Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
341
Ki, daryoda bor erdi favji baliq,
Suv topmoq uchun doim andeshaliq.
Alarg‘a mudom orzu erdi su(v),
Suv erdi alarg‘a mudom orzu
1
.
Bo‘lub ish borig‘a suv istar fani,
Der erdilar, ulkim, suv derlar ani.
Ne yanglig‘ ekin ta’mu
rangi aning,
Qayu nav’ sayru darangi aning.
Diramlar bo‘lub tanlari uzra dog‘,
Sudin hech topmaslar erdi so‘rog‘.
Dedi bir bolig‘, ul tabu tob aro
Ki: «Derlar falon tund girdob aro.
Nahangedurur solxo‘rdu kuhun,
Bu daryog‘a sayr aylagan avju bun.
Kerakkim, suvdin ul nishon anglag‘ay,
Bu, bas, turfa rozi nihon anglag‘ay.
Aning sori azm ettilar turmayin,
Suvning orzusida dam urmayin.
Qilib sa’y ul komi noyobg‘a,
Yetishtilar ul tund girdobg‘a.
Ne girdobkim, charxi gardandadek,
Ne igrim, sipehri navardandadek.
Suvning davrasig‘a
yetishgach bori,
Tushub har biri davradin bir sori.
Bolig‘larni butratti girdobi biym,
Aningdekki, tol yafrog‘ini nasim.
Bu holatda chayqaldi daryoyi jarf,
Padidor bo‘ldi nahangi shigarf.
Bolig‘larg‘a tushganda dardi firoq
Ki, bir-birdin o‘lmish edilar yiroq.
Borin yutti bir-bir nahangi fano,
Ichi javfida jam’ qildi yano.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
342
Alar barcha suvdin chu ayrildilar,
Burun suvda erkonlarin bildilar.
Nadomat chiqorsa falak uzra dud,
Chu me’da o‘ti muhriq erdi, ne sudg‘
Bo‘lurdin burun bir-biridin bihil,
Bo‘lur erdilar barchasi muzmahil.
Sanga dog‘i
ganjeki pinhon erur
Ki, tab’ing vuqufida nodon erur.
Yo‘q ul senda pinhonki, sen anda gum,
Jaholatdin ammo ishing ushtulum.
Yering bo‘lsa girdobi bahri ano,
Seni tu’ma qilg‘och nahangi fano.
Ne sud ul dam o‘lmoq ayon bu tariq
Ki, matlub aro bor ekansen g‘ariqg‘
Netarsen tilab har ajoyibqa yo‘l,
Ajoyib
erur senda, ogoh bo‘l!
Burunroqki sud etmagay har nadam,
O‘zungni bilib, yo‘lg‘a qo‘yg‘il qadam.
Dostları ilə paylaş: