Neft quduqlarini ishlatishda yuzaga keladigan asosiy asoratlar va ulani joriy ta’mirlash ishlari


Yoriqli va yoriq g‘ovakli qatlamlarga suv oqib kelishini cheklash



Yüklə 434,74 Kb.
səhifə5/5
tarix19.05.2023
ölçüsü434,74 Kb.
#117196
1   2   3   4   5
Neft quduqlarini ishlatishda yuzaga keladigan asosiy asoratlar va ulani joriy ta’mirlash ishlari

Yoriqli va yoriq g‘ovakli qatlamlarga suv oqib kelishini cheklash.
Bunday qatlamlarni ishlatishda quduqlarning muddatdan oldin suvlanishi, yuqori o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan yoriqlarning suv yorib o‘tishi bilan bog‘liq. Hajmiy bog‘liqlikni hosil qilmaydigan va siljishning past gradiyentiga ega bo‘lgan, ya’ni quduqni ishlatish davomida yoriqlardan chiqarib tashlanadigan materiallarni qo‘llash bilan bog‘liq ishlar kam samarali deb topiladi. Sementli va ko‘pik sementli suspenzayalarni, SFM asosidagi qovushqoqli tarang tarkiblarni qo‘llash ko‘p roq samarali deb hisoblanadi.
Donador tamponlovchi materiallarni qo‘llash yuqori samaraga ega. Ivanovo-Frankovsk neft va gaz institutida donadorlangan magniyni (0,5-1,06 mm) qo‘lash bilan suv oqimiini chegaralash texnologiyasi ishlab chiqilgan, magniy va uning oksidini qatlam suvi va xlorlashgan magniyning o‘zaro ta’siri natijasida, magniy gidrooksidining cho‘kindisi va magnezial sement hosil bo‘lishiga asoslanadi. Magniyning qum bilan aralashmasida magniy massa miqdori 20% ni tashkil qilishi maqsadga muvofiq, bo‘ladi. Qatlamni gidravlik yorish sxemasi bo‘yicha qatlamda mavjud yoriqlar kengaytiriladi, magniy-qumli aralashma bilan to‘ldiriladi va ajratish tuzilmasi hosil bo‘lishi uchun quduq 48-60 soat berkitiladi. Neftga to‘yingan oraliqlarga tushgan donalarni eritish va oqimni jadallashtirish uchun kislotali ishlov berish o‘tkaziladi.
Quduqka begona suvlarning kirib kelishi sabablari
Neft konlarida quduqlarni ishlatishda begona suvlar quduqni uzlashtirish davrida, burg‘ilash ishlari tugallangandan keyin hamdaquduqni ishlatishni uzoq vaqt davrlarida kirib kelishi mumkin.
Begona suvlarning quduqka kirib kelishi hamma vaqt ham ishlatishdan to‘xtatishga olib kelgan. Begona suvlarning kirib kelishini asosiy sabablari quyidagilar: burg‘ilash jarayonida ishlatish tizmalarini sifatsiz sementlanishi natijasida suv va neftlilik gorizontlari to‘liq ajratilmaydi; quvur orasida sement xalqasining buzilishi va ishlatish tizmasining tubidagi sement stakanini buzilishi; xuddi shu gorizontdagi qo‘shni quduqni ishlatish natijasida, metallni nuqsoni tufayli, qatlam suvlari ta’sirida (yoriklar), tizmani o‘zlashtirish davrida, kapital va quduq yer ostini ta’mirlash davrlarida suv paydo bo‘lishi kuzatiladi.
Yüklə 434,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin