Mazali salat tayyorlash
tarix 10.06.2023 ölçüsü 0,56 Mb. #128177
1490072054 65886
Hosilot salati Masalliqlar(4 kishi uchun): -100gr tovuq go’shti -100gr brokolli -1dona sabzi -1dona bodring -1dona kartoshka -0.5stakan ko’kno’xot konservasi -3-4osh-q mayonez Tayyorlanishi Tovuq,sabzi, kartoshka va brokollini suvda qaynatib pishirib olamiz.(brokollini oxirrog’ida solamiz) Barcha masalliqni kubik yoki somoncha to’g’rab, mayonez solib aralashtiramiz. Venegred salati Masalliqlar(2kishi uchun): -100gr qaynatilgan go’sht(yoki kolbasa) -1dona sabzi -1dona kartoshka -1dona lavlagi -1dona bodring(yoki tuzlangan bodring) -mayonez -o’simlik yog’i -tuz Tayyorlanishi Kartoshkani mayda somoncha to’g’rab, qizigan yog’da qovurib olamiz. Sabzini qirg’ichdan chiqarib, ozgina ezamiz Qaynatib pishirilgan lavlagini, go’shtni, bodringni ham mayda somoncha qilib to’g’raymiz. Masalliqni likopcha chetki qismiga joylashtiramiz. Masalliq o’rtasiga mayonez solamiz. Dasturxonga shunday holda tortamiz, dasturxonda esa har bir kishi o’zi salatni aralashtirib tanovvul qiladi Lavlagili salat Masalliqlar (kishi uchun): -200gr mol yoki qo’y go’shti -1dona piyoz -2-3dona kartoshka -2dona lavlagi -4-5ta ko’k piyoz -2osh-q ko’k no’xat -1ta sabzidan markopcha salati -3-4osh-q o’simlik yog’i -2bo’lak sarimsoq -tuz,ziravorlar Tayyorlash : Lavlagi va kartoshkani qaynatib pishirib olamiz. Kartoshka, lavlagini kubik shaklida to’g’raymiz. Masalliqqa markopcha salati, 1sm uzunlikda to’g’ralgan ko’k piyoz, ko’k no’xat, kubik to’g’ralgan piyoz(piyoz to’g’ralgandan keyin yuvilmaydi) va yirik parrak to’g’ralgan go’shtni piyoz bilan qovurib pishirib olingani(issiqligida solamiz), tuz va ziravorlar, shakar solib hammasi qo’shib aralashtiriladi. Bu salatni avval qilgan edim , rasmlari yetarli emas edi, lekin inshaalloh foydasi tegar deb qo’yaverdim. Sabzavot va mayonezli salat Masalliqlar(2 kishi uchun) : -1ta kichik bodring -1dona pamildori -1osh-q mayonez -tuz Tayyorlash: Bodring va pamildorini kubik 1x1 to’g’raymiz. (Agar bodring qattiq bo’lsa maydaroq to’g’ragan maqul) Masalliqqa mayonez va tuz qo’shib aralashtiramiz va tayyor! Hojam salati Masalliqlar: -1dona kartoshka -1dona qaynatilgan tuxum -1bo'lak tuzlanan bodring -1bo'lak korea rediskasi -1dona sabzi -3-4qoshiq mayonez -go'sht suyaklari Tayyorlash: Kartoshka+sabzini suyak solingan suvda tuz solib qaynatib olamiz. Hamma masalliqni somoncha shaklida to'g'raymiz Dostları ilə paylaş: