Munosabatlar rivojlanishidagi



Yüklə 290,22 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü290,22 Kb.
#207517
  1   2   3   4
31-variant


31-variant
    1. «BUYUK IPAK YO‘LI»NING MARKAZIY OSIYODA IQTISODIY MUNOSABATLAR RIVOJLANISHIDAGI O‘RNI

Xitoyning Tinch okeani bilan Hindiston, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Yevropa davlatlarini bog‘lovchi qadimgi savdo yo‘li – Buyuk ipak yo‘lidir. Bu yo‘l orqali asosan ipak eksport qilinganligi sababli


«Ipak yo‘li» nomi bilan shuhrat qozongan. Bu yo‘l m.a. II asrdan to milodiy XV asrgacha, suv yo‘llari rivojlanguncha Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Eron, Yaqin Sharq hamda O‘rta Yer dengiz mamlakatlari o‘rtasidagi savdo-sotiq va madaniy aloqalarning rivojida muhim rol o‘ynagan.
Manbalarga qaraganda, Sariq dengiz qirg‘oqlaridan Xuanxe daryosidagi Sian shahridan boshlangan dastlabki yo‘l Lanchjou orqali Dunxuanga kelgan (Xutan), u yerda ikkiga ajralib, biri shimoli-g‘arbga ikkinchisi janubi-sharqqa yo‘nalgan. Karvon yo‘lining umumiy uzunligi 12 ming chaqirim atrofida bo‘lgan. Nemis muarrixi K.Rixtgofen 1887-yil ushbu yo‘nalishga ilk bor «Buyuk ipak yo‘li» degan nisbat beradi va bu ibora muamalaga kiritiladi. Yevropaliklarga mayin ipak siri ko‘p asrlar davomida ma’lum bo‘lmagan, u yerda odatda jundan to‘qilgan ancha dag‘al kiyim-kechaklar tayyorlangan. Bu esa ipak matolarga bo‘lgan talabni oshirgan. Ayniqsa, xotin- qizlarning bu gazlamaga ehtiyoji katta edi. Bu yo‘l orqali, nafaqat ipak, balki boshqa turli-tuman mahsulotlar savdosi olib borilganligi aniq.
Shimoliy yo‘l Turfon orqali Tarim vohasiga va bu yerdan Qashg‘ar, Dovon (Farg‘ona vodiysi)ga borgan. U yerdan So‘g‘dning markazi Samarqand va Marg‘iyona (Marv)ga yo‘nalgan. Ipak yo‘li Farg‘ona vodiysida yana juft tarmoqqa bo‘lingan. Janubiy qismi
O‘zgandan O‘sh, Quva, Marg‘ilon, Qo‘qon orqali Xo‘jand, Samarqand, Buxoro sari uzaygan. Keyingisi Axsi (Andijon) va Qamchiq dovonidan o‘tib, Iloq vohasi hamda Toshkent tarafga etgan. Demak, qamchiq tarixiy yo‘lning uzviy bo‘lagi hisoblangan. Bu yo‘l mohiyat-e’tibori bilan Sharq va G‘arbni turli jabhalarda bog‘lovchi yo‘ldir (savdo-sotiq, diplomatiya, madaniyat va boshqalar).



Yüklə 290,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin