Septik endokardit simptomatologiyasi Abdullah Abdusalamov



Yüklə 3,56 Mb.
səhifə1/3
tarix16.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#181621
  1   2   3
Infeksiyon Endokardit

Septik endokardit simptomatologiyasi

Abdullah Abdusalamov

Infeksion endokardit – asosan yurak klapanlarining zararlanishi va yurak endokard qavatining og‘ir yallig‘lanishi bilan kechadigan kasallikdir. Endokard – yurak devorining tashqi tomondagi uchinchi – ichki qavati bo‘lib, yurak bo‘shlig‘ini o‘rab turadi. Infeksion endokardit og‘ir kechuvchi va aniqlanishi ancha qiyin bo‘lgan kasalliklardan biridir. Agar u o‘z vaqtida to‘g‘ri davolanmasa jiddiy asoratlar qoldirib, bemorni ancha qiynab qo‘yadi, hatto nogironlikka olib kelishi ham mumkin.

Kuzatishlar natijasiga ko‘ra, infeksion endokarditning birlamchi turi yurak qopqoqlari zararlanmagan bemorlarda uchrasa, ikkilamchi turi esa ko‘pincha orttirilgan va tug‘ma yurak nuqsonlari bor kishilarda rivojlanadi. Ilgari yurak kasalliklari tufayli jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan, sepsis, urologik, invaziv diagnostik muolajalarni qabul qilgan yoki qon tomirlariga tez-tez dori yuborish muolajasini olib turadigan kishilarda va giyohvandlarda va infeksion endokardit xastaligi ro‘y berishi mumkin.

Bundan tashqari, o‘tkir respirator kasalliklar, og‘iz bo‘shlig‘ida yiringli o‘choqlarning bo‘lishi va shu sohada qilingan operatsiyalar, tanosil a’zolari jarrohligi yoki bu a’zolarda asboblar yordamida uzoq vaqt tekshirilishi tekshiruv davomida zond (kateter)larning uzoq turib qolishi singari holatlarda organizmda infeksiya o‘chog‘i paydo bo‘ladi va kasallik kelib chiqishi mumkin. Klinik kechishi bo‘yicha kasallikning o‘tkir, yarim o‘tkir va surunkali (qaytalanib turuvchi) turlari mavjudligi aniqlanilgan.

Kasallikning rivojlanishi Infeksiya-bakteriyalar qon orqali yurak qopqoqchalari (klapanlari)ga o‘tib boradi va shu yerda to‘xtab, ikkilamchi infeksiya o‘chog‘ini hosil qiladi. Qopqoqchalarda va uning yaqinida-arterial tomirlarga o‘rnashib olgan mikroblar yig‘ilib to‘plamlar hosil qiladi, kasallik rivojlanishi jarayonida shu o‘choqli to‘plamlar uzilib bo‘lakcha (embol)lar ajralib chiqadi va qon tomir orqali tarqalishi natijasida septik holat yuzaga keladi. Embollar qon oqimi bilan tanadagi turli a’zolarga tushib to‘xtashi oqibatida tromboemboliya yoki absess – yiringli o‘choq asoratlari sodir bo‘ladi. Yurak qopqoqlarida joylashib olgan infeksiyalar a’zo va to‘qimalarda haddan tashqari kuchli reaksiya paydo bo‘lishiga olib keladi. Umuman bu kasallikning rivojlanishi va zo‘rayishi kasallangan a’zolarda distrofik o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Rivojlanish jarayonida infeksion endokardit oxirgi bosqichga o‘tib tana a’zolari faoliyatining buzilishi (masalan yurak-tomir, jigar, taloq hamda buyrak yetishmovchiligi) kuzatilishi mumkin.


Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin