Hovuz baliqchiligida yuritiladigan seleksiya-naslchilik ishlari



Yüklə 0,55 Mb.
tarix12.04.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#55245
Narzullayev B.Naslchilik ishi.Seleksiya


Namangan davlat universiteti Biotexnologiya yo'nalishi 301-guruh talabasi Narzullayev Behzodning naslchilik ishi fanidan tayyorlagan

TAQDIMOTI

HOVUZ BALIQCHILIGIDA YURITILADIGAN

SELEKSIYA-NASLCHILIK ISHLARI

Hovuz baliqchiligida olib boriladigan seleksiya–naslchilik ishlari, xuddi chorvachilikning boshqa sohalari kabi baliqlarning

mav jud zotlarini yaxshilash va yangi sermahsul zotlarni yaratishga

yo‘naltirilgan.

Zot nima? Ushbu savolga qishloq xo‘jalik hayvonlari uchun qabul qilingan tushunchadan kelib chiqib, professor D.A.Kislovskiy

shunday yozadi: «Zot – bu hayvonlarning ko‘p sonli guruhi bo‘lib,

uzoq vaqt maqsadga muvofiq tizimli olib borilgan ishlar natijasida ularga xos shakllangan umumiylikka ega bo‘ladilar, o‘zlarining

yashash sharoitiga bo‘lgan barcha talablari qondirilsa hamda toza

urchitish davom ettirilsa, nafaqat o‘zlariga xos shakllangan umumiylikni saqlab qoladi, balki bu xususiyatlar yanada kuchli rivojlanadi, boshqa zotlar bilan chatishtirilganda, ularning xususiyatlarini

yaxshilovchi sifatida ta’sir qiladi».

Zot» so‘ziga berilgan ushbu ta’rif baliqchilikka ham aloqadordir. Shundan kelib chiqib, hovuz baliqchiligini rivojlantirishni ham seleksiya–naslchilik ishlari olib bormasdan amalga oshirish ilo ji yo‘q deyish mumkin. 1947-yilda bir qancha Respublikalar

qatorida O‘zbekistonda ham hovuz baliqchiligida faoliyat olib boruvchi seleksiya–naslchilik xo‘jaligi qurish haqida qaror qabul qilingan. Bunday xo‘jaliklar oldiga o‘zlarining yuqori mahsuldorligi, kasalliklarga chidamli immunitetga ega bo‘lgan, yashovchanligi yuqori, jadal o‘sish xususiyatiga ega yangi baliq zotlari yaratish,

mavjud zotlarning qayd qilingan xususiyatlarini yanada mustahkamlash vazifasi qo‘yilgan.

Baliqlarning yangi yaratilgan yoki mavjud bo‘lib, xo‘jalik foydali xususiyatlari takomillashtirilgan zotlar yoki ularning gibridlari

davlat zot sinash markazidan sinovdan o‘tkaziladi. Bunda quyidagilar inobatga olinadi:

1. Baliqlarnig jadal o‘suvchanligi, tabiiy ozuqalarni yaxshi

o‘zlashtirishi, joylashtirish zichligi oshirilganda, ushbu mintaqada

urchitilayotgan asosiy baliq zotlariga nisbatan har bir gektar suv

yuzasidan olingan mahsulot birligiga qilinadigan ozuqa xarajatining kamayganligi;

2. Hayotining dastlabki (birinchi) yili qishlovga chidamliligining yaxshilanganligi;

3. O‘sha hududda urchitilayotgan asosiy zotlarga nisbatan, hovuzdagi mavjud tabiiy ozuqalardan yuqori darajada foydalanish hisobiga, uning tabiiy baliq mahsuldorligini oshirganligi;

4. Yangi zot yoki uning gibrid shaklining o‘sha hududdagi hovuzlarda keng tarqalgan bir yoki birnecha kasalliklarga chidamliligining oshganligi.

Odatdagi tugallangan tizimli yoki birlamchi yoshdagi baliqlarni yetishtirib beruvchi baliqchilik xo‘jaliklarida seleksiya–naslchilik

ishlari olib borilmaydi, bunday xo‘jaliklarning vazifasi ularga olib

kelingan naslli baliqlarni to‘g‘ri saqlash, erkak va urg‘ochilaridan

to‘g‘ri juftlik yoki uya tashkil qilish, ulardan xo‘jalikka kerakli va

yetarli darajada avlodlar olishdir.

Yuqori mahsuldor va sifatli naslli baliqlar yetishtirish yoki haqiqiy seleksiya–naslchilik ishlari olib borish bilan maxsus davlat

naslchilik xo‘jaliklari shug‘ullanadilar. Bunday xo‘jaliklarning vazifasi tugallangan tizimli va birlamchi yoshdagi baliqlarni yetishtirib beruvchi xo‘jaliklarni yuqori sifatli, mahalliy baliqlar to‘dasining mahsuldorligini oshirish hamda umumiy sifatini yaxshilashdan iborat.

Tugallangan tizimli baliqchilik xo‘jaliklaridagi va birlamchi

yosh dagi baliqlarni yetkazib beruvchi xo‘jaliklardagi naslli baliq lar

podasidan, qayd qilingan xo‘jaliklar uchun kerakli miqdorda malklar va shu yilgi (qishlovdan chiqqach, bir yillik) baliqlar olish maqsadida foydalaniladi. Naslli baliqlarning soniga bo‘lgan talabni hisoblashni avvalgi boblarda bayon qilinganidek amalga oshirgan holda, shuni alohida ta’kidlash kerakki, xo‘jalikning malklarga bo‘lgan

talabini qondirish uchun kerakli bo‘lgan naslli baliqlar sonidan ikki marta ko‘proq naslli baliqlar saqlash kerak

Buning sababi shundaki, qandaydir sababga ko‘ra birinchi urchitishdan olingan ikralar yoki malklar o‘lib qolsa, qaytadan urchitish jarayonini o‘tkazish

imkoniyati saqlanib qolsin. Bundan tashqari, kasal bo‘lib qolgan,

kuchli jarohatlangan naslli baliqlarni almashtirish uchun ham haqiqatda kerakliligiga nisbatan qo‘shimcha naslli baliqlar saq lash kerak bo‘ladi. Ammo kerakliligidan ikki baravardan ziyod naslli baliqlar saqlash tavsiya qilinmaydi, chunki bunday qilinganda ularni

saqlash sharoiti birmuncha yomonlashishi mumkin.

Nasl uchun mo‘ljallangan baliqlarni ularning malklik davridan

boshlab tanlab olina boshlaydi. Ammo oddiy tugallangan tizimli va

birlamchi yoshdagi baliqlarni yetkazib beruvchi barcha xo‘jaliklarda bu ishni amalga oshirishning imkoniyati bo‘lmaydi. Chun ki

bunday baliqlarni saqlash uchun qo‘shimcha maxsus hovuzlar qurish yoki ajartish kerak bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, nasl uchun

mo‘ljallangan baliqlarni shu yilgi baliqlar deb ataladigan baliqlar

orasidan tanlab olish tavsiya etiladi. Nasl uchun shu yilgi baliqlardan eng yaxshilarini (tez o‘sganligi uchun mavsum oxirida vazni

og‘ir, sog‘lom, yashovchanligi yuqori, travmatik jarohatlari bo‘lmagan, harakatchan) tanlab olinadi va alohida qishlovni o‘tkazadigan

hovuzlarga joylashtiriladi.

Kelgusi yil bahorda yana ularning tarkibidan semizligi yuqori, yirik, sog‘lom, rangi yaltiroq bir yoshli baliqlarni ajratib olib, ularni o‘stirish uchun mo‘ljallangan alohida hovuzlarda yoki kattaroq yoshdagi naslli baliqlar bilan birgalikda saqlanadi. Shunday qilinganda, naslli baliqlarning zich ligi birmuncha

siyraklashtiriladi, chunki ularning hamda ushbu hovuzga qo‘shimcha joylashtirilgan bir yoshli, yosh, nasl uchun mo‘ljallangan baliqlarning umumiy soni hovuzning tabiiy baliq mahsuldorligiga mos

kelishi kerak.

Nasl uchun mo‘ljallangan ikki yoshli baliqlarni, shu maqsadda urchitilayotgan yuqoridagi hovuzlardagi bir yoshli baliqlardan

hamda nagul hovuzidagi o‘stirilayotgan baliqlar ichidan ham eng

yaxshi rivojlanganlarini ajratib olish mumkin.

Nasl uchun qoldirilgan baliqlarni qishki hovuzlarga shunday

joylashtirish kerakki, ularning turli yoshlilarini chalkashtirmasdan,

ajratib olish mumkin bo‘lsin. Masalan, uch yoshlilarini, katta, to‘la

voyaga yetganlari, ikki yoshlilarini to‘rt yoshlilari bilan bitta hovuzga joylashtiriladi.

Nasl uchun mo‘ljallangan baliqlarni baholashda faqatgina ularning vaznini hisobga olib qolmasdan, ularning ekstererini ham e’tiborga olinadi. Nasl uchun tanlab olingan baliqlarning yelkasi eng

do‘ng (nisbiy uzunligi kaltaroq), shuning bilan birga keng yelkali (tanasi keng) va yuqori semizlikka ega bo‘lishiga e’tibor beriladi.

Navbatdagi jadvalda 3–4 yoshli baliqlarning eksterer va semizlik

darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar bayon qilingan

Yuqoridagi jadvaldagi ko‘rsatkichlarni aniqlash uchun quyidagi

tana o‘lchamlarini o‘lchash kerak bo‘ladi:

– tana uzunligi (L) – tumshuqning oldingi nuqtasidan, tananing tangachalar bilan qoplangan oxirgi nuqtasigacha (dum suzgichisiz);

– tananing eng do‘ng nuqtasi – yelka suzgich qanotining oldingi nuqtasi;

– tananing eng qalin joyi – yelka suzgich qanotidan birmuncha oldingi nuqta;

– baliqlarning vazni.

Baliqlar tanasining nisbiy balandligi tana uzunligining balandligiga bo‘lgan o‘lchamga bo‘lib, topiladi va raqamlarining o‘ndan

bir aniqligigacha hisoblanadi. Masalan, tana uzunligi (L) – 52 sm,

tana balandligi o‘lchami – 20 sm bo‘lsa, nisbiy balandlik – 52 : 20

= 2,6 teng bo‘ladi.

Tananing nisbiy qalinligi, uning eng qalin joyini (11 sm) uzunligiga (50 sm) bo‘lish yo‘li bilan hisoblab, topiladi va foizda ifodalanadi (11 · 100) : 50 = 22 %.

Semizlik koeffitsiyenti

3

K B 100


L

= ⋅


formulasidan foydalanib,

aniqlanadi. Formulaning mazmuni baliqning semizlik darajasi

uning vaznining tana uzunligining uchinchi darajasining nisbatiga

teng demakdir. Masalan, baliqning uzunligi 50 sm (dum suzg‘ichigacha), vazni 3750 g bo‘lganda semizlik darajasi

3

3750 100



3

50



= ga

teng bo‘ladi.

Bundan tashqari, katta yoshdagi (3–4 yillik) podani takroriy

ish lab chiqishga mo‘ljallangan baliqlarning ikkilamchi jinsiy belgilari aniq shakllangan bo‘lishi kerak.

Puchlangan naslli baliqlarning o‘rnini to‘lg‘azish uchun katta

yoshdagi podani takror ishlab chiqishga mo‘ljallangan (3–4 yillik)

baliqlarning soni, asosiy naslli baliqlarning to‘rtdan bir, beshdan

bir qismiga yoki ularning har yili pushtlanadigan qismi – 20–25

foizga teng bo‘lishi kerak.

Seleksiya–naslchilik ishlarini olib boruvchi maxsus xo‘jaliklarda baliqlarning turli yosh guruhlaridan juda ko‘plab baliqlar puchlanadi.

Agar yosh guruhlaridan bir dona naslli baliqni ajratib (tanlab)

olish uchun o‘n minglab, hatto yuz minglab baliqlar puchlansa,

katta yoshdagilarining har necha yuz boshidan bittasi tanlab olinadi.

Odatdagi baliq ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklarda juda katta songa ega bo‘lgan podani takror ishlab chiqarishga mo‘ljallangan baliqlarni saqlash iloji yo‘q. Ammo bu yer

da ham yiliga puchlanishi kerak bo‘lgan har bir naslli baliq o‘rniga 24 dona shu yilgi, 12 dona ikki yillik, to‘rt dona uch yoshli, 3

dona to‘rt yillik podani takror ishlab chiqishga mo‘ljallangan baliqlar saq lanishi kerak.

Bizning mintaqamiz sharoitida puchlangan naslli baliqlar o‘rnini to‘lg‘azish uchun erkak baliqlar to‘rt yillik bo‘lgach, urg‘ochilari

besh yillik bo‘lgach, foydalaniladi.

Urchitishdan avval eng sifatli yaxshi urg‘ochi naslli baliqlarga,

eng sifatli yaxshi erkak naslli baliqlar tanlanadi. Agarda xo‘jalikda

bir oz kasallik sodir bo‘lgan bo‘lsa, kasallikdan sog‘ayib chiqqan

erkak naslli baliqlar, kasallikdan sog‘ayib chiqqan urg‘ochi baliqlarga juftlanadi.

Yaqin qarindoshlarni urchitishning oldini olish yoki uning salbiy oqibatlarini qisqartirish lozim bo‘lsa, vaqti-vaqti bilan naslli

baliq lar xo‘jaliklararo almashinib turiladi.

Hovuz baliqchiligida juftlanayotgan naslli baliqlarning yoshini inobatga olish muhim ahamiyatga ega 5 yoshdan yosh bo‘lmagan, 8–9 yoshdan katta bo‘lmagan naslli baliqlarni o‘zaro juftlash eng yaxshi samara berishi isbotlangan. Bunda o‘rta yoshdagi

urg‘ochi naslli baliqlarga xuddi shu yoshdagi erkak naslli baliqlar

biriktirish ga harakat qilinadi. Eng bo‘lmaganda o‘rta yoshli (6–8

yosh) urg‘ogchi naslli baliqlarga, ulardan yoshroq yoki kattaroq

yoshdagi erkak naslli baliqlar saralanadi. Bunda eng yoshlari to‘rt

yoshdan kichik, eng kattalari 10 yoshdan katta bo‘lmasligi kerak.



6–8 yosh li naslli baliqlar eng sifatli avlodlar berishi tajribalarda o‘z

tasdig‘ini topgan
Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin