Munosabatlar rivojlanishidagi


-rasm. Buyuk ipak yo‘li xaritasi



Yüklə 290,22 Kb.
səhifə2/4
tarix07.01.2024
ölçüsü290,22 Kb.
#207517
1   2   3   4
31-variant

3-rasm. Buyuk ipak yo‘li xaritasi

Buyuk ipak yo‘lining yo‘nalishi sharoit, shuningdek, talab-taklifga qarab o‘zgarib turgan, o‘rtacha borib-kelish uchun 120-150 kun ketgan. Karvonni tashkil etish, boshqarish katta tajriba, bilim, sa’y-harakat talab etgan. Tarixchi mutaxassislarning aniqlashicha, bir karvonda 500 nafargacha odam, yuk tashiydigan jonivorlar bo‘lib, karvonboshi, yo‘lni yaxshi biluvchi boshlovchi, qo‘riqchilar va boshqalar, ayniqsa, elchilar, tilmochlar, hajga boruvchilar, xat tashuvchilar ham ishtirok etgan. Bu o‘rinda qayerga borish, qayerda dam olish, madad so‘rash joylari, karvonsaroylar, kerak paytda jonivorlarni almashtirish masalalari muhim edi. Odatda, kunduzi yurilgan, kechasi dam olingan, shunga mos ko‘nalg‘alar barpo etilganligi ma’lum. Suv, yem-xashak masalasi eng dolzarb edi, chunki cho‘l-u sahrolarni yurib o‘tish kerak bo‘lgan. Uzoq yo‘llar davomida karvon to‘xtaydigan doimiy makonlar vujudga kelgan, ularni karvonchilar bilgan. Ko‘rinib turibdiki, bir


qancha davlatlar chegarasini kesib o‘tib, turli xavf-xatarlarni yengib, savdogarlar nihoyatda muhim vazifalarni bajarganlar42.
Shu karvon yo‘l orqali Xitoydan ipak, Xitoyga esa har xil gazlamalar, gilam va poloslar, oyna, metall, zeb-ziynat buyumlari, qimmatbaho tosh va dorivorlar keltirilgan. Baqtriya va Dovon (Farg‘ona)dan ot va tuyalar olib borilgan. XV–XVI asrlardan bu yo‘lning ahamiyati ancha pasaydi, ammo Markaziy Osiyo respublikalarining siyosiy mustaqillikka erishuvi tufayli, bu yo‘lni yanada jonlantirishga katta ehtiyoj tug‘ildi. Xitoy, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Kaspiy dengizi orqali Ozarbayjon, Gruziya, Qora dengizga chiquvchi undan Yevropa (Parij, Rottyerdam)ga yetkazuvchi yo‘l loyiha ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda, bu yo‘lning kelajagi porloq.
Endi esa, moziyga qaytib, O‘rta Osiyoning Buyuk ipak yo‘li o‘rni va eksport potensialiga e’tiborni qaratsak. Markaziy Osiyoga, xususan, hozirgi O‘zbekiston hududiga qiziqish avvaldan ma’lum va bu har tomonlama (siyosiy, iqtisodiy jihatdan) ahamiyatli bo‘lgan. Tarixiy va hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, bu hudud, yer, suv, iqlim, tabiati, geografik o‘rni, qazilma boyliklari, hayvonot dunyosi jihatidan ajralib turgan. Aholining mehnatsevarligi, mirishkorligi, bunyodkorligi, kasb- hunarga mehr qo‘yganligi va ijodkorligi muhim ahamiyatga ega.
Hudud zaminida turli-tuman boyliklar, ayniqsa oltin, kumush, boshqa rangli metallar va javohirlarning mavjudligi va serobligi shu soha hunarmandchiligi rivojida hal qiluvchidir. Ayniqsa oltin ajnabiylarni magnit (oxangrabo) kabi tortganligi aniq.
Bu o‘lka eksport potensialida oltin, kumush va undan qilingan zebu-ziynatlar, zargarlik buyumlari, sifatli po‘lat olish va undan yasalgan asbob-uskunalar, ayniqsa, qilich, qalqon va boshqa harbiy asbob-anjomlar, ipakdan to‘qilgan xon atlas va boshqa nafis matolar, ajoyib ko‘rinishli qorako‘l terisi va undan tikilgan buyumlar xaridorgir bo‘lgan.
Ajdodlarimiz yaxshi po‘lat olish yo‘llarini bilganlar. Bu po‘latdan yasalgan uskunalar sifatli, o‘tkir va nafis bo‘lgan. Tarixiy manbalarga qaraganda, kiroyi bir qilichning bahosi bir filga tenglashtirilgan. Qilichlar shunchalik mustahkam bo‘lganki, hatto doira shaklida har
qancha egilsa-da, sinmagan. Bu po‘latning mustahkamligi siri G‘arbiy Yevropada XIX asrning 40- yillaridagina ochildi43.
Markaziy Osiyo donishmand- larining kitoblari, diniy va ilmiy asarlar hammani qiziqtirgan. Kitob yozish (xattotlar) san’ati ham yuqori bo‘lgan. Miniatyura san’ati yuqori darajada edi.
Shu sababli bilim, ilm makoni bo‘lgan kitob savdo-sotig‘i yetakchi
o‘rinni egallagan. Hozirgi davrda ko‘plab taniqli mutafakkirlarimizning asarlari xorij davlat va shaxsiy kutubxonalaridan topilmoqda va o‘z vatani, O‘zbekistonga qaytarilmoqda. Bu fakt shundan dalolat beradiki, o‘z davrida kitob savdosi Buyuk ipak yo‘lining asosiy faoliyatidan biri bo‘lgan, demak, bu yerdan chetga ko‘plab ilm va san’at asarlari chiqarilgan. Mamlakatimizda dunyodagi eng yaxshi ot zotlari bo‘lganligi ma’lum, xalq eposida uchqur, ziyrak tulporlar haqidagi rivoyatlar haqiqatga juda yaqin. Ot savdosi ayniqsa qadimgi farg‘onaliklar uchun eng ko‘p foyda keltiruvchi sohaga aylangan. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, aksariyat xaridorlar xitoylar bo‘lgani aniq. Masalan, Xitoy elchisidan uni qanday tuhfa qiziqtirishini so‘ralganda, ot olishni afzal ko‘rgan. Otlar xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida, harbiy xizmatda, transport vositasi sifatida, uloq chopish, chovgan o‘ynash, zeb-ziynat sifatida nihoyatda qadrlangan. Shu sababli otlar eksportda etakchi o‘rinni egallagan.
Qishloq xo‘jaligida paxta yetishtirish va paxtadan olinadigan mahsulot asosiy o‘rinda turgan. Polizchilik (ayniqsa, qovunchilik), bog‘dorchilik (uzum) yaxshi rivojlangan. Agar bizga ipak yetishtirish Xitoydan kirib kelgan bo‘lsa, xitoyliklar bizdan zotli otlar sotib olgan, uzum va beda yetishtirishni o‘rganishgan.
Vatanimiz hududida qorako‘l teri beradigan qo‘ylar parvarishi muhimdir. Ularning terisi bilan savdo qilish muhim ahamiyat kasb etgan. Hozirgi davrda ham bu sohaga e’tiborni kuchaytirish
O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash uchun zarur vosita hisoblanadi

    1. Yüklə 290,22 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin