Termiz Davlat Unversiteti
“Iqtisodiyot va Turizm” fakulteti
Turizm yo`nalishi (sirtqi)
122-guruh talabasi Nematov Og`abekning
“Iqtisodiyot va Turizm geografiyasi fanidan”
“OSIYO MAMLAKATLARINING IQTISODIY GEOGRAFIK TASNIFI” mavzusida maqola
Gʻarbiy Osiyo, Jan., Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyoning asosiy qismlarida insoniyat tarixining ilk davrlaridayoq odamlar yashagan, kuyi paleolit davrida Jan.-Gʻarbiy Oda ehtimol, hozirgi tipdagi odam (Homo Sapiens) tarkib topgan. Osiyoning katta qismida odamlar yuqori paleolit va mezolit davridan yashay boshlagan. Osiyodan odamlar Amerika, Avstraliya, Okeaniyaga oʻtgan. Osiyoda yevropoid, mongoloid, avstroloid irklari kelib chiqqan. Aholining koʻp qismi 55,4 % mongoloid irkining turli guruxlariga kiradi. Gʻarbiy Osiyo, Shimoliy Hindiston, Oʻrta Osiyo xalklari (tojiklar) yevropoid irqiga mansub. Bir kancha kam sonli xalkdar avstroloid irqi vakillaridir. Gʻarbiy Sibir past-tekisligi, Janubiy Ural, Oltoy, Qozogʻiston, Oʻrta Osiyo, Shimoliy Hindistondagi bir qancha xalklar (30 mln.ga yaqin) yevropoid-mongoloid aralash irkiga mansub.
Osiyo aholisining etnik tarkibi nihoyatda xilma-xil. Bu yerda koʻplab til oilalari va guruxlariga mansub bir necha yuz xalq yashaydi.
Aholisining joylashishi. Osiyoda aholi notekis joylashgan. 1 km² da aholining oʻrtacha zichligi 87 kishi. Yaponiya (1 km² da 336 kishi), Livan (430 kishi), Koreya Respublikasi (493 kishi), Shri Lanka (295 kishi), Hindistonda (314 kishi) aholi zich. Janubiy va Markaziy Xitoydagi sohillar va yirik daryolarning vodiylari, Yaponiyaning janubiy qismida, Gang daryosi boʻyida va Brahmaputra etaklarida, Hindiston yarim orolning sharqiy sohili, Mekong daryosi vodiysi, Yava orolda 1 km² ga 1000—1500 kishi, baʼzi joylarda undan ham koʻp kishi toʻgʻri keladi. Shu bilan bir qatorda Markaziy Osiyo, Shimoliy va Gʻarbiy Osiyoning koʻp joylarida aholi juda siyrak. Choʻllarda (Rub ul-Holiy, Dashti Kabir, Taklamakon, Gobi) va Tibet, Himolay, Hindukush togʻlarining baland joylarida aholi deyarli yashamaydi.