Talim tarbiyada kompyuterning o`rni



Yüklə 17,36 Kb.
tarix21.01.2023
ölçüsü17,36 Kb.
#80017
талим тарбияда акт


Talim tarbiyada kompyuterning o`rni.

Ushbu maqolada bugungi kunda boshqa soxalar katorida ta'lim soxasida ham kompyuter texnologiyalari keng kirib keldi va bu ta'lim tarbiya jarayonini samaradorligini oshirishda va har tamonlama intellektual salohiyatni oshirishda muxim o'rin tutadi. Bugungi kunda hayotni axborot vositalarsiz, jumladan, internetsiz ta'savvur qilib bo'lmaydi.O'zbekistonning mustaqilligi sharoitlarida ta'lim tizimini isloh qilish birinchi navbatda ta'lim va tarbiya tizimiga ilg'or axborot texnologiyalarning tatbiq etish bilan bog'liq. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning yangiligi va o'ziga xosligi insoniyat rivojlanishi nuqtai nazaridan ular deyarli insoniyat faoliyati barcha sohalariga kirib borishi, ulardan cheklanmagan joylar va maqsadlarda foydalanish mumkinligidan iborat. Shu kabi axborot-kommunikasiya texnologiyalari uch yo'nalishda ilgari bo'lmagan juda katta samara bilan insoniyat rivojlanishi jarayonidagi to'siqlarni yengib o'tish imkon berishi xaqida ma'lumot berilgan.


Hozirgi davrda ta'limni axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi, mana shu sababli barchamiz «yangi pedagogik texnologiyalar» atamasini ishlata boshladik. Bir misol, shaxsiy kompyuter ta'limning imkoniyatlarini butunlay o'zgartirib yubordi. Internet leptoplar ta'lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish bo'yicha yanada kattaroq imkoniyatlar yaratib berdi. O'zbekistonning mustaqilligi sharoitlarida ta'lim tizimini isloh qilish birinchi navbatda ta'lim va tarbiya tizimiga ilg'or axborot texnologiyalarning tatbiq etish bilan bog'liq.
Ma'lumki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mikroelektronika, hisoblash texnikasi (apparatli vositalar va dasturiy ta'minotlar), elektroaloqa va antoelektronika-mikroprosessorlar, yarimo'tkazgichlar va optik-tolali kabellar sohalaridagi kashfiyotlar bilan bog'liq.
Bu kashfiyotlar ulkan axborotlarni ishlab chiqish va saqlashga hamda ularni kommunikasiya tarmoqlari orqali tez tarqatish imkonini beradi. Kompyuterlarni bir-biriga ulash va ularni bir-biri bilan aloqa qilishga sozlash yangi kuchli texnologik tizimni umumiy protokoldan foydalanuvchi tarmoq axborot sistemalarini yaratishga imkon beradi. Ular odamlarni, ularning uylarini va idoralarni birlashtiradi hamda juda qisqa vaqt ichida ulkan topshiriqlar sonini ishlab chiqadi va bajaradi. Bu axborotlardan foydalanish xususiyatini va kommunikasiya tuzilishini tubdan o'zgartiradi. Shu bilan birga kompyuter tarmoqlari Yer sharining barcha nuqtalari bilan aloqa qilish imkonini beradi. Ta'lim tizimi uchun bu o'qituvchilar va o'quvchilar o'rtasida kommunikasiya uchun yangi imkoniyatlar yaratib beradi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning yangiligi va o'ziga xosligi insoniyat rivojlanishi nuqtai nazaridan ular deyarli insoniyat faoliyati barcha sohalariga kirib borishi, ulardan cheklanmagan joylar va maqsadlarda foydalanish mumkinligidan iborat. Shu kabi axborot-
juda katta samara bilan insoniyat rivojlanishi jarayonidagi to'siqlarni yengib o'tish imkon beradi:
1) Bilimlarni egallash yo'lidagi to'siqlarni yengish. Axborotlardan foydalanish natijasida ta'lim olish yo'lidagi inson imkoniyatlarini shakllantirish uchun katta ahamiyatga ega. Agar ta'lim kognitiv ko'nikmalarini rivojlantirishga olib kelsa, axborotlar bilimlar to'plash jarayonining mazmunli jihatini ta'minlash uchun kerak b'ladi. Internet va «Butun jahon tarmog'i» barcha ijtimoiy qatlamdagi insonlar uchun birdek axborot izlash kanali bo'lib xizmat qiladi.
2) Ijtimoiy hayotda ishtirok etish yo'lidagi to'siqlarni yo'qotadi. Internet tarmog'i orqali butun dunyo bilan aloqa qilish imkoniyati oxirgi yillarda ko'plab global fuqarolik tashabbuslarini tarqatishga imkon berdi. Misol uchun, ta'lim tizimida qayta aloqani ta'minlash harakati.
3) Iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish yo'lidagi to'siqlarni yo'qotadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va ular bilan bog'liq sohalar hamda ta'lim tizimi eng jadal rivojlanayotgan sektorlar hisoblanadi. Yangi axborot texnologiyalari axborotlar va aloqadan foydalanish imkoniyatini keskin kengaytiradi. Elektron pochta, elektron kutubxonalar -saytlar ta'lim tizimi uchun cheksiz imkoniyatlar beradi, har qanday chegaralarni yo'qotadi, dunyoning har qanday nuqtasidan o'quv va ilmiy axborotlarni olish imkonini yaratadi.
Axborot-tarbiyaviy faoliyat. Ta'lim muammosini globalizasiyalashtirish -seminarlar o'tkazishdan tortib terrorizm va diniy ekstremizim mohiyatini ochib berishgacha - elektron tarmoqlar axborot-tarbiyaviy imkoniyatlarini ahamiyatini oshiradi. Yangi axborot texnologiyalari fan va ta'limni to'plangan bilimlarni yetkazish, ularni to'ldirish va qayta baholash kabi yanada yaqin va samarali kanallari bilan bog'lashga imkon beradi. Bugungi kunda fan - bu ta'lim tizimini rivojlantirish asosiy, ustun turuvchi vositasidir. Bu har doim ham bo'lmagan, ilg'or axborot texnologiyasi ta'lim tizimida fanning ahamiyatini o'zgarti rdi. Jamiyat faqat fanning o'zi rivojlanishi bilan emas, balki ta'lim va o'qitish tizimi bilan ham bog'liq yangi ilmiy tuzilishni yaratadi. Ta'limning kelajagi. Hozirgi kunda Internetda taxminan 2,5 mlrd noyob barcha foydalanadigan veb-sahifalar mavjud bo'lib har kuni ular qatoriga yana 7,3 mln yangilari qo'shilmoqda.
Ta'lim o'qituvchi va o'quvchilarning aqliy mehnati, faollik va ijodiy fikrlashidan iborat bo'lgan ko'pqirrali va murakkab jarayon hisoblanadi. Dars samaradorligini oshirish ta'lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda yo'lga qo'yish va yangi pedagogik texnologiyalarni amalda qo'llash bilan uzviy bog'liq. Oliy ta'lim muassasalarida innovatsion faoliyatni tashkil etishdan asosiy maqsad o'qituvchilar va talabalar jamoasi hamkorligi izchilligini ta'minlash hamda uni aniq maqsadga yo'naltirilgan holda yo'lga qo'yishdan iboratdir. Bu ishda ham pedagogik, ham boshqaruv masalalari hal etiladi. Shuni qayd etish lozimki, pedagogik innovatsiyalar ishtirokchilari innovatsiyalarning yuzaga kelish, namoyon bo'lish va boshqarish jarayoni qonuniyatlari haqida metodologik, psixologik, pedagogik, texnologik bilimlarni puxta egallashi lozim. Aks holda pedagogik innovatsiyalar samarali natija bermaydi.
Bizning fikrimizcha ta'lim tizimida innovatsion jarayonlarni boshqarish samaradorligi hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda oliy ta'lim muassasalarida mutaxassislar tiayyorlash sifati pedagogik innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish shart-sharoitlariga, ta'limning an'anaviy usullari bilan maqsadga muvofiq ravishda uzviy qo'llashga bog'liq. Ayrim hollarda samarali bo'lgan an'anaviy usullardan voz kechish holatlari sodir bo'lmoqda. Bu innovatsiyalarni tajribada sinalgan va ijobiy natija berib kelayotgan o'qitishga qarshi qo'yishdek sezilmoqda. Shuning uchun ham an'anaviy ta'lim tizimidagi ijobiy tajribalar innovatsiyalarga uyg'unlashtirilsa ma'qul bo'lar edi.
«Innovatsion texnologiya» tushunchasi ta'lim samaradorligini oshiruvchi omillardan foydalanish, turli pedagogik jarayonlarni loyihalash va amalda qo'llash orqali bilim egallashni takomillashtirish usullarini qamrab oladi.
«Oliy ta'lim tizimida innovatsion texnologiyalar» deyilganda turli pedagogik yangiliklarni yaratish, qabul qilish, baholash, o'zlashtirish va amalda tatbiq etish jarayonini boshqarish tushuniladi. Oliy ta'lim muassasalarida yaratilgan sharoit va imkoniyatlar eng so'nggi innovatsiya namunalarini joriy etish uchun moslashrtirilgani o'qituvchi va talabalarning ijodiy faolligini kuchaytirish uchun xizmat qilmoqda.Bunday bo'lishning sabablaridan biri shu vaqtgacha ta'lim maqsadlari o'quvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarni o'zlashtirib olishga qaratilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishlariga, hatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi.
Ta’lim muassasalarining asosiy vazifalaridan biri, o‘quvchilarga insoniyat tarixi davomida yaratilgan bilimlarni etkazish, fanlar asoslari bo‘yicha muntazam bilim olishlari uchun tegishli sharoit yaratish, zarur axborotlarni tanlash va mustaqil o‘qishni o‘rgatish orqali bilim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish va qiziqishlarini orttirishdan iborat. Kompyuter va dasturiy mahsulotlarning beqiyos darajada rivojlanishi axborot texnologiyalarni tabiiy fanlarida ham qo‘llashga keng imkoniyatlar ochib bermoqda. Kompyuter texnologiyalari dasturlashtirilgan o‘qitish g‘oyalarini rivojlantiradi, o‘qitishning zamonaviy kompyuterlar va telekommunikatsiyalarning imkoniyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan mutlaq yangi, hali tadqiq qilinmagan o‘qitishning texnologik variantlarini ochadi. Yagona axborot gipermaydonidan birgalikda foydalanish amaliy bilimni olishda o‘qituvchi va talaba o‘rtasida ijodiy xamkorlikni ta’minlaydi. O‘quv-tarbiya jarayonida elektron ta’lim resurslarining o‘rni haqida gapirganda, ta’lim tizimi hozirgi holatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish zarur, ular uchun esa, mustaqil ish tegishlicha metodik ta’minlanishi juda muhim. Bularga ko‘ra, o‘quv-metodik materiallarni elektron ko‘rinishda taqdim etishning strukturasi va usuli, ulardan foydalanishning aniq bir shakliga bog‘liq holda o‘zgarib turishi kerak. Pirovardida, o‘quv-metodik resurslarning katta hajmidan, ko‘p sonli foydalanuvchilar foydalana olishini, shuningdek, individual yondashuv, o‘qitishning faol metodlari va teskari aloqa qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash zarur. Pedagogik faoliyat amaliyotiga, ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar, ensiklopediya, lug‘atlar, kartalar, sxemalar, illyustratsiyalar, masalalar va mashqlar to‘plamlari, ularni bajarish bo‘yicha metodik tavsiyalar, o‘zini o‘zi tekshirish uchun "Science and Education" Scientific Journal October 2020 / Volume 1 Issue 7 www.openscience.uz 370 savollar va testlar kabi turli elektron o‘quv materiallaridan foydalanish keng kirib bormoqda. Elektron ta’lim resurslaridan o‘quv jarayonida to‘liq foydalanish natijasida quyidagilarga erishiladi: 1) xotiraga qabul qiladilar, anglaydilar, yig‘adilar, biroq xatosiz, ongli ravishda qayta tiklamaydilar; 2) bevosita o‘qituvchi hamkorligida tahlil qiladilar, taqqoslaydilar, umumlashtiradilar, namuna bo‘yicha amaliy harakatlarni bajaradilar; 3) muammolarni echish jarayonida mustaqil izlanadilar, kutilayotgan natijaga erishishning yo‘l va vositalarini mustaqil ravishda aniqlaydilar [1]. Zamonaviy dasturlash vositalarida tayyorlangan elektron ta’lim resurslarining sifati darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, ta’lim berish jarayoni shuncha natijali bo‘ladi. Bu jarayonni amalga oshirishda, ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda zamon talabi darajasida darslarni loyihalashtirish va rejalashtirishni taqoza qiladi. O‘qitishning interfaol usullarini bilish kommunikativ faoliyatni tashkil etishning maxsus shakli bo‘lib, unda ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan va biladigan, o‘ylayotgan narsalarini tushuntirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Elektron ta’lim resurslari internet orqali axborot yig‘ishning yangi usullarini, ulardan foydalanishni o‘rgatadi, ularning dunyoqarashi kengayadi, o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasini, qiziquvchanligini, mustaqil ishlarning samaradorligini oshiradi va o‘qish va ijodkorlikda yangi imkoniyatlarnitaqdim etadi. Elektron ta’lim resurslari qo‘llanilgan darslarida o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi pedagogik hamkorlik o‘quvchini dars davomida befarq bo‘lmaslikka, mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanishga olib keladi, fanga bo‘lgan qiziqishlari doimiyligini ta’minlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
[1]. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. "Ta’limda innovatsion texnologiyalar". Toshkent "Iste’dod", 2008 y. [2]. Maxmudova M. A., Nasirova Sh.N. Elektron resurslarni ta’limda qo‘llashdagi imkoniyatlar samaradorligi. Oriental art and culture ISSN 2181-063X Scientific methodical journal special issue, II/2020, Kokand, 204-211 b. [3]. Maxmudova M. A., Nasirova Sh.N. Aniq fanlarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalar. Science and education, Scientific journal, ISSN 2181-0842 VOLUME 1, ISSUE 2, May 2020, p. 472-475. [4]. Maxmudova M. A., Nasirova Sh.N., Salomov O‘.A. Innovatsion ta’lim texnologiyalarini takomillashtirish yo‘nalishlari. “Ilm-fan va ta’limning rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi birinchi Respublika konferensiyasi to‘plami, ISSN 2181- 0842, 27 aprel 2020 yil, 387-390 b. "Science and Education" Scientific Journal October 2020 / Volume 1 Issue 7 www.openscience.uz 371 [5]. Makhmudova M. A., Nasirova Sh.N., Muhamedova M. M.Tasks for a future computer teacher in educational information. International conference on economics and social sciences ISSN: 2349-0721 ICDSIIL 10-11 May 2020 Impact Factor: SJIF -
Yüklə 17,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin