ipak qurti boqish, pilla yetishtirish majmui; qishloq xoʻjaligining ipakchilik sanoati uchun xom ashyo yetkazib beradigan asosiy tarmoqlaridan biri.

Pillachilik tarmoq sifatida Pillaning ozuqa manbai boʻlgan tutzorlar barpo qilish; tutning yangi navlarini yaratish; ipak qurtining zotlari va durapillalarni yaratish; naslchilik ishlari, ipak qurti boqib, uning tuxumini yetishtirish; ipakchilik sanoati uchun tirik pilla tayyorlash; pillani quritib, quruq pilla standarti talablariga moye keltirib korxonalarga topshirish; pillani dastlabki qayta ishlash va boshqalarni o'z ichiga qamrab oladi.
Oʻzbekistonda tut ipak qurti urugʻini tayyorlash, qurtini boqish, pillani dastlabki ishlash (dimlash va quritish), yangi qurt zotlari va duragaylarini yaratishni va tutchilikni oʻz ichiga olgan mukammal majmua yaratilgan. Tut ipak qurti respublikaning barcha viloyatlarida yetishtiriladi. Respublika xududida tut ipak qurti juda qadimdan boqiladi. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, ipak qurti boqish milodiy 4-asrda Xitoydan Oʻrta Osiyoga tarqalgan.

1913-yilda Oʻzbekistonda 4 ming tonnaga yaqin pilla yetishtirilgan boʻlsa, uning 90% Fargʻona vodiysiga toʻgʻri kelgan. 1922-yilda Toshkentda "Turkipak" aksiyadorlik jamiyatining tashkil etilishi pillachilikni rivojlantirishda muhim bosqich boʻldi. 1927-yil Toshkent ipakchilik styasi negizida Oʻrta Osiyo ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti (1991-yildan Oʻzbekiston ipakchilik instituti) tashkil etildi. 1930-yillarda tut koʻchati yetishtirishga aloxida eʼtibor berila boshlandi.