Hovuzdagi o‘yinlar Bu sizning sehrli tayoqchangiz. Hamma bolalar suvni shapillatib, shovqin solib o‘ynashni yaxshi ko‘radilar. 100 foiz bo‘lmasligi mumkin ammo ko‘pchilik bolalar yoqtiradi.
Agar bolakay bu kabi o‘yinlarni oz miqdordagi suvda (vanna, tovoq va shishirilgan hovuzchada) o‘ynashni yoqtirib qolsa, boshqa suvlarga ham o‘rgatish oson bo‘ladi.
Suvda qo‘llarimiz yordamida qarsak chalamiz
Suvda qarsak chalamiz va suvni zavq bilan shaloplatamiz. Vanna, tovoqdagi, soy suvi va deyarli har qanday hajmdagi suvni shaloplatishimiz mumkin.
Suvni sepamiz Suvni bir-birimizga stakan yoki shunga o‘xshash narsa bilan sepib zavq bilan o‘yinaymiz. O‘ynash bola uchun har doim juda yoqimlidir. Bu kabi o‘yinlarni shahar tashqarisidagi hovli (dacha)da tashkillashtiring.
Oyoq yordamida suvni shapillatamiz Bu harakatlarni suvi uncha ko‘p bo‘lmagan shishirma hovuzchalarda bajarish bir muncha qulay. Ammo bola onasini yoki mustahkam narsani qattiq ushlab olishi lozim. Tovoqchada ham bajarish mumkin. Bunda bola o‘yinga berilib yiqilib ketmasligi kerak. Bu kabi o‘yin uchun hovuzchadagi suv me'yorida bo‘lishi lozim.
Sayoz suv havzalarida ham bu harakatlarni bajarish mumkin. Biroq, eslatib o‘tamiz bolani qo‘lidan mahkam ushlab olgan holda.
Suvni o‘tirgan holda oyoqlar yordamida shaloplatamiz Bolangiz o‘tirgan holda vanna yoki hovuzchada oyoqlarini cho‘zib, hamma yoqqa sachratib, suv yuzasiga ursin. Bu nafaqat qiziqarli balki foydali hamdir.
Tanamizni suvga tashlaymiz Buni faqat puflama hovuzchalarda amalga oshirgan ma'qul. Suvning tagi toshli bo‘lmasa, plyajda ham bajarish mumkin, albatta. Turgan holda shapillatib o‘tirib olamiz. Sakrab o‘tirib olsa ham bo‘ladi. Hovuzdagi suv bola o‘tirganida yelkasidan ortmasligi kerak.
Suvga qulaymiz Bola tananing old qismi bilan suvga o‘zini tashlaydi. Buni shishirma hovuzchada bajarish qulaydir. Yo bo‘lmasa cho‘milish havzalari, plyaj suvining uncha sayoz bo‘lmagan yerida.