Mavzu: Suzishni bola yoshiga mos holda tanlash va o’tkazish
Reja: 1.Bolalarni suvga o’rgatish
2. Bolani suvdan qo‘rqmaslikka o‘rgatamiz
3. Hovuzdagi o‘yinlar
Bolalarni suvga o‘rgatish Bolaning yuziga aslo puflamang (bolani suvga tushishi oldidan yuziga puflash borasida bir qancha ko‘rsatmalar mavjud). Bu holat bolani cho‘chitadi, uni xafa qiladi. Qolaversa, puflashning bolani suvga o‘rgatish borasida xech qanday foydaga bog‘liq yeri yo‘q.
Bolaga zinhor suvga tushish oldidan “sho‘ng‘iymiz!” deb aytmang. Hech qanday odatiy buyruqlarni bermang. Aniqrog‘i, uni har safar suvga tushirishdan avval so‘z va harakatlar orqali buyruqlarni ishlatmang. Bola sizning buyrug‘ingizga qarab nafasini saqlab turishi kerak emas. U xohlagan vaqtda suvga tushganida boshi suv yuzasida bo‘lishini tushinishi kerak. Bola suvga tushayotgan vaqtda nafasini saqlab turishi lozim. Yuziga suv sachraganda ham xuddi shunday.
Suvga tez-tez sho‘ng‘ishi kerak va u tez orada suzishni o‘rganib oladi. Albatta, jarayon hammaga birdek ta'sir etmaydi. Ammo ertami kechmi nafasni qancha vaqt ushlab turishni o‘zi bilib oladi. Qayta o‘rgatgandan ko‘ra, o‘rgatmagan ma'qul, albatta.
Bolani suvda aslo orqasiga yotqizmang. Bu o‘rganish jarayoni uchun o‘ta noqulay bo‘lgan holat. Ko‘pchilik suzishni o‘rgatuvchi instruktorlar ushbu holatni tavsiya etadilar. Ammo deyarli barcha bolalar uni yomon ko‘radilar. Bu vaziyat himoyasiz hamda bola uchun noqulaydir. Shu bilan birga xavfli hamdir. Shuningdek, bolani ancha suv yutib yuborishiga sabab bo‘lishi mumkin. Suzishni o‘rgatishda orqaga yotib o‘rgatishdan ko‘ra tananing old tomoni bilan suvga yotgan holatda o‘rganish 100 marotaba foydaliroqdir. Hamma bolalar avval suv ostida suzishni o‘rganadilar. Keyinchalik esa nafas olish uchun boshlarini ko‘tarishni o‘rganib oladilar. Shunchaki ota-onalar boshlanishida bolaga nafas olishga ko‘maklashadilar.
Qo‘shimcha suzish vositalari (qutqaruv halqasi, nimcha va qo‘l uchun mo‘ljallangan havo vositasi) kabilarning mutlaqo keragi yo‘q. Bu bolani o‘zi suza olishi mumkinligiga ishonchini yo‘qotadi. Qo‘shimcha vositalarsiz o‘zi suvda suza olmasligini ongida shakllantiradi.
Bolaga burun kataklarini barmoqlari bilan berkitishni o‘rgatmang. Suv burun kataklariga kirgan taqdirda ham bu juda oz miqdorda bo‘ladi. Bola esa boshidanoq o‘zi bu kabi noqulayliklarni yengib, suvdan sho‘ng‘ib chiqishni o‘rganib olishi lozim.