 
Gajakdekki zulfum aro tobdur, 
Ko‘ngullarni tortarg‘a qullobdur. 
Labim la’likim javhari jon erur, 
Su ul la’l aro obi hayvon erur. 
Tishim rishtasin jolai nob de, 
Dema jolakim, durri serob de. 
Yo‘q og‘zim bo‘lub javhari bebaho, 
Ne paydo vujude anga, ne baho. 
Iki la’lim etgach takallum padid, 
Qilib og‘zima el tavahhum padid. 
Ani xalq yo‘q yerda aylab gumon, 
Agar bo‘lsa ham ul hamon – yo‘q hamon. 
Yuzumda dema siymdin g‘abg‘abe 
Ki, oy ichra xurshidvash kabkabe. 
Ne kavkabki, nuri aning bekaron, 
Quyosh birla husn ichra aylab qiron. 
Labim peshasi jonfizoyandaliq, 
Ko‘zum shevasi dilraboyandaliq. 
Dema ruh – qaddim ko‘rub lol o‘lub 
Ki, Ruhul-amin dog‘i behol o‘lub. 
Xiromim qilib ravza sarvini mot, 
Anga mojaro qilmay obi hayot. 
Jamolim quyoshni solib tobqa, 
Tanim siymi titratma siymobqa. 
Belim torin ulkim xayol aylabon, 
Hamono xayoli mahol aylabon. 
Xayolim bashar ichra g‘avg‘o solib, 
Maloyikka husnum alolo solib. 
Ko‘rungan zamon suratim paykari, 
Xaloyiq ko‘ziga ko‘runmay pari. 
Labimda takallumdin ortuq fusun, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin