Tajriba ishi – 8. Kuydirilgan ohaktoshning so’nish tezligini va so’nmay qolgan zarrachalari miqdorini aniqlash.
Vazifa. Ohakning asosiy xossalarini aniqlash.
Qurilish ohagi to‘g‘risida umumiy tushuncha. Kalsiy va erigunga qadar yuqori temperaturada pishirib va uni obdon tuyib, qurilish ohagi olinadi.
Umumiy tushunchalar. Ohakning so‘nish davrida quyidagi reaksiya ro‘y beradi.
CaO H2O Ca(OH)2 20,6kkal Bir gramm mol miqdoridagi ohakning so‘nishi natijasida 20,6 kkal issiqlik ajraladi. So‘nish reaksiyasi tamom bo‘lgandan so‘ng ohak bo‘tqasining temperaturasi pasayadi.
Asbob va uskunalar. So‘nish tezligini aniqlashda ishlatiladigan asbob, 150°S gacha bo‘lgan termometr, sekundomer, texnik tarozi va tarozitoshlari, millimetrli qog‘oz va sinash uchun ohak namuna.
Dyuaraasbobi. Elektrontarozi.
Termometr. Stakan vatermometr.
Sekundomer. Suv solishgaidishlar.
Ishlash tartibi. Ohakning so‘nish tezligi Dyuara asbobida yoki stakan idishda aniqlanadi.
Oldindan tayyorlangan ohak namunadan 10 gramm tortib olinadi va ohak kukuni Dyuara idishiga solinadi, so‘ng unga 20 ml isitilgan (20°S) suv quyiladi va shu vaqt sekundomer bilan aniqlab olinadi, keyin idishning og‘zi termometrli probka bilan yopiladi.
Ohakka suv quyilgandan boshlab, har 30 s da temperaturaning ko‘tarilishi yozib boriladi. Ushbu kuzatish temperatura pasayguncha davom ettiriladi. Idishdagi ohak suv bilan qorishtirilgandan keyin qorishmaning yuqori temperaturaga ko‘tarilishi uchun ketgan vaqt ohakning so‘nish tezligini bildiradi. Olingan natijalar jadvalga yozib boriladi va shu asosda millimetrli qog‘ozga vaqt bilan so‘nayotgan ohak temperaturasining ko‘tarilishi o‘rtasidagi bog‘lanish grafik ravishda ko‘rsatiladi.
Sinash uchun olingan kukunning og‘irligi,
g
Suv miqdori,
ml
Sinashning
boshlanishi (ohakka suv quyilgan payti), soat