Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
359
Iskandarning Arastudin savoli ul bobdakim, yolg‘uzluq mujibi jam’iyatdurur va jamoat mujibi tafriqa,
bas nedin hajr marduddurur va vasl mahbub
Yana so‘rdi donoyi hikmatsirisht
Ki: «Yey aqlu
hikmat sanga sarnavisht,
Chu g‘avg‘oni mamnu’ tutmish xirad,
Nedinkim, ul elga ko‘p o‘ldi adad.
Alar ishtig‘olini ulkim siqa,
Demishkim, erur mujibi tafriqa.
Qachon bo‘yla bo‘lg‘ach, bas ul yaxshiroq
Ki, tab’ ixtiyor etgay eldin qiroq.
Chu hijrong‘a
hush ahli tolibdurur,
Nedin tab’ vuslatqa rog‘ibdururg‘»
Taammul bila bixradi nuktadon,
Bu nav’ o‘ldi shoh ollida nuktaron
Ki: «Kasratni gar aql man’ aylamish,
Adovat durur ishqu aql ichra ish.
Qayu ishnikim, ishq
aylar pisand,
Yemas aql man’ aylamak sudmand.
Necha bo‘lsa elga xirad rahnamoy,
Har ishta tariqi muvajjahnamoy.
Vale ishqdin chunki oshub o‘lur,
Xirad xayli anda lagadko‘b o‘lur.
Yana ulki, insong‘a ahli tamiz,
Bilurkim, nima jondin o‘lmas aziz.
Vale zumrai ishq jononini,
Ko‘p ortuq ko‘rarlarkim o‘z jonini.
Yerur jonsiz o‘lmoq o‘lumdin xatar,
Vale onsiz o‘lmoq – o‘lumdin batar.
Bo‘lur chog‘da jondin badang‘a firoq,
Kelur kimsa tab’ig‘a albatta shoq.
Bu oyin ila tab’
majbul erur
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: