“Uzbekistan-China: development of
cultural, historical, scientific and
economic relations”
VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 26
ISSN 2181-1784
SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7
879
w
www.oriens.uz
November
2022
KONFUTSIY FALSAFIY TA’LIMOTI VA UNDAGI ASOSIY TUSHUNCHALAR
https://doi.org/10.5281/zenodo.7354597
TURSINBOYEV Azizbek
Ilmiy maslahatchi: f.f.d.(DSc) Hashimova S.A.
Qadimgi Xitoyning buyuk donishmandi, bundan 2500 yil avval yashagan va ijod qilgan
Konfutsiy “konfutsiychilik “ deb ataluvchi axloqiy-siyosiy bilimlar ta’limotini ishlab chiqqan.
Bu ta’limotning mazmun-mohiyatini insonning tabiiy axloq-odobini takomillashtirilish, davlatni
boshqarish haqida ma’lumotlar berilgan. Konfutsiy ta’limotida hukmdor va quyi qatlam vakillari
o’rtasidagi munosabatlar, jamiyatdagi tinchlik va osoyishtalik, nafosatshunoslik qoidalari haqida
ma’lumotlar berilgan.
Konfutsiy uchun eng muhimi bu insonning axloqi va tarbiyasi, bunda quyidagi beshta
tushuncha alohida o’rin tutadi:
仁
(Ren) insonga bo’lgan muhabbat,
义
(Yi) ma’suliyat,
礼
(Li)
xulq-atvor me’yorlari,
智
(Zhi) bilimlar,
信
(Xin) ishonch.
Bundan tashqari ezgu fazilatlarga kattalarga hurmat ehtirom
孝
( xiao ) ham kiritiladi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, yuqorida keltirilgan ezgulik tushunchalarining tarjimalari
shartli ravishda amalga oshirilgan bo’lib, bu tushunchalarning har biri juda keng ma’noga ega
bo’lgan.
“Besh ezgulik tushunchalar” ning mohiyati quyidagilardan tashkil topgan:
仁
Ren “Insonga bo’lgan muhabbat”, “Insonparvarlik” ma’nosini beradi. Inson xulq-atvor
me’yorlari va axloqiy yuksalishlarini ifodalab beradi, ya’ni bunda ko’ngilchanlik, qa’tiyat,
kamtarlik, oliyjanoblik, odamlarga nisbatan muhabbat, haqiqatgo’ylik, ochiq ko’ngilllik kabi
hislatlar aks ettiriladi. Muallif tomonidan bu ko’rinishlardagi shaxslarga misol tariqasida
afsonaviy hukmdorlar – Yao, Shun va Yuy kabilar ko’rsatiladi. Konfutsiy tomonidan insonning
ahloqiy takomillashishga harakat qilishi kerakligi ta’kidlab o’tiladi. Odamning barcha ezgu
xususiyatlarini u “ ren ” asosida kelib chiqqan deb ko’rsatadi, bu tushuncha asosida jamiyatdagi
munosabatlar shakllantirilishi ta’kidlanadi. Konfutsiy fikricha, inson o’zini o’zi yaratadi, ya’ni
hayoti davomidagi barcha qarorlari uning o’ziga bog’liq. Bunda uning boshqa insonlarga
bo’lgan munosabati ham inobatga olinadi.
义
Yi “Ma’suliyat”. Insonga bo’lgan oily muhabbat (
仁
ren) hayotda ma’suliyat hissi (
义
yi ) orqali moddiylashadi. “Yi” tushunchasining o’zi esa ko’p ma’nolarga ega. Bu tushuncha
orqali insonning ma’naviy holati belgilanadi. Bu insonnig haqiqat izlashiga va o’z ota-onasiga
nisbatan haqiqatgo’y bo’lishi, ular bergan tarbiyalariga minnatdor bo’lishi orqali namoyon
bo’ladi. Boshqa insonlarga nisbatan uni mehrli bo’lishi inobatga olinib, uning xudbinligiga
qarshi kurashishiga da’vat etadi.
礼
Li “Xulq-atvor me’yorlari ”.
礼
“Li” tamoyili odamlar o‘rtasidagi turli xil munosabatlarni
ifodalab beradi, insonning jamiyatdagi xulq-atvorini ifodalaydi. Xitoy ahloqshunosligida uch
turdagi o’zaro munosabatlar ajratib ko’rsatiladi: hukmdorlar va quyi qatlam vakillari o’rtasidagi
munosabatlar, kattalar va kichiklar, ota va o’g’il o’rtasidagi munosabatlar. Biroq, bunda
This article is devoted to the study of the life and
work of Confucius, his philosophical views and
basic concepts
Dostları ilə paylaş: |