Tarqalish areali



Yüklə 24,4 Kb.
tarix21.12.2023
ölçüsü24,4 Kb.
#188159
Konseptual jadval



Suv havzalari va quruqlik tarqalgan qushlarning o‘ziga xos morfologik, biologik hamda ekologik moslanishlarini konseptual jadvali



T/r

Tur nomi

Tarqalish areali

Morfologiyasi

Ko‘payishi

Oziqlanishi

Tur maqomi

1

OQ TURNA
Sterx (beliy juravl)
Siberian Crane
Leucogeranus leucogeranus
Pallas, 1773

Keles, Angren daryosi quyi
qismlari; Sirdaryo (Chinoz shahri yaqinida),
Aydarkoʻl, Kattaqoʻrgʻon suv ombori, Amudaryo-
ning oʻrta oqimi, Beltogʻ atroflari, Marka-
ziy Qi zilqumning Qozogʻiston bilan chegara-
dosh hududlari. Oʻzbekistondan tashqarida:
Farbiy (Ob daryosi quyi qismi) va Sharqiy
Sibir shimoli (uyalash); Eron, Hindiston va
Xitoy (qishlash).

Yirik qush sanalib, balandligi 140 sm, qanotlarini yoyganda 2,1-2,3 m, vazni 5-8,6 kg.tashkil etadi. Koʻz va tumshuq atrofida boshining old qismida patlari yoʻq, voyaga yetgan strexlarda bu joyning terisi yorqin qizil rangda boʻladi. Koʻzning shox pardasi qizgʻish yoki och sariq tusda. Uning tushugʻi (barcha turnalar orasida eng uzuni) qizil, tumshugʻining uchi arra shaklga oʻxshab tishlari bor. Tananing koʻp qismini oq tusdagi patlar egallagan, qanotlaridagi birinchi darajali qora uchish patlari bundan mustasno. Oyoqlari uzun, qizgʻish-pushti. patlari jigarrang-malla, boʻyin va iyagida oqish dogʻlari bor.

Rossiya, Germaniya, Belgiya va AQSh parvarishxonalarida koʻpaytiriladi.

Suvda
yashovchi umurtqasizlar va suv oʻtlari bilan
oziqlanadi.

Butunlay yoʻq boʻlib ketish arafasida turgan uchib oʻtuvchi tur. TMXI
Qizil roʻyxatiga kiritilgan

2

YOʻRGʻA TUVALOQ
Drofa-krasotka (djek)
Houbara (McQueen’s) Bustard
Chlamydotis undulata
(Jacquin, 1784)
ssp. macqueenii (J.E. Gray, 1832)

Ustyurt yassi tekisligi,
Qizilqum sahrosi va Qarshi choʻli (uyalash, koʻchish), Janubiy Qizilqum (nomunta-
zam qishlash), Mirzachoʻl (oʻtmishda uyalash,
koʻchish). Oʻzbe kistondan tashqarida: Qozogʻiston, Turkmaniston, Tojikiston, Kavkazorti, Misr, Farbiy Osiyo, Oltoy va Moʻgʻuliston (uyalash), Farbiy Osiyo janubi va Hindiston (qishlash), Oʻrta Osiyoning janubi (nomunta-
zam qishlash).

Ko‘pchilik turlarining oyog‘i va bo‘yni uzun, dumi kalta bo‘ladi, sayoz joylarda oziqlanadi. Bu qushlarning kekirdagi uzun bo‘lib qattiq ovoz chiqaradi.

Aprel-may oyida erga 2-5 ta tuxum qoʻyadi va 21-24 kun bosib yotadi. Bahorda juft hosil qilib yashaydi, lekin tuxumini faqat urg‘ochisi bosadi.

Oʻt va oʻt urugʻi, umurtqasizlar, mayda kemiruvchilar va sudralib yuruvchilar bilan
oziqlanadi.

Zaif, qisqarib bora-
yotgan, uchib oʻtuvchi sharqiy kenja tur. TMXI
Qizil roʻyxatiga kiritilgan

3

CHOʻL JiQTOGʻI
Stepnaya tirkushka
Black-winged (Nordmann’s)
Pratincole
Glareola nordmanni
Nordmann, 1842

Janubiy Orolboʻyi (uchib
oʻtish, yozda uchrashi; uyalash ehtimoli ham mav-
jud); Markaziy Qizilqum (yozda uchrashi),
tekisliklar (uchib oʻtish). Oʻzbekistondan
tashqarida: Ukraina, Rossiya gʻarbi,
Qozogʻistonning dasht hududlari (uyalash);
Janubiy Afrika (qishlash).

Choʻl jiqtogʻining uzunligi 24 dan 26 sm gacha boʻladi. Erkaklarining vazni 91 dan 105 g.gacha, urgʻochilari biroz yengilroq va vazni 84 dan 99 grammgacha. Qanotlari 60 dan 68 sm gacha. Tananing yuqori qismi asosan toʻq, zaytunli-jigarrang tusga ega. Qanot qoplamalari, iyagi va tomogʻi oqish rangli, koʻkragida qora chiziq bor. Koʻz halqasi yoʻq. Qisqa, qora tumshugʻining asosi qizil rangda boʻladi.
Ularning voyaga yetmaganlari katta jiqtoqqa oʻxshaydi. Ularning tomoq chizigʻi toʻq rangga ega emas, orqa patlari esa koʻproq oqish rangda



May-iyun oyida,
koʻpincha boʻz jiqtoq bilan aralash koloniyalarda, erga 3-4 ta tuxum qoʻyadi va 17-18
kun bosib yotadi. Poloponlari iyun-iyul oyidan ucha boshlaydi.

Suvda yashovchi
umurtqasizlar bilan oziqlanadi.

Zaif, tabiatan kamyob, uchib oʻtuvchi-uyalovchi tur. TMXI Qizil
roʻyxatiga kiritilgan

4

TORGʻOQ
Krechyotka
Sociable Lapwing (Plover)
Chettusia gregaria (Pallas, 1771)

Ushbu noyob qushni yurtimiz hududida faqat uchib oʻtish davrida uchratish mumkin. Oʻtgan asrning oʻrtalarigacha Ja-
nubiy Orolboʻyi, Qizilqum choʻli, Mirzachoʻl va Qarshi choʻli, Chirchiq daryosi vodiysi va
hatto Fargʻona vodiysigacha boʻlgan keng
miqyosli hudud ustidan kuzgi-bahorgi davrda uchib oʻtgan. Hozirgi vaqtda Qizilqum choʻlining markaziy qismida, Aydarkoʻl-Arnasoy koʻllar tizimida, Toʻdakoʻl va To-
limarjon suv omborlarida uchrashi qayd qilinadi. Oʻzbekistondan tashqarida: Rossiyaning janubi-gʻarbidagi choʻl hududlarda,
Qozogʻistonning shimolida uyalaydi. Shimoliy Afrika, Hindiston, Pokiston va Eronda qishlaydi.

Tanasining uzunligi 32 sm gacha, ogʻirligi 190 g ga yaqin. Patlari qora, oq va sargʻish xolli koʻngʻir kulrang tusda. Torg’oq choʻl qushi.

Inini yerga yasab, 4-5 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini 25 kun bosadi.

Suvda yashovchi umurtqasiz
jonivorlar, chumoli va tangaqanotlilar bilan oziqlanadi.

Zaif, tabiatan kamyob,
uchib oʻtuvchi koʻchmanchi tur. TMXI Qizil
roʻyxatiga kiritilgan

5

OSIYO MOKI LOYXOʻRAGI
Aziatskiy bekasovidniy
veretennik
Asian Dowitcher
Limnodromus semipalmatus
(Blyth, 1848)

Janubiy Orolboʻyi, Sirdaryo-
ning oʻrta oqimi (Chinoz shahri atrofi, Tuz-
kon va Dalvarzin koʻllari), Dengizkoʻl (uchib
oʻtish). Oʻzbekistondan tashqarida: Janu-
biy Sibir (uyalash), Janubi-sharqiy Osiyo
(qishlash).

Bu botqoq qushi oʻrtacha kattalikda boʻlib, uzunligi 30-36 sm, vazni 170-300 g, qanot uzunligi 17,4-18,8 sm, qanotini yoyganda 55-60 sm.tashkil etadi. Urgʻochilar erkaklarga nisbatan bir oz yirikroq. Orqa va old dumning orqa qismi rang-barang tusda boʻladi. Momiq patlari toʻq qoʻngʻir, parvoz patlari oq va qoʻngʻir-qora yoʻlli chiziqlarda ifodalangan. Oyoqlari va tumshugʻi uzun, tekis toʻq rangda. Urgʻochilari qoʻngʻir tusda boʻlgani bilan rangpar, ammo baribir yorqin malla tusda.

Voyaga yetgan loyxoʻraklarning juftlashgandan keyin ularning koʻkrak va qorni sargʻish-malla, boshning yuqori qismi va peshonasi qora rangda.

Mayda baliq va suv umurtqasizlari
bilan oziqlanadi

Zaif, tabiatan kamyob,
uchib oʻtuvchi tur. TMXI Qizil roʻyxatiga
kiritilgan

6

QORABOSh BALIQChI
Chernogoloviy xoxotun
Great Black-headed Gull
Larus ichthyaetus (Pallas, 1773)

Orol dengizi orollari, Ja-nubiy Orolboʻyi (oʻtmishda uyalash); tekislikdagi suv havzalari (uchib oʻtish), Sirdaryo va Amudaryoning oʻrta oqimlari (qishlash).
Oʻzbekistondan tashqarida: Qrim, Kavkazoldi, Kaspiyboʻyi, Qozogʻiston, Moʻgʻuliston (uyalash); Shimoliy Afrika, Kaspiyboʻyi, janubiy Qozogʻiston, Hindiston, Farbiy, Oʻrta va Janubi-sharqiy Osiyo (qishlash)

tanasi oq, boshi tim qora, orqa va qanotlari kulrangda. Parvoz qanotlari oq, ustki qismi qora yoʻlli chiziqlar bilan ifodalangan. Tumshugʻi olovrang boʻlib, uchida qora tasmasi bor. Ogʻirligi 1 dan 2,1 kg gacha.

Aprelda 2-3 ta tuxum qoʻyadi va 25-29 kun bosib yotadi; poloponlari iyun-iyul oyida
ucha boshlaydi. Tuxum qoʻyishni uchtadan oshirmaydi, erkaklar ham, urgʻochilar ham tuxum bosib yotishadi.

Baliq va hasharotlar bilan oziqlanadi.

Zaif, qisqarib borayot-
gan, uchib oʻtuvchi tur. TMXI Qizil roʻyxatiga
kiritilgan

7

OQBOVUR
Belobryuxiy ryabok
Pin-tailed Sandgrouse
Pterocles alchata
(Linnaeus, 1776)
ssp. caudacutus
(S.G. Gmelin, 1789)

(uyalash, oʻtmishda qishlash); Qarshi, Sandiqli choʻllari, Nurota tog’i etaklari, Amudaryo, Surxondaryo, Zarafshon daryosi vohalari (uyalash); tekislik hududlari (uchib
oʻtish). Oʻzbekistondan tashqarida: Shimoliy
Afrika, Farbiy va Oʻrta Osiyo (uyalash); Eron,
Iroq, Afgʻoniston, Pokiston, Hindiston (qishlash)

tanasining uzunligi 35-37 santimetr, qora bovurniki 33-35 santimetr.

May-iyun oyi-
da koloniya, ba'zan
guruh yoki alohida
juft boʻlib erga in
quradi; 2-3 ta tu-
xum qoʻyadi va 19-25 kun bosib yotadi; Tuxum bosish va jo’ja boqishda nari ham qatnashadi.po-
loponlari avgust-
dan ucha boshlaydi.

Oʻsimliklarning
bargi, urugʻlari bilan oziqlanadi

Zaif, qisqarib borayot-
gan, uchib oʻtuvchi-uyalovchi sharqiy kenja tur.
TMXI Qizil roʻyxatiga kiritilgan

8

KUYKA (choʻl miqqiysi)
Ctepnaya pustelga
Lesser Kestrel
Falco naumanni Fleischer, 1818

Farbiy Tyan-Shan, Farbiy
Pomir-Oloy, Qizilqumning qoldiq togʻlari,
Amudaryoning quyi qismi, Zarafshon daryosi vohasi (uyalash); barcha hududlardan uchib oʻtadi. Oʻzbekistondan tashqarida: Janubiy Evropa, Shimoliy Afrika, Farbiy Osiyo shimo-
li, Oʻrta Osiyo, Janubiy Sibir, Moʻgʻuliston (uyalash), Oʻrta va Janubiy Afrika, Farbiy Osiyo janubi, Hindiston (qishlash).

Gavdasi kichik va o‘rtacha kattalikdagi yirtqich qush turlarini oladi. Tumshug‘i uchki qismining yonida o‘tkir plastinkasimon tishchalari borligi bilan boshqa yirtqich qushlardan ajralib turadi. Qanotlari o‘tkir hamda uzun bo‘ladi.

Aprel-may oyida 3-5 ta tuxum qoʻyadi va 28 kun bosib yotadi.

Hasharotlar bilan oziqlanadi.

Zaifga yaqin, uchib oʻtuvchi
tur. TMXIning Qizil roʻyxatiga kiritilgan

9

BURGUT
Berkut
Golden Eagle
Aquila chrysaetos
Linnaeus, 1758
ssp. fulva Linnaeus, 1758 (1)
ssp. daphanea Severtzov, 1888 (2)

Ustyurt yassi tekisligi, Janubiy Orolboʻyi, Qizilqum choʻli , togʻli
hududlar . Oʻzbekistondan tashqarida: Angliya, Farbiy Evropa janubi, Farbiy Osiyo,
Turkmaniston , Markaziy Osiyo togʻlari . Ispaniya, Shimoliy Evrosiyo, Shimoliy
Afrika, Shimoliy

Uzun qanotli va uzun keng dumli yirik yirtqich qush, burgutlar ichida eng yirigi va kuchlisi. Qanotlari ochilganda 1,8-2,3 metr atrofida, umumiy uzunligi 76-95 sm, vazni 3-6,5 kg. Modasi naridan yirikroq. Voyaga etgan qushlar jigarrang-qoʻngʻir tusda, qanotlari ostida ochiq rangda. Boshining usti va boʻyning orqasi tillarang. Yosh qushlar (5 yoshgacha) dumi tagidagi keng oq yoʻli va qanotlaridagi oq dogʻlari bilan ajraladi. Parvozi muallaq, erkin va xarakatchan

Fevral-mart
oyida 1-3 ta tuxum qoʻyib, 43-45 kun mobaynida bosib yotadi. Poloponlari iyun-iyul oyidan ucha boshlaydi.

Kemiruvchilar, turli qushlar, ilonlar, toshbaqalar, quyonlar bilan oziqlanadi. Tulkilarga, shuningdek yovvoyi va uy tuyoqli hayvonlari bolasiga xamla qiladi. Ba'zida oʻlaksa ham iste'mol qiladi.

Zaif, tabiatan kamyob,
oʻtroq, lokal tarqalgan Janubiy Evropa (1)
va Markaziy Osiyo (2) kenja turlari. TMXI
ning Qizil roʻyxatiga kiritilgan

10

OQBOSH OʻRDAK
Savka
White-headed Duck
Oxyura leucocephala
(Scopoli, 1769)

Janubiy Orolboʻyi (uyalash,
koʻchish), Buxoro viloyatidagi suv havzalari
(nomuntazam uyalash); Amudaryo va Sirdaryo
vodiysi, jumladan, Fargʻona vodiysi, Markaziy Qizilqum, Mirzachoʻl (uchib oʻtish);
Dengizkoʻl (qishlash), Hadicha, Zikri koʻllari,
Toʻdakoʻl suv ombori (nomuntazam qishlash).
Oʻzbekistondan tashqarida: Gʻarbiy Sibir janubi, Qozogʻiston, Volga daryosining quyi qismi, Turkmaniston, Turkiya, Pokiston (uyalash); Janubiy Evropa, Shimoliy Afrika,
Ozarbayjon, Eron, Pokiston va Hindiston (qishlash).

Oʻrta kattalikdagi toʻliq oʻrdak. Uzunligi 43 -48 sm, vazni 500-900 gramm, erkaklar qanotlari uzunligi 15,7 - 17,2 sm, urgʻochilari - 14,8 -16,7 sm, qanotlari 62 -70 sm.

Qirgʻoqdagi qamishzorlarda
erga in quradi; may oyida 6-10 ta tuxum
qoʻyadi va 25-27 kun bosib yotadi. Poloponla-
ri avgust-sentyabr oylarida ucha boshlaydi.

Suv oʻtlari va suvda yashov-
chi umurtqasizlar bilan oziqlanadi

Yoʻq boʻlib ketayotgan, uchib
oʻtuvchi-uyalovchi tur. TMXI Qizil roʻyxatiga
kiritilgan



Yüklə 24,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin