Turkmaniston
Turkmaniston (turkmancha.
Türkmenistan), Turkmaniston
Respublikasi (turkmancha. Türkmenistan
Respublikasy) — Markaziy Osiyodagi
suveren davlat boʻlib, shimoli-gʻarbda
Qozogʻiston, shimol va sharqda
Oʻzbekiston, janubi-sharqda Afgʻoniston,
janubdan Eron, janubi-gʻarbda va
gʻarbdan Kaspiy dengizi bilan
chegaradosh. Ashxobod —
mamlakatning poytaxti va eng yirik
shahri. Mamlakat aholisi 6 millionni
tashkil etadi, bu Oʻrta Osiyo
respublikalarining eng pastidir.
Turkmaniston Osiyodagi eng kam aholisi
boʻlgan davlatlardan biridir. Turkmaniston
fuqarolari Turkmanistonliklar deb
nomlanadi.
Turkmaniston
asrlar davomida
sivilizatsiyalar
chorrahasida
Turkmanisto
n
Respublikasi
Türkmenista
n
Respublikasy
Bayroq
Gerb
Shior: Yo'
Madhiya
: "Garaşsy
Türkmenistanyň Dö
Turkmanlar
boʻlgan. Oʻrta
asrlarda Marv
islom dunyosining
buyuk
shaharlaridan biri
boʻlgan va Buyuk
Ipak yoʻlidagi
muhim toʻxtash
joyi, XV asr
oʻrtalarigacha
Xitoy bilan savdo-
sotiq uchun
foydalanilgan
Poytaxt
As
Rasmiy til(lar) Tu
Hukumat
Pre
Re
•
Prezident
Gurban
Berdim
Mustaqillik
Sovet
Ittifog`i
•
Sana
27 okta
karvon yoʻli edi.
1881-yilda
Rossiya
imperiyasi
tomonidan
qoʻshib olingan
Turkmaniston
keyinchalik Oʻrta
Osiyoda boshqa
davlatlar kabi
bolsheviklarga
qarshi harakat
qildi. 1925-yilda
1991-yi
Maydon
• Butun
48
(52
• Suv (%)
4.9
Aholi
• 2012 roʻyxat
5.1
oʻr
• Zichlik
10
YaIM (
XQT
)
20
roʻ
• Butun
AQ
mi
• Jon boshiga AQ
Turkmaniston
Sovet Ittifoqining
tarkibiy
respublikasi,
Turkmaniston
Sovet Sotsialistik
Respublikasi
(Turkmaniston
SSR) ga aylandi;
1991-yilda Sovet
Ittifoqi
parchalanganidan
keyin mustaqillikka erishdi.
Pul birligi
Ma
(
T
Vaqt
Mintaqasi
(UT
• Yoz (DST)
(UT
Qisqartma
TM
Internet
domen
.tm
Telefon
prefiksi
+
Turkmaniston tabiiy gaz zaxiralari
boʻyicha dunyoda toʻrtinchi oʻrinni
egallaydi. Mamlakatning katta qismini
Qoraqum choʻllari qamrab olgan. 1993-
yildan 2017-yilgacha fuqarolar davlat
tomonidan elektr energiyasi, suv va tabiiy
gazni bepul olishgan.
Suveren Turkmaniston davlatini
Prezident
Saparmurat Niyazov
2006-yilda
vafotigacha umrbod boshqargan.
Gurbanguli Berdimuhamedov 2007-yilda
prezident etib saylangan (u ilgari vitse-
prezident, keyin prezident vazifasini
bajaruvchi boʻlgan).
Turkmaniston — betaraf davlat. 1995 yil
12 dekabr Turkmanistonga betarafligi
kuni. Amaldagi Konstitutsiyasi 1999 yil
18 mayda qabul kilingan. Davlat
boshligʻi — prezident (2007 yildan
Gurbanguly Berdimuhamedow). Qonun
chiqaruvchi hokimiyatni Majlis
Davlat tuzumi
(parlament), ijrochi hokimiyatni Vazirlar
Mahkamasi (hukumat) amalga oshiradi.
Turkmaniston hududining aksariyati
tekislikdan iborat boʻlib, qariyb 4/5 qismi
Turon tekisligi (Qoraqum choʻli)da
joylashgan. Faqat janubida tepaliklar va
oʻrtacha balandlikdagi togʻlar bor. Kaspiy
dengizining T.ga qarashli janubiy
qirgʻoklari kam parchalangan, shimolida
Qoraboʻgʻozgoʻl, Krasnovodsk, Turkman
Tabiati
qoʻltiqlari, Krasnovodsk, Darja, Cheleken
yarim orollari va kum tillari bor. Dengiz
sohili past, qumli. T. janubida Kopetdogʻ
togʻlari (eng baland joyi 2942 m — Rizo
choʻqqisi), undan shimoli-gʻarbda Kichik
Bolxon (777 m gacha) va Katta Bolxon
(1881 m gacha) togʻlari joylashgan.
Janubi-sharqdagi Bodxiz qirlari (eng
baland joyi 1267 m) va Qorabel qirlari
(eng baland joyi 984 m) oʻrtasidan
Murgʻob daryosi oqib oʻtadi. Chekka
janubi-sharqda Hisor tizmasining
Koʻhitang tarmogʻi (bal. 3139 m — T.ning
eng baland nuktasi) bor. T.ning gʻarbida
Krasnovodsk platosi, shimoli-gʻarbida
Ustyurt platosining janubiy chekkasi,
undan janubida esa Orqa Oʻzboʻy burmali
rayoni yotadi. Kaspiy boʻyi pasttekisligida
Nebitdogʻ (39 m), Boyadogʻ (134 m),
Qumdogʻ, Manjuqli (27 m) va boshqa
qirlar koʻtarilib turadi. Kopetdogʻ
tekisligidan shimoliy va shimoli-sharqda
Qoraqum choʻli, Amudaryo va Tajan
daryolari oraligʻida Janubi-Sharqiy
Qorakum choʻli joylashgan. T.ning janubiy
qismida tez-tez zilzila boʻlib turadi.
Muhim qazilma boyliklari — neft va gaz;
kumir, mirabalit, oltingugurt, kora va
rangli metall, mis, alyuminiy, simob,
molibden konlari aniklangan.
Iqlimi keskin kontinental, qurgʻoqchil
iqlim. Yozi issiq va quruq, qishi yumshoq,
qor kam yogʻadi. Yanvarning oʻrtacha
temperaturasi shimoli-sharqda —5° dan
Atrek daryosi atrofida 4° gacha, baʼzi
yillarda Toshhovuz viloyatida absolyut
minimal temperatura —32° gacha. Iyulda
shimoliy sharqda 28°, janubida 32°,
absolyut maksimal temperatura 49,9°
gacha. T. hududining 80 %da doimiy oqar
suv yoʻq; janubiy va sharqiy
hududlardagina daryolar bor. Eng katta
va sersuv dare — Amudaryo. Bu
daryoning suvi Qoraqum kanali orqali
Bahardengacha borgan —900 km.
Koʻllarning aksariyati shoʻr. Chuchuk suvli
Yasxan koʻli Nebitdog shahrini ichimlik
suv bilan taʼminlaydi. Tuproqlari —
Ustyurt, Krasnovodsk, Orka Unguz
platolarida surqoʻngʻir, togʻ etaklari, togʻ
yon bagʻirlarining quyi qismida, togʻ oldi
tekisliklarida, togʻlarning quyi
mintaqasida boʻz tuproq, yuqorirokda
toʻq boʻz, togʻ tepalarida togʻqoʻngʻir
tuproqlar tarqalgan. Qoraqum choʻlining
aksariyatini qum egallagan; pastqam
joylarda taqir, shoʻrxok, daryo vodiylarida
oʻtloqiboʻz va allyuvialoʻtloqi tuproklar
bor. T. hududining taxminan 2 %
sugʻoriladi. T.ning oʻsimlik va hayvonot
dunyosi xilmaxil. Qumli choʻllarda oq va
qora saksovul, qandim, cherkez,
quyonsuyak, astragal kabi butalar,
shoʻrxok yerlarda yulgʻun, sarisazan,
shoxilak va boshqa, daryo vodiylaridagi
toʻqaylarda bachki teraktol va jiydazorlar,
Kopetdogʻ oldi choʻllarida va qirlarda
shuvoq va har xil efemer oʻtlar,
togʻlarning 1500 m dan yuqori qismida
archa, Gʻarbiy Kopetdogʻ daralarida
yovvoyi tok, olma, olcha, bodom, anor,
yongʻoq, anjir, pista daraxtlari oʻsadi.
Hayvonot dunyosi — choʻlda quyon, boʻri,
tulki, chiyaboʻri, jayran, togʻlarda qoplon,
arxar, morxoʻr, Amudaryo vodiysida
toʻngʻiz, kiyik, qirgʻovul va boshqa
yashaydi. Daryo va suv omborlarida baliq
koʻp. T. hududida Badxiz, Krasnovodsk,
Repetek va boshqa qoʻriqxonalar bor.
Aholisining aksariyati turkmanlar;
shuningdek, rus, uzbek, qozoq, tatar,
ukrain, armanlar ham yashaydi. Shahar
aholisi 45 %. Rasmiy til — turkman tili.
Dindorlari, asosan, sunniy musulmonlar.
Yirik shaharlari: Ashxobod,
Turkmanobod, Toshhovuz, Mari,
Turkmanboshi.
Tarixi
Turkmaniston hududi qadimda
Ahomaniylar davlati, Aleksandr
istilosidan soʻng vujudga kelgan
Salavkiylar davlati, Parfiya, YunonBaktriya
podsholigi, Eftaliylar, Turk xoqonligi, Arab
xalifaligi, Tohariylar davlati, Somoniylar,
Saljuqiylar davlati, Xorazmshohlar davlati,
Moʻgʻullar davlati tarkibida boʻlgan. 14-
asrning 70—80-yillaridan T. hududi
Temuriylar tasarrufiga oʻtgan. 16-asr
oxiri — 17-asrda Xiva va Buxoro
xonliklariga qaram boʻldi, bir qismi Eron
tarkibiga oʻtib qoldi. 1869—85 yillarda T.
hududini Rossiya bosib oddi. 1917 yil
noyabr —dekabrda sovet hokimiyati
oʻrnatildi, 1918 yil 30 aprelda Turkiston
muxtor sovet sotsialistik respublikasi
tashkil etilgach, T.ning asosiy qismi
(Zakaspiy viloyati, 1921 yil avgustdan T.
viloyati) uning tarkibiga kirdi. 1924 yil
Oʻrta Osiyoda „milliy davlat
chegaralanishi“ deb atalgan boʻlib
tashlash siyosati natijasida 1924 yil 27
oktabrda Turkmaniston SSR tashkil topdi
va SSSR tarkibiga kiritiddi. Shundan
keyingi yillarda turkman xalqi KPSSning
qishloq xoʻjaligi.ni jamoalashtirish,
mamlakatni industriyalash siyosati va
qatagʻonlar azobuqubatlarini tortdi. 1991
yil oktabrda Mustaqillik haqida
deklaratsiya qabul qilindi, mamlakat
Turkmaniston deb atala boshladi. T. —
1992 yildan BMT aʼzosi, 1993 yil 7
yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi
suverenitetini tan olgan va diplomatiya
munosabatlari oʻrnatgan. Milliy
bayrami — 27 oktabr — Mustaqillik kuni
(1991).
Siyosiy partiyasi. Rasmiy ravishda 1
partiya roʻyxatga olingan: Turkmaniston
demokratik partiyasi (sobiq Kommunistik
partiya negizida 1991 yil tuzil gan).
Turkmaniston — agrar
industrial mamlakat.
Milliy daromad tarkibida
sanoatning ulushi 50 %,
qishloq xoʻjaligi.niki 18 %, xizmat
koʻrsatish sohasiniki 32 %.
Xoʻjaligi
Sanoatining yetakchi tarmoklari: gaz va
neft qazib chiqarish, energetika, kimyo,
mashinasozlik, yengil (qishloq xoʻjaligi.
xom ashyosini qayta ishlash), oziq-ovqat
(yogʻmoy, vinochilik), binokorlik
materiallari sanoati. Buzmayin GRES,
Turkmanboshi, Nebitdogʻ, Turkmanobod,
Mari, Gugurtdogʻda issiqlik elektr styalari
barpo etilgan. Yiliga oʻrtacha 10,5 mlrd.
kVt soat elektr energiya hosil qilinadi.
Neft qazib chiqarish va uni qayta ishlash
T.ning gʻarbiy rnlarida olib boriladi,
Cheleken gʻarbida dengiz tubidan neft
qazib olinadi. Asosiy gaz konlari:
Gazoʻchoq, Naip, Shatlik, Gugurtdog va
boshqa Neftni kayta ishlash tarmogʻida
benzin, kerosin, dizel yonilgʻisi, mazut,
bitum, elektrodli koks, kir yuvish
vositalari, kimyo sanoatida natriy sulfat,
yod, brom, oltingugurt, mineral oʻgʻit,
oltingugurt kislotasi, superfosfat, ftorli
alyuminiy ishlab chikariladi,
mashinasozlik va metallsozlik
korxonalarida teplovoz va avtomobillar
taʼmirlanadi, markazdan qochirma neft
nasoslari, kultivator, elektr kabeli, gaz
plitalari, oziq-ovqat sanoati uchun
uskunalar ishlab chiqariladi. Yengil
sanoat paxta, jun, pillani dastlabki qayta
ishlash, ip gazlama, jun va ipak gazlama,
trikotaj ishlab chiqarish., qorakoʻl
oshlash, pillakashlik, tikuvchilik,
koʻnchilik, poyabzal korxonalaridan
iborat. Yogochsozlik, poligrafiya, shisha
sanoati ham muhim oʻrin oladi. Asosiy
sanoat markazlari: Ashxobod,
Toshhovuz, Turkmanobod, Mari,
Turkmanboshi, Nebitdogʻ, Bayramali va
boshqa
Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi —
dehqonchilik. Unda paxtachilik asosiy
oʻrin egallaydi. Vohalarda va togʻ yon
bagʻirlarida yetishtiriladi (asosan,
ingichka tolali paxta). Donli ekinlardan
bugʻdoy, arpa, sholi, oq joʻxori va
makkajoʻxori, yemxashak ekinlari, poliz
ekinlaridan qovun, tarvuz yetishtiriladi.
Bogʻ va tokzorlar bor. Atrek daryosi va
uning irmoqlari boʻylarida subtropik
ekinzorlar (anor, zaytun, anjir,
bodomzorlar) bor. Chorvachilik qishloq
xoʻjaligi.ning muhim tarmogʻi
hisoblanadi. Togʻli joylarda qoramol, qoʻy,
echki, yilqi boqiladi, tekisliklarda
qorakoʻlchilik va tuyachilik,
Turkmanobod, Ashxobod, Mari
viloyatlarida pillachilik, suv havzalarida
baliq xoʻjaligi rivojlangan.
Transport yoʻli uzunligi 2,12 ming km,
umumiy foydalanishdagi avtomobil
yoʻllari uz. 13,6 ming km, jumladan, qattiq
qoplamali yoʻllar uz. 11,6 ming km.
Transporti
Asosiy dengiz porti — Turkmanboshi.
Turkmanboshi — Boku, Bekdash — Boku
yoʻnalishi boʻyicha temir yoʻlli dengiz
paromi mavjud. Amudaryo va Qoraqum
kanalida kema katnaydi. Truboprovod
transporti mavjud. Neft va gaz quvurlari,
jumladan, Vishka — Turkmanboshi,
Cheleken — Turkmanboshi neft quvurlari
mavjud. T. chetga tabiiy gaz, neft va neft
mahsulotalari, paxta, mineral oʻgʻit va
boshqa chiqaradi. Chetdan mashina va
uskunalar, kora metallar, transport
vositalari, kiyimkechak, poyabzal, don,
kandshakar oladi. Rossiya, Ukraina, Oʻrta
Osiyo mamlakatlari va Qozogʻiston bilan
savdo qiladi. T.ning Oʻzbekiston
Respublikasi bilan tashki savdo
aylanmasi 2003 yilda 2002 yilga nisbatan
17,3 % ortdi va Oʻzbekiston
Respublikasining tashki savdosidagi
ulushining 1,3 % ni tashkil etdi. Pul
birligi — manat.
Tibbiy xizmati
Davlatga karashli tibbiyot muassasalari
bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar
ham bor. Vrachlar Ashxobod tibbiyot
institutida tayyorlanadi. Mashhur
kurortlari: Bayramali, Feruza iqlimiy,
Archman balneologiya va Mullaqora
balchiq bilan davolash sanatoriylari.
Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy
muassasalari. Maorifi boshlangʻich,
toʻliqsiz oʻrta va umumiy oʻrta taʼlim
maktablaridan iborat. Oʻrta maxsus taʼlim
oʻquv yurtlari turli kasblarni oʻrgatadi.
T.da bir qancha oliy oʻquv yurti, jumladan,
Ashxobodda T. universiteta, politexnika,
qishloq xoʻjaligi., pedagog, sanʼat,
tibbiyot, xalq xoʻjaligi va boshqa
institutlar, Turkmanobodda pedagogika
instituti mavjud.institutlar uning
tarkibidagi institutlardan tashqari Sil
kasalliklari instituti, Koʻz kasalliklari
instituti, Nevrologiya va fizioterapiya
instituti, Radiologiya va rentgenologiya
instituti, Onkologiya instituti, Chorvachilik
va veterinariya instituti, Tuproqshunoslik
instituti va boshqa ilmiy muassasalarda
olib boriladi.
T.da T. davlat kutubxonasi bir qancha
teatr, sirk, 15 davlat muzeyi, shu
jumladan, Ashxobodda T. tarixi muzeyi,
tasviriy sanʼat muzeyi, „Nisa“
tarixiymadaniy qoʻriqxona va boshqa
madaniymaʼrifiy muassasalar mavjud.
Matbuoti, radioeshittirishi,
telekoʻrsatuvi
T.da 20 ta gaz. va jurnali, jumladan, rus
tilida „Neytralnoʻy Turkmenistan“
(„Betaraf Turkmaniston“), turkman tilida
„Turkmenistan“ gaz.lari nashr etiladi.
T.davlat axborot agentligi
(TURKMANPRESS), T. milliy
teleradiokompaniya faoliyat yuritadi. T.da
muntazam radioeshittirish 1927 yildan,
televizion koʻrsatuvlar 1959 yil noyabrdan
boshlangan.
Adabiyoti xalq ogʻzaki ijodiyotidan
boshlangan. Oʻrta Osiyo xalklarining
mushtarak asari boʻlmish „Kitobi dadam
Qurqut“ oʻgʻuz elati hayotini tasvirlaydi.
„Shohsanamgʻarib“, „Sayot va Hamro“,
„Goʻroʻgʻli“, „Layli va Majnun“, „Yusuf va
Zulayho“ kabi dostonlarning turkman
variantlari keng tarqalgan. 18-asrda
turkman shoirlari nazm tilini xalq tiliga
yaqinlashtirdilar. Mahtumquli adabiyetda
yangi yoʻnalishni boshlab berdi. 18-asr
oxiri — 19-asr boshlarida Durdi Shoir,
Saidiy, Ziloliy, Misqinqilich, Andalib,
Shaydoiy, Ozodiy, Gʻoyibiy, Kamina
turkman adabiyoti rivojiga katta hissa
qoʻshdilar. 19-asrda yashab ijod etgan
turkman shoirlari ijodida lirika yetakchi
janr boʻldi. Asl muhabbatni madh etuvchi
„Zuhro va Tohir“ dostonining muallifi
Mullanafas turkman adabiyotidagi lirika
janrining yorqin namoyandasidir.
20-asr 20-yillarida badiiy nasrchilik
rivojlana boshladi. Shoir va
yozuvchilardan Yoqub Nosirli, B.
Kerboboyev, N. Sarixonov, A. Durdiyev, X.
Deryayev, dramaturglardan A. Karliyev, B.
Omonov va boshqa adiblar hikoya, qissa,
roman va pyesalarida xalq hayoti,
quvonch va tashvishlarini haqqoniy
tasvirlashga intildilar. 1934 yil T.
yozuvchilar uyushmasi tashkil etildi.
1928 yildan yozuvchilarning oylik
adabiybadiiy jurnali nashr etila boshladi.
Ikkinchi jahon urushi yillari turkman
adiblari bosqinchilarga qarshi xalq
nafratini ifodalovchi nazmiy va nasriy
asarlar yaratdilar. Jumladan, Yo.
Nosirlining „Leytenantning oʻlimi“, P.
Nurberdiyevning „Vatanparvar chol“
dostonlari, K,. Seytliyevning sheʼrlari, D.
Xoldurdining „Oqxalatli qiz“ dostoni va
boshqa asarlarda urush va turkman
xalqining front orqasidagi fidoiyligi oʻz
aksini topgan. Urushdan keyingi turkman
adabiyotida tinchlik uchun kurash,
odamlar oʻrtasidagi munosabat asosiy
mavzu boʻldi. 50-yillarda A. Otajonov, M.
Saidov, K. Qurbonnapasov, A. Xaydov va
boshqa adabiyotga kirib keldilar. 60—70-
yillardan yirik nasriy asarlar adabiyetda
yetakchi oʻrin egalladi. Qilich Quliyevning
„Qora karvon“, Beki Seytoqovning
„Birodarlar“, X. Deryayevning „Qismat“
romanlari va boshqa yaratiddi. B.
Kerboboyev, X. Ismoilov, M. Garriyev, K.
Tangriquliyev, A. Boymurodovlar bolalar
adabiyetiga qiziqarli asarlari bilan hissa
koʻshdilar.
20-asrning 2yarmida yirik nasriy asarlar
adabiyetda yetakchi oʻrin egalladi. B.
Xudoynazarov, A. Kurbonov, O.
Okmamedov, Ya. Mametyev, T.
Jumageldiyev va boshqa adiblarning
romanlari bosilib chikdi. A. Murodov, U.
Abdullayev, J. Allakov, R.Rajabovlar
adabiyotshunoslik va adabiy tanqid
sohasida barakali ijod qildilar. Boshqa
xalqlar adiblari, jumladan, oʻzbek
yozuvchilarining eng yaxshi asarlarini
turkman tiliga tarjima qilishga katta
ahamiyat berib kelindi.
Meʼmorligi va tasviriy
sanʼati
Turkmaniston hududida qad.
manzilgoxlar (Ashxobod yaqinidagi
Jaytun va Passajiktepa) qoldiqlari
saklanib qolgan. Bundan tashkari, yirik
qishloklarning qoddiqlarini ham uchratish
mumkin (Namozgohtepa, Ulugʻtepa,
Oltintepa). Turli davrlarda mustahkam
devorlar bilan oʻralgan shaharlar
(Marvdagi Erkqalʼa, Kaushut yaqinidagi
Elkentepa) vujudga kelgan. Mil. 5— 7-
asrlarda xom gʻisht va paxsadan
qoʻrgʻonlar, 2 qavatli koʻshklar qurildi.
11 — 12-asrlarda shaharlarda masjid,
Madrasa, karvonsaroy, timlar, maqbaralar,
turar joy mahallalari barpo etildi (Abu
Sayd maqbarasi, Abulfazl maqbarasi va
boshqalar). Pishiq gʻishtdan mahobatli
imoratlar qurilib, tomi gumbaz shaklida
ishlana boshladi. 12-asrda binolarni
bezashda bir tomoni sirlangan gʻisht va
koshindan foydalanish rayem boʻldi.
Maqbaralar oʻziga xos meʼmoriy shaklda
bunyod etilgan. Marvdagi Sulton Sanjar
matsbarasi, Koʻhna Urganchdagi
Najmiddin Kubro maqbarasi, Faxriddin
Roziy matsbarasi, Sulton Takash
maqbarasi va boshqa sirkorlik va
naqshkorlik usulida serhasham
bezatilgan. Marvdan Xorazmga borish
yoʻlidagi Oqchaqalʼa, Choshqalʼa,
Doyaxotin karvonsaroyi ichki hovlisining
4 tomoni peshayvonli qilib qurilgan. 14—
15-asrlarda Temuriylar davri
meʼmorligiga xos mahobatli va peshtokli
binolar qurila boshladi. 19-asr 2yarmida
Krasnovodsk, Ashxobod, Chorjoʻy,
Bayramali, Qizilarvot kabi yangi shaharlar
paydo boʻldi. Ammo koʻchmanchi
qabilalar hamon kigiz oʻtovda yashar edi.
20-asrning oʻrtalaridan turkman
meʼmorlari uyjoy qurilishida issiq iklim
sharoitini qisobga ola boshlagan
boʻlsalar, 1948 yil Ashxobod zilzilasidan
soʻng shaharsozlikning T. uchun alohida
usullarini ishlab chiqdilar. 60—70-yillar
meʼmorligida sodda shakllarga intilish
kuchaydi, 70— 80-yillarda meʼmorlik bilan
bezak sanʼatini birga qoʻshib, atrofdagi
manzaraga moslashuv tamoyillari
ustunlik qila boshladi (A. Ahmedov va F.
Ahmedov rahbarligida ijodiy jamoalar
loyihalagan „Ashxobod“ mehmonxonasi,
„Ayna“ restorani, Davlat banki, Qurilish
banki binolari).
Badiiy hunarmandlikda kulollik (8-asrdan
qolipaki naqshlangan sirsiz sopol
idishlar), badiiy toʻquv, zargarlik,
gilamdoʻzlik rivojlangan. Ayniqsa, 18—20-
asrlarda geometrik shaklli naqshlar bilan
bezatilgan kizil, jigarrang, taka, salor,
yovmut gilamlari badiiy kimmati bilan
mashhur boʻlgan.
Zamonaviy tasviriy sanʼat T.da 19-asrning
2yarmida paydo boʻla boshladi.
N.N.Karazin, K.S.Mishin, Nazar Yovmutiy
turkmanlar turmushining ijtimoiy
jihatlarini ifodalashga harakat qildilar. 20-
asrning 20-yillarida „Sharq sanʼati zarbdor
maktabi“ ochilgach, T.da professional
badiiy taʼlim yoʻlga qoʻyildi. Shu
maktabda tahsil olgan B. Nurali,
S.N.Beklarov, keyinchalik ularning safiga
qoʻshilgan Yu.P.Daneshvar, I. Klichev, A.
Hojiyev, A. Quliyev, N. Xoʻjamuhamedov,
A. va Ch. Omongeldiyevlar tasviriy
sanʼatni rivojlantirishga muhim hissa
qoʻshdilar. 20-asrning 2yarmida turkman
badiiy sanʼatida grafika, dastgoh
gravyurasi, natyurmort, avtoportret, teatr
va kino bezakchiligi kabi janrlar rivoj
topdi.
Istiklol yillari T. tasviriy sanʼatida
milliylikka eʼtibor kuchaydi. Dastgoh
rangtasviri, grafika, maxrbatli
haykaltaroshlik rivojlandi. Keksa avlod
vakillaridan I. Kdichev, A. Almamedov,
shuningdek, Sh. Akmuhammedov, A.
Muhammedov, Ya. Bayramov, J.
Amandurdiyev, Ch. Amandurdiyev, G.
Guseynov, A. Murodaliyev, K.
Nurmurodov va boshqa samarali ijod
qilmoqdalar. Chunonchi, Sh.
Akmuhammedov ijodida oʻtmish bilan
hozirgi kunning uzviy bogʻliqligini
koʻrsatish, milliy estetik tamoyillarni
ifodalash, Ya. Bayramov ijodida dadil
novatorlik, atrof muhitni, umuman
hayotni falsafiy talqin qilishga intilish
seziladi. 1939 yil T. Rassomlar
uyushmasi va 1994 yil Milliy Badiiy
akademiya tashkil etilgan.
Anʼanaviy shakllari qad. ironii elatlar
musiqa ijodi hamda turkoʻgʻiz
qabilalarining musiqa anʼanalari negizida
Musiqasi
qaror topgan. Parfiya poytaxti Niso,
Margʻiyona poytaxti Marv, Saraxsdan
topilgan arxeologik yodgorliklari
islomgacha boʻlgan musiqa madaniyati
(musiqa cholgʻulari) haqida tasavvur
beradi. Saljuqiylar davlati davri (11—12-
asrlar)da turkmanlarning musiqa
madaniyati ravnaq topdi. Turkman xalq
qoʻshikdari orasida dehqon jamoalari
hayotiga xos mavsum marosim
qoʻshiqlari („Yilan oyni“, „Chemche gelin“,
„Ximmil“, „Xeshelle“ va boshqalar),
shuningdek, oilaviy marosim va maishiy
(„Xushroy“, „Edemekrem“, „Oʻlan“, „Azadi“,
„Chapak“, „Zikir“, „Xuvdi“, „Agi“)
qoʻshiqlari, bayram va sayillarda ayollar
ijro etadigan „Lyale“, „Mavrike“ kabi
janrlar keng oʻrin olgan. Musiqa
cholgʻulari orasida qad. xizlavuk, juljul,
gopuz (changqoʻbiz) hamda puflama
tuyduklar, doirasimon deprek, dutor va
gʻijjaklar mavjud. Ayniqsa, turkman dutor
kuylari (Qirqlar, Saltikdar, Muqamlar)
shakli murakkabligi, nolalarga boyligi
bilan ajralib turadi. Milliy professional
musiqa yoʻllari turkman baxshi va
sozandalar ijodida namoyon boʻladi.
Baxshilar dutor (dutor va gʻijjak, baʼzida
gargituyduklar) joʻrligida qahramonlik va
ishqiy mavzudagi („Goʻroʻgʻli“, „Nejeb
oʻgʻlon“, „Sayot va Hamro“, „Shohsanam
va Gʻarib“ kabi) dostonlarni mahorat
bilan, maxsus kuylash usullaridan keng
foydalanib ijro etadilar. 1929 yil
Ashxobodda badiiy texnikum musika
boʻlimi bilan birga ochildi (1935 yildan
musiqa bilim yurtiga aylantirilgan). Ilk
turkman kompozitorlari A. Kuliyev, V.
Muxatov, D. Ovezovlar yetishib chikdi.
1929 yil simfonik orkestr, 1934 yil xor,
1941 yil Opera va balet teatri tashkil
etildi. 1941—45 yillarda „Zuhro va Tohir“,
„Shohsanam va Gʻarib“ operalari, „Aldar
koʻsa“ baleti yaratildi. Kompozitor A.
Shaposhnikov bilan V. Muxatovning
„Kamina va qozi“ hajviy operasi, M.
Ravich bilan N. Muxatovning „Zoʻraki
tabib“ baleti, A. Quliyev, A. Shaposhnikov,
V. Ahmedovning orkestr uchun yozgan
konsertlari 50—60-yillardagi turkman
musiqasining yutugʻi boʻldi. 70—80ylarda
turkman musiqasi uslubida yangi siljish
sodir boʻldi. Kompozitorlardan Ch.
Nurimov („Garmselning oʻlimi“,
„Qoʻhitang fojiasi“ baletlari, simfonik
konsertlari), N. Xolmamedov (vokal
qoʻshiklari), A. Agajikov („Soʻna“ va
„Taxdikali tun“ operalari, „Feruza“ baleti),
R. Ollayorov (oratoriya va simfoniyalari)
yangi ifoda usullaridan foydalandilar. Ch.
Ortiqov, D. Nuriyev kabi yosh
kompozitorlar ijod kila boshladi. Ijrochilar
orasida dirijyor X. Allanurov,
xonandalardan A. Annaquliyeva, M.
Quliyeva, M. Shaxberdiyeva, raqqos va
raqqosalardan G. Musayeva, A.
Pursiyanovlar mashhur.
Ashxobod va Toshhovuzda musiqali
drama teatrlari, Ashxobodda Milliy
konservatoriya, Ashxobod, Mari va
Turkmanobodda musiqa va sanʼat bilim
yurtlari, turli shaharlarda musiqa
maktablari bor.
Teatri
1918 yildan havaskor teatr toʻgaraklari
tuzila boshladi. 1926 yil dastlabki millim
drama studiyasi tashkil etildi. Unda
dramaturglar K. Burunov, A. Kaushutov,
rejissyor Yu. Alimzoda dare berdilar,
Suray Murodova, A. Qulmamedov, K.
Berdiyev, O. Durdiyeva, K. Qulmurodov va
boshqa aktyorlar tahsil oldilar. 1929 yil
shu studiya negizida turkman teatri (xoz.
Mullanafas nomidagi drama teatri) barpo
etildi. Unda B. Kerboboyevning
„Yuksalish“, A. Karliyevning „Ayna“
pyesalari va chet el dramaturglarining
asarlari sahnalashtiriddi. Mari, Karki,
Qizilarvot va boshqa shaharlarda yangi
teatrlar ochildi. 20-asrning 2yarmida
turkman teatrlarida G. Muxtorov, K.
Seytliyev, B. Omonov, Q. Quliyev, A. N
Ostrovskiy, U.Shekspir pyesalari qoʻyildi.
Teatr jamoalari orasida Ashxoboddagi
yosh tomoshabinlar teatri, Maridagi
Kamina nomli drama teatri,
Turkmanoboddagi musikali drama teatri,
sanʼat arboblaridan B. Omonov, A.
Durdiyev, M. Cherkezov, M. Kirillov, S.
Otayeva, T. Gʻafurova, N. Suyunova, M.
Aymedovalar mashhur.
1926 yil kinofabrika tashkil etildi,
keyinchalik u „Turkmanfilm“ga aylantirildi
(hozirgi A. Karliyev nomidagi
kinostudiya). Shu yerda dastlabki hujjatli
filmlar — „Oq oltin“ (1929, rejissyor A.
Vladichuk), „Choʻlda birinchi“ (1932,
rejissyor M. Bistritskiy), „Misli
koʻrilmagan voqea“ (1936) yaratildi.
Kinosi
Dastlabki badiiy filmlar — „Unutib
boʻlmaydi“ (1931, rejissyor D.
Poznanskiy), „Yetti yurak“ (1935, rejissyor
N. I. Tixonov), „Men qaytaman“ (1935,
rejissyor A. Ledashchev), „Dursun“ (1940,
rejissyor Ye. IvanovBarkov) ekranga
chiqarildi. 40—50-yillarda yaratilgan
filmlar („Olisdagi kelin“, „Keksa Ashirning
hiylasi“, „Oila nomusi“, „Birinchi imtihon“)
muvaffaqiyat qozonmadi va tanqidga
uchradi. 60-yillarda voya ga yetgan X.
Narliyev, K. Yazxonov, M. Qurbonklichev,
Ya. Saidov, M. Suyunxonov kabi yosh
rejissyorlarning ijodi kinematografiyani
jonlantirdi. B. B. Mansurovning
„Musobaqa“ filmi (1964) goyaviy
yetukligi, ifoda vositasining taʼsirchanligi
bilan ajralib turadi. Unda murakkab
insoniy muammolar tarixiy voqealar
asosida hal etilgan boʻlsa, oʻsha
rejissyorning „Chanqovni bosish“ filmida
(1967) mazkur muammolar zamonaviy
voqeliqda ifodalab berilgan.
„Mahtumquli“ (1968) va „Maqom sirlari“
(1974) filmlari tarixiy shaxslarga
bagʻishlangan. X. Narliyevning „Qoraqum,
soyada 45°“ (1983) filmida gazchilarning
hayoti tasvirlangan. Yosh rejissyor X.
Kakaboyevning „Otam qaytsinchi,
kurasan“, X. Narliyevning „Jamol daraxti“
filmlari turkman kinematografiyasining
soʻnggi yillardagi yutuqla]ei jumlasiga
kiradi.
Oʻzbekiston —
Turkmaniston adabiy va
madaniy aloqalari
Oʻzbek va turkman xalqlari azaldan
iqtisodiy, madaniy va adabiy aloqada
boʻlib kelganlar. Alisher Navoiyni turkman
xalqi Mir Ali nomi bilan tanigan, uning
asarlari shoir hayot chogʻidayoq
turkmanlar orasida mashhur boʻlgan.
Navoiy gʻazallarini turkman baxshilari
hozirgi kungacha ham kuylab keladilar.
Xiva madrasalarida tahsil olgan turkman
mumtoz shoirlari Ozodiy, Mahtumquli,
Andalib Navoiyni oʻzlariga ustoz deb
bilganlar. Ayni paytda Mahtumqulining
sheʼrlarini bilmagan va kuylamagan
oʻzbek xrfizi yoʻq desa boʻladi. Andalib
oʻzining „Layli va Majnun“, „Yusuf va
Zulayho“ dostonlarini Navoiy va Durbek
asarlaridan taʼsirlanib yozgan.
Mahtumqulining tanlangan sheʼrlar
toʻplami oʻzbek tilida bir necha marta
nashr etildi. Gʻafur Gʻulom va Berdi
Kerboboyev, Abdulla Qahhor va Beki
Seytoqov, Zulfiya va Tovshan Esanova,
Asqad Muxtor va Qora Seytliyev kabi
oʻzbek va turkman yozuvchishoirlari
oʻrtasidagi doʻstlik adabiy aloqalar
tarixida muhim oʻrin egallaydi. B.
Kerboboyevning „Dadil qadam“,
„Oysulton“, „Nebitdogʻ“ romanlari, X.
Deryayevning „Qismat“ romanepopeyasi,
Mullanafas, Andalib, Kamina, B.
Kerboboyev sheʼrlari, Ota Kavshutovning
„Nebitdogʻ etaklarida“ romani, Q.
Quliyevning „Qora karvon“ romani, T.
Togʻanovning „Durlar xazinasi“ qissasi va
boshqa asarlar oʻzbek tiliga tarjima
qilingan. Turkman dramaturgiyasining
„Mahtumquli“ (B. Kerboboyev), „Oila
nomusi“, „Kim aybdor?“ (X. Mutalov)
singari namunalari oʻzbek teatrlarida
sahnalashtirilgan. Oʻz navbatida,
H.X,.Niyoziyning „Boy ila xizmatchi“, A.
Qaxdorning „Shohi suzana“, B.
Rahmonovning „Yurak sirlari“, Sayd
Ahmadning „Kelinlar qUzgʻoloni“
pyesalari turkman teatrlarida namoyish
qilindi. Turkman adiblarining (B.
Kerboboyev, J. Orazov, B. Seytokrv, O.
Otajonov va boshqalar) Oʻzbekiston,
oʻzbek shoir va adiblarining (Gʻ.Gʻulom,
Shayxzoda, Mirtemir) Turkmaniston
mavzuidagi asarlari muhim.
Sayoxat znachit puteshestvie —
Fotografii Turkmenistana, Uzbekistana,
Kazaxstana
Andoza:MDH
Havolalar
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
Soʻnggi tahrir 6 oylar avval 213.230.108.63 tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Turkmaniston&oldid=2108203
" dan olindi
Dostları ilə paylaş: |