Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
362
Bo‘lub yetsa bir nish, andoqki pil. 
Yilon bordur anda – eshitgil bu so‘z 
Ki, odam o‘lar, chun anga solsa ko‘z. 
Yerur bu baliyatdin o‘tmak mahol, 
Nekim ayladuk sharh, bu erdi hol». 
Shah ul so‘zni chun istimo’ ayladi, 
Hamul yon borurg‘a vido’ ayladi. 
Dedi: «Ul taraf azm etardin murod, 
Tamoshodin etmak edi o‘zni shod. 
Yemas erdi maqsud oltun-kumush 
Ki, bo‘lg‘ay kishi muncha mehnatqa to‘sh. 
Tamoshog‘a yo‘l chunki bog‘liqdurur, 
Aning azmi tarki yarog‘liqdurur. 
Tamoshodin ar bo‘ldi qat’i nazar, 
Ne himmat bo‘lurkum, tilab siymu zar. 
Bu naqd istay o‘lmoq ravon ul taraf, 
Vale naqdi jonini qilmoq talafg‘» 
Chu ul azmdin forig‘ o‘ldi bilkul, 
Ul el iltifotig‘a qo‘ydi ko‘ngul. 
Karam aylab etti rioyat base, 
Bori topti shahdin inoyat base. 
Alarni makonig‘a ozim qilib, 
Necha kimsa lekin mulozim qilib. 
O‘z ollinda asrab g‘arobat uchun, 
Yeshikda shukuhu mahobat uchun. 
Chu mag‘ribni osudahol ayladi, 
Yana azmi savbi shimol ayladi. 
Tengiz aylabon qat’u tog‘ artilib, 
Yurur erdi yo‘l Rum azmi qilib. 
Hamul turki chin
4
, yo‘qki chiniy g‘izol 
Ki sherafkan erdi qilurda jidol. 
Solib shoh ko‘ngliga o‘z shavqini, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
363
Chekib bo‘ynig‘a zulfining tavqini. 
Bo‘lub shoh matlubu marg‘ubi ham, 
Ne matlubu marg‘ub, mahbubi ham. 
Aning birla tun-kun bo‘lub jur’akash, 
Borur erdi o‘z mulkiga shodu xush
5

Guzargohi Rusu diyori Farang, 
Qayu yerga yetgach, o‘tub bedarang. 
O‘tar chog‘da mobayni g‘arbu Shimol, 
Tilab dod jam’e parokandahol. 
O‘kush nola aylab tazallum bila, 
So‘rub shoh alarni tarahhum bila. 
Dedilarki: «Shoho, jahondor bo‘l, 
Qadar qudratu charxmiqdor bo‘l! 
Jahon mulkiga berding obodlig‘, 
Jahon ahlig‘a adl ila shodlig‘. 
Diyoreki adling anga yetmamish, 
Diyor ahlini shodmon etmamish. 
Hamonoki bu marz ila bum erur, 
Dog‘i bu necha zoru mazlum erur». 
Dedi shah: «Bu kishvar nedindur xarob, 
Yeliga nedin tushti bu iztirobg‘» 
Dedilarki: «Bu mulkning bir hadi, 
Hamono erur Qirvon sarhadi
6

Kim, ul mulk g‘arbig‘a moyildurur, 
Aro yerda bir tog‘ hoyildurur 
Kim, ul tog‘din nari ofot erur, 
Ul ofotdin nari zulmot erur. 
Bu nav’ etti voqif xabar berguchi 
Ki, zulmatning andindurur bir uchi. 
Yerur tog‘u zulmat aro vodie 
Ki, yo‘l eltmas ul taraf hodie. 
Ne zulmat – jahannam, ne vodiy – saqar 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin