Quduqlarda qum tiqinlarining hosil bo‘lishi Qum tiqinlariga qarshi kurash-neft sanoatidagi qadimiy muammolardan biri hisoblanadi. Qumning quduq tanasi odatda bo‘shliq bo‘sh sementlangan jisnlarning buzilishi natijasida, ma’lum bir sizilish tezligi yoki bosim gradiyentida sizilish bosimi ta’siri ostida chiqishi kuzatiladi.
Qatlamdan qumning chiqishi quduq tubi zonasi jinslarining mustahkamligini buzilishi, qatlam jinslarini yemirilishi va buning oqibatida ishlatish quvurlar birikmasining deformatsiyalanishiga sabab bo‘ladi, ba’zan quduqni ishdan chiqish holatlariga olib keladi. Qatlamdan quduq ichiga kelayotgan qum, quduq tubiga cho‘kib tiqin hosil qiladi, bu esa odatda quduqni joriy mahsul miqdorini kamaytiradi. Quduq tubidagi tiqinni bartaraflash uchun sermexnat ta’mirlov ishlari talab etiladi va bu neft qazib olishda cheklab bo‘lmas yo‘qotishlar bilan bog‘liq.
Quduq tubi zonasida va nasos-kompressor quvurlari devorlarida parafin yig‘ilishi Neft harakat yo‘nalishi davomida harakat va bosim kamayadi, gaz ajratiladi, oqim sovutiladi, neftning eruvchanlik xususiyatlari pasayadi, qattiq parafin, asfalten va smola (mum) ajralib chiqadi. Bularning cho‘kindilari quduq tubi zonasida, ko‘tarish quvurlarida, shlayferda, yig‘ish quvurlari va rezervuarlarda bo‘lishi mumkin. Parafin ko‘proq ko‘tarish quvurlarida ajraladi. Ishlatiladigan parafin qatlamining qalinligi noldan 900-300 metr chuqurlikda, maksimumgacha 200-50 metr chuqurlikda oshadi, so‘ng esa yotqiziqlarni oqim yuvishi natijasida kamayadi. Parafin yotqiziqlari olimning gidravlik qarshiliklarini ortishiga olib keladi va mahsulot miqdorining kamayishiga sabab bo‘ladi. Neft qazib olishda haroratning kamayishiga sabab bo‘ladi. Neft qazib olishda haroratning pasayishi natijasida parafin aralashmasini bartaraf etib bo‘lmaydi. Parafinning kristallanishi (qotishi) neftning mexanik aralashmalarida va uskuna devorlarida sodir bo‘ladi.
Hajm ichida ajralgan parafin yotqiziq hosil qilishda deyarli ishtirok etmaydi. Bunday kristallar asosan rezervuarlar tubida cho‘kadi. Shuning uchun parafinning uskuna devorida emas, balki hajm ichida ajratishga erishish maqsadga muvofiq bo‘lardi.