Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
357
Chu vasl ila bo‘ldi badal, sahl erur.
Nihoyatsiz o‘ldi manga bu malol
Ki, yo‘q shomi hajrimga subhi visol.
Firoq ilgidin elgakim javrdur,
Aning bu balosi necha tavrdur:
Biri
olam asbobi hijroni bil,
Muassir jahon ahlig‘a oni bil.
Biri ayru tushmaklik ahbobdin,
Kishi bag‘ri o‘rtanmak ul tobdin.
Biri dog‘i hajri qarobat erur
Ki, jon ichra andin mahobat erur.
Bir
ulkim yetib ishqdin xastaliq,
Birov jonibi bo‘lsa dilbastaliq.
Bori hajr erur xud uqubat bila,
Va lekin emas bu suubat bila
2
.
Bularning boridin erur sa’b ul
Ki, maqsudi aslig‘a gum bo‘lsa yo‘l.
Mangakim ichim hajrdin zordur,
Burung‘idin o‘zga bori bordur.
Biridin bo‘lur
betahammul kishi,
Bori bo‘lsa ko‘rkim, ne bo‘lg‘ay ishig‘
Vale bo‘lmag‘ay andin ortuq tarab
Ki, solg‘onda jon ichra hijron taab.
Kishi vasl davronidin topsa bahr,
Badal bo‘lsa ul no‘sh birla bu zahr,
Ani
sharbati zindagoni degil,
Desang umri jovid, oni degil.
Ilohi bu davlatdin ursang navid,
Navoiyni ham qo‘ymag‘il noumid.
LXVI
Majnun hikoyatikim firoq tog‘i og‘irlig‘idin o‘zni tog‘din tashlamoq tiladi va Layli nomasi ilik tutub va
qosidi kamarin tutub tashlamoqqa qo‘ymadi
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: