Neft quduqlarini ishlatishda yuzaga keladigan asosiy asoratlar va ulani joriy ta’mirlash ishlari



Yüklə 434,74 Kb.
səhifə1/5
tarix19.05.2023
ölçüsü434,74 Kb.
#117196
  1   2   3   4   5
Neft quduqlarini ishlatishda yuzaga keladigan asosiy asoratlar va ulani joriy ta’mirlash ishlari


Neft quduqlarini ishlatishda yuzaga keladigan asosiy asoratlar va ulani joriy ta’mirlash ishlari
Reja;

  1. Neft quduqlarini ishlatishda yuzaga keladigan asosiy asoratlar

  2. Quduqlardagi asoratlar bilan kurashish maqsadida bajariladigan yer osti ta’miri ishlari

Hozirgi vaqtda Farg‘ona, Surxondaryo viloyatlari va Buxoro-Xiva o‘lkalaridagi konlarda neft qazib chiqarish chuqurlik-nasoslari yordamida amalga oshiriladi.


Chuqurlik-nasoslari yordamida ishlatiladigan quduqlarning katta hajmli asoratlashgan sharoitda ishlatilmoqda.
Bulardan:
-qatlamdan quduqqa, neft bilan katta miqdorda erkin gazning o‘tishi;
-qatlamdan qum chiqishi;
-nasos va quvurlarda parafin to‘planishi;
-quduq tanasi qiyshayishini ta’kidlash mumkin.
Suv bosimi tazyiqi tizimida mahsulot olinadigan quduqlarning suvlanishi-uyumning ilgari neft bilan to‘yingan qismi ichiga suv-neft tutash yuzasining harakati natijasida yuzaga keladigan tabiiy jarayon.
Neft oluvchi quduqlarga suv yorib o‘tishi bilan neft olishni kuzatish mumkin. Suv yorib o‘tishining sabablari qo‘yidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
1). Uyumning o‘tkazuvchanligini mintaqalanish (maydon bo‘yicha) va qatlamning (qatlam qalinligi) turli jinsliligi, siqib chiqarishning qovushqoqlik va gravitatsion noustivorligi, mahsulot olinuvchi va suv haydovchi quduqlarni joylashtirish xususiyati;
2). Ostki suvlarning yotishi, qatlam qiyaligi, siqib chiqarish frontining yoyilishi.
3). Yuqori o‘tkazuvchanlikka ega kanal va yoriqlarning mavjudligi, ayniqsa yoriq-g‘ovakli kollektorlarda;
4). Ishlatish quvurlar birikmasining va sement halqasining nogermetikligi.
Asosan muddatdan oldin suvlanish qo‘yidagilar natijasida yuzaga keladi:
a) uyumning bir jinsli bo‘lmagan mintaqalanish maydoni bo‘ylab haydaladigan suvda “tip” hosil bo‘lishi (maydon bo‘ylab suv bosishi);
b) ostki suvlarning konussimon shakl olishi;
в) bir jinsli bo‘lmagan qatlamda, o‘tkazuvchanligi katta bo‘lgan qatlamchalar suv harakatini ildamlashtirilishi (qatlam qalinligi bo‘ylab suv bosish);
g) yuqori o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan yoriqlardan suv yorib o‘tishining tezlashishi;
д) quvurlar birikmasi va sementli xalqning nogermetikligi tufayli yuqori, o‘rta va ostki suv qatlamlaridan suvning o‘tishi.
Qatlam va quduqlarning muddatdan oldin suvlanishi joriy neft qazib olishning va so‘nggi davrdagi neft bera olishlikning pasayishi, katta iqtisodiy yoqotishlarga, katta suv miqdorini yer yuziga chiqarish, tayyorlash va qayta qatlamga haydashga; neft tanqisligini oldini olish uchun yangi konlarni ishga tushirish zaruriyatini olib keladi. Qatlam va quduqlarning suvlanishiga qarshi muammosi yanada dolzarb bo‘lib qolmoqda.

Yüklə 434,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin