Berdaq nomidagi qduning Iqtisodiyot fakulteti 1-a iqtisodiyot guruhi talabasi Sarsenbaeva Sayoraning o’zbek tili fanidan tayyorlagan prezidentaciya ishi
Nukus tumani 26-sonli maktab o’qituvchisi Otemuratova Veneraning o’zbek tili fanidan tayyorlagan prezidentaciya ishi.
Mavzu: Buyuk ipak yo’li va uning insoniyat tarixidagi o’rni
Mavzu: Buyuk ipak yo’li va uning insoniyat tarixidagi o’rni
Reja:
Reja:
1.Eng qadimgi yo’llar. Buyuk ipak yo’lining paydo bo’lishi va rivojlanishi.
2.Amir Temur va temuriylar davrida Buyuk ipak yo’li shuhratining yanada ortishi.
3.XVI asrdan boshlab buyuk ipak yo’li ahamiyatining pasayishi va uning sabablari.
4.Hozirgi paytda Buyuk ipak yo’li an’analarining tiklanishi.
Biz qadimgi davr tariximizga nazar tashlar ekanmiz kishilar jamiyatinin bronza davridan e’tiboran, ba’zi joylarda undan ham ancha avval, ma’lum ixtisislashgan yo’llar paydo bo’lganini biamiz. Ularning paydo bo’lishida qabilalar, xalqlar va davlat-lararo aloqalardan kelib chiqqan iqtisodiy, etnik, siyo-siy va madaniy ehtiyojlar sabab bo’ldi.
Shunday ehtiyojlardan kelib chiqib, G’arb va Sharqni bir necha bir necha ming yillar davomida bir-biriga bog’lab “Buyuk ipak yo’li” vujudga kelgan. Bu yol orqali Sharqdan (Xitoydan) G’arbga (Vizantiya-ga) oqib borgan savdo mollari, asosan, Xitoy ipagi bo’lsa-da, bu yo’l fanga atigi XIX asrning 70-yillarida nemis olimi K.Rixtgofen tomonidan “Ipak yo’li” nomi bilan kiritildi. Unga qadar “G’arbiy meridio-nal yo’l deb kelinardi.
Ipak yo’lining janubiy-g’arbiy tarmog’i Takla-Makonsahrosi orqali Xatonga, undan Yorkentga kelib, Pomir tog’ining daralari orqali Vaxonga, undan Baqtriyaning bosh shahri Zariyapsga kelgan, Balxda yo’l uch tarmoqqa ajralib, uning g’rbiy tarmog’i Marvga, janubiy tarmog’i Hindistonga, shimoliy tarmog’i Termiz orqali Darvand, Nautak, Samarqandga qarab ketgan. Shimoliy-g’arbiy tomoni esa Dulxuandan Bami Kuchi, Turfan orqali Tarim vohasig – Qashg’arga borgan. Undan Toshqurg’on orqali O’zgan, O’sh, Quva, Axsikent, Ponga, undan Asht dashti orqali Xo’jand, Zomin, Jizzaxga, so’ngra Samarqandga Nautaka yo’li bilan birlashgan. Yo’l Samarqanddan G’arbga – Dobusiyaga, Malik cho’li orqali Buxoro va Romitanga, undan Varaxsha orqali Paykent va Forobga borib Amul’ shahriga o’tgan. Amulda Marvdan Urganch tomon Amu bo’ylab ketayotgan yo’lga qo’shilgan.
XIV-XV asr oxirida Temur va temuriy davlati markazi Mova-rounnahr juda ko’p karvon yo’llari orqali Yevropa, Yaqin va Uzoq Sharqning yirik shahar hamda mamlakatlari bilan bog’langan edi. Serg’ayrat ko’shmachilar, turli mamlakat-larning jur’atli savdogarlari va qo’rqmas sayyohlari tomonidan ancha ilgari va ko’rib chiqilayotgan davrda asos solingan ushbu yo’llar Temur hamda temuriylar davlatining siyosiy-iqtisodiy aloqalarini amalga oshiradigan asosiy aloqa yo’li edi.
XV asrning oxirlarida feodallarning bir-biriga qarshi chiqishlari ancha keskinlashdi. Samarqand va Buxoro jo’shqin ichki savdo va boshqa markazlar hamda savdo karvonlari-ning yo’llari tutashgan shaharlardan edilar. Cho’l aholisi va yirik shaharlardan yiroqdagi tumanlar bilan ayirboshlash savdosi mavjud edi. Karvon yo’llari Markaziy Osiyo shaharlarini hozirgi Afg’oniston, Hindiston, Eron markazlari bilan Sirdaryo eqasidagi shaharlar Qozog’iston cho’lidan ko’shmanchi-lar va Sibir bilan bog’lar edi.
“Buyuk ipak yo’lining yangi mazmunda va sifatlarda to’la-to’kis tiklanishi bilan Evropa va Osiyo mamlakat-lari xalqlari uchun butunlay yangi taraqqiyot manbalari, omillari va imkoniyatlari vujudga keldi. Ular yanada kengaya borib, ekologik muammolarning eng og’iri – Orol dengizi muammosini yechishga ham yordam berishi mumkin.