Munosabatlar rivojlanishidagi


IBN XOLDUNNING IQTISODIY QARASHLARI



Yüklə 290,22 Kb.
səhifə3/4
tarix07.01.2024
ölçüsü290,22 Kb.
#207517
1   2   3   4
31-variant

IBN XOLDUNNING IQTISODIY QARASHLARI

Iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida arab mutafakkiri Ibn Xoldun- ning (1332–1405) hissasi benihoya katta. U Tunisda zodagonlar oilasida tug‘ilgan. Uning asosiy asari «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi»-1370-y.)47.


Ibn Xoldun ijtimoiy rivojlanishning umumiy qonuniyatlarini
ko‘rsatib berishga harakat qildi. Uning fikricha, tarixiy jarayon asosini kishilik jamiyatining rivojlanishi tashkil etadi. Dastlab odamlar yovvoyi holatda bo‘lgan. Keyinchalik kishilik jamiyati tabiat dunyosidan ajralib chiqqach, o‘z rivojlanishida ikki bosqichni bosib o‘tadi: «primitiv» va «sivilizatsiya». Ularning biri ikkinchisidan
«odamlar yashash vositalarini qanday topa olishi» bilan ajralib turadi. Birinchi bosqichda odamlar, asosan, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan bo‘lsalar, ikkinchi bosqichda, olimning fikricha, ularga hunarmandchilik, savdo, ilm va san’at qo‘shiladi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarining muvaffaqiyatli rivojlanishi xalq boyligini bir
necha bor ko‘paytirish, har bir kishining mo‘l-ko‘llikka erishish imkonini beradi. Ammo ortiqcha moddiy boylik ishlab chiqarish imkoniyatini beruvchi sivilizatsiyaga o‘tish, olimning ta’kidlashicha, umumiy, ijtimoiy va mulkiy tenglik kelib chiqqanini, jamiyatning tabaqalarga bo‘linishi zarurligi tugaganini bildirmaydi.
Ibn Xoldunning ko‘rsatib berishicha, fuqarolarni hayotiy zarur buyumlar va zeb-ziynat buyumlari bilan yoki uning atamasi bo‘yicha «zarur» va «zarur bo‘lmagan» buyumlar bilan ta’minlash, eng avvalo, shahar aholisining zichligiga bog‘liq. Shahar aholisining zichligi uning rivojlangan yoki rivojlanmaganligining ramziy belgisi hisoblangan. Shuning uchun agar shahar rivojlangan bo‘lsa, unda «zarur» va «zarur bo‘lmagan» buyumlar yetarli bo‘ladi; bunda: birinchisining bahosi (dehqonchilikda shaharliklar ham ishtirok etganligi tufayli) pasayib boradi, ikkinchining esa (zeb-ziynat buyumlariga talabning keskin




47 Раззоқов А., Ташматов Ш., Ўрмонов Н. Иқтисодий таълимотлар тарихи.–Т.: “IQTISOD- MOLIYA”, 2007. 29-b.
o‘sishi sababli) bahosi oshib boradi. Aksincha, shahar aholisining kamligi natijasida uning rivojlanmay qolishi barcha moddiy boyliklarning yetishmasligini va qimmatchilikni keltirib chiqaradi. Shu bilan birga, mutafakkirning ta’kidlashicha, soliq qancha past bo‘lsa, har qanday shaharning, bir butun jamiyatning ravnaqi shuncha yaxshi bo‘ladi. U: “Bozor bahosi shakllanishining bir qancha qonuniyatlarini ta’riflab, soliqlar va har xil yig‘imlar tovar qiymatining oshishiga olib keluvchi omil hisoblanadi”, – deb ko‘rsatib berdi. Ibn Xoldun bozorning rag‘batlantiruvchi ahamiyatini bilgan: bozor mexanizmi ishlab chiqaruvchilarni mehnat unumdorligini oshirishga va mahsulot sifatini yaxshilashga majbur etadi.
Ibn Xoldun pulni xo‘jalik hayotining muhim unsuri deb hisobladi va pul vazifasini xudo tomonidan yaratilgan metallar ichida
– oltin va kumush bajarishini ma‘qulladi. Uning fikricha, pul «barcha sotib olinadigan» buyumlardagi inson mehnatining miqdoriy mazmunini aks ettiradi. U «mehnatning qiymatini», ya’ni ish haqini tavsiflab, uning miqdori: birinchidan – «kishi mehnati miqdoriga», ikkinchidan «boshqa mehnatlar ichida uning tutgan o‘rniga», va uchinchidan «odamlarning unga (mehnatga) bo‘lgan ehtiyojiga» bog‘liq deb tasdiqladi.
Ibn Xoldun: “Ijtimoiy hayot asosini mehnat faoliyati tashkil etadi”, – deydi. Uning yozishicha, «jamiyatning ahvoli, uning boyligi va ravnaqi faqat mehnatga va kishilarning boylikni o‘zlashtirishga bo‘lgan ishtiyoqiga bog‘liq. Agar odamlar yashash vositalari to‘g‘risida qayg‘urmasalar va ularga egalik qilish uchun mehnat qilmasalar unda bozorda oldi-sotdi bo‘lmaydi va odamlar oziq-ovqat qidirib, boshqa mamlakatlarga chiqib ketadilar».



      1. Yüklə 290,22 Kb.

        Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin