Shovqin haqida tushuncha reja



Yüklə 6,52 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü6,52 Kb.
#165289
Shovqin haqida tushuncha reja-fayllar.org


Shovqin haqida tushuncha reja

shovqin haqida tushuncha
REJA:
1. Shovqinni fizikaviy tarkibi.
2. Hozirgi zamonda shovqinni kuchayish sabablari.
3. Shovqinni kishi organizmiga ta'siri.
4. Shovqinni oldini olish choralari.
Rivoyatlarga qaraganda, qadimgi Xitoyda og’ir jinoyat sodir etgan kishilar "Musiqa azobiga" hukm qilingan. To’xtovsiz davom etuvchi musiqa ovozi qishiga og’ir qiynoq azobini berar ekan. Qadimgi shovqinning qishiga zararli ta'sirini bilib, undan kishilarni asrash choralarini ham ko’rganlar. Eramizdan oldingi 50-yillarda podshox Yuliy Sezar kechasi aholini tinch uxlasin deb, Rim ko’chalarida har qanday aravalarning yurishini taqiqlab qo’ygan. Angliya qirolichasi Yelizaveta I (1533-1603) odamlarning oromini buzmaslik maqsadida soat 22 dan sung, xatto er-xotinlar janjalini qonunlar asosida taqiqlagan. O’sha paytlarda hozirgidek darajada shovqin manbalari deyarli bulmagan, xatto ba'zan bulib turadigan oilaviy janjallar atrofdagilarning va o’zlarining kayfiyatini buzmasin deb ularga qarshi qat'iy kurash olib borilgan.

Ma'lumki, atmosferada har xil tovushlar mavjud: momaqaldiroq, transport vositalari (samolyot, avtomobil, poezd), har xil korxonalar dastgohlaridan radio, televidenie eshittirishlari, telefon qo’ng’iroqlari, odam va hayvonlarning ovozi, musiqa asboblaridan chiqqan tovushlar va hokazo. Bu xilma-xil tovushlarni kishilar doimo eshitib turadilar va ular bu tovushlardan ta'sirlanadilar. Albatta, hamma tovushlar ham kishiga zararli ta'sir etavermaydi. Qushlarning sayragandagi ovozi, suvning shildirashi, daraxt barglarining shitirlashi, yoqimli musiqa kishi charchog’ini yo’qotib, kayfiyatini yaxshilaydi. Ammo bizning kunglimizni xit qilib, asabga tegadigan tovushlar ham bor.


Mamlakatimizdagi yirik shaharlar aholisining 60 foizdan ortig’i shovqinning yomon ta'siridan shikoyat qiladi. Shovqin kishilarga o’zining salbiy ta'siri jihatdan ifloslangan suv yoki havodan, selitra berib to’yintirilgan poliz yoki sabzovot mahsulotidan kam bo’lmagan tashki muhit omiliga aylandi. Mashhur bakteriolog olim Robert Kox (1843-1910) "Hozirgi kunda inson vabo va chuma (ulat) ga qarshi qanday kurashayotgan bo’lsa, kelgusida odamlar o’zini shovqindan asrash uchun unga qarshi shunday kurashadi", deb bashorat qilgan edi. Olimning sal kam 100 yil burun aytgan gaplari bugun keldi. Ya'ni kishilar shovqindan juda aziyat chekishayapti, ammo unga qarshi kurash olib borilmayapti, deb bo’lmaydi.
Shaharlarimizdagi ko’p korxonalarda ish jarayonida shovqin yuqori bo’ladi. Masalan, Qarshi shayridagi tikuv fabrikasi, yog’ochni qayta ishlab, temir-beton zavodlari, ba'zi korxonalar tokarlik sexlarining dastgohlaridan chiqqan shovqindan usha joyda ishlovchi ishchilar aziyat chekishadi. Bunday korxonalarda ishlovchi kishilarning asab qo’zg’aluvchanligi oshib, kayfiyati yomonlashadi, ish unumdorligi pasayadi. Muntazam ravishda kishiga shovqin ta'sir etaversa, quloqlari bitadi, u yomon eshitadigan va xatto kar bo’lib qolishi mumkin. Shovqin quloq orqali bosh miya faoliyatiga ta'sir etadi. Qishining boshi og’riydi, ishtaxasi bug’uladi, kechasi yaxshi uxlay olmaydi. Shovqin ta'siri bosh miya orqali ichki organlar faoliyatiga ham o’tadi: qishining yuragi og’riydi, qon bosimi oshadi, modda almashinuvi kuchayadi, oshqozon-ichak kasalliklari sodir bo’ladi va zo’rayadi. Aniqlanishicha shovqin kishining ko’rish qobiliyatini 26 foizga qadar kamaytirar ekan. Hayvonga kuchli tovush ta'sir etishi tajriba qilib kurilganda, avvalo ularning terisi qo’yganligi, keyin shol bulib kolganligi kuzatilgan.
Shovqinli korxonalarda ishlovchi kishilar go’yo bunday sharoitga asta-sekin o’rganib qoladilar deyishadi. Aslida bunday emas. Bu xil korxonalarda shovqin kishilar organizmiga muntazam ta'sir etaverib, ular salomatligini asta-sekin yemira boshlaydi, natijada bir necha yil o’tgach ishchilar u yoki bu kasallikka chalinib qolishadi. Kishilar ishdan keyin dam olish paytlarida ham, ya'ni uyda ham televizor ko’rganlarida yoki radio eshitganlarida, shahar ko’chalarida yurganlarida, kino ko’rganlarida, sport musobaqalarini, konsert yoki teatr tomosha qilganlarida ham doimo xilma-xil tovushlar ta'sirida bo’ladilar. Bu tovushlar ham uzoq ta'sir etaversa yuqorida aytilgan kasalliklarning vujudga kelishiga sabab bo’ladi.
Kuchli tovushlar asosan og’ir mashinalar va avtobuslardan, undan keyin motosikllar, yengil mashinalardan chiqadi. Mashinalardan chiqqan shovqinning ta'siri, ayniqsa shahrimizning O’zbekiston, Amir Temur ko’chalarida, bozor, vokzal atroflarida ancha sezilarli darajada.
Ilgarilari bozorda, shaharning istirohat bog’ida va aholi gavjum bo’lgan boshqa joylarda kuchli radiokarnaylar o’rnatilgan edi. So’ng kuchli tovushdan kishilarni asrash maqsadida bu joylardan radiokarnaylar olindi. Keyingi paytlarda bunday joylarda, ayniqsa, bozorda va uning atrofida ko’plab "ovoz yozuv ustaxonalari" paydo bo’ldi. Ulardan to’xtovsiz va baland qo’yilgan ma'noli va ma'nosiz ashulalar kishining gashini keltiradi. Avvalambor ularning soni juda ko’payib ketgan, bundan tashqari nahotki pastroq qo’yish mumkin emas. Shunday ham bozor va boshqa gavjum joylarda shovqin-suron yetarli-ku!
Shahar mahallalarida, qishloqlarda odamlar to’y o’tkazib turishadi: albatta, to’y eng yaxshi urf-odatlardan. Shuningdek to’yni musiqasiz, ashulasiz, o’yin-kulgusiz tasavvur qilib bo’lmaydi. To’yda odamlar dam olish va hursand bo’lish uchun kelishadi. Ammo keyingi yillarda kuchaytirgichlar orqali musiqa va ashulalar shunday baland qo’yiladigan bo’ldiki, kishining qolog’ini qomatga keltiradi. Ba'zi to’ylardan mehmonlarning kuchli musiqa ovoziga chidamay chiqib ketish hollari ham uchrab turadi. Ba'zi to’y egalari baland qo’yilgan musiqani yarim tundan o’tgandan keyin ham to’xtatishmaydi, uning ovozi bir necha kilometr uzoqlarga tarqalib, dam olayotgan kishilarni, ayniqsa, kasalmandlar oromini buzadi. Shuningdek estrada zallarida, restoranlarda kuchaytirgichlar orqali eshittiriladigan konsertlar odamning gashiga tegadi. Sivilizasiyalashgan mamlakatlarda madaniyatli kishilar musiqani past eshitishadi. Chunki ular baland eshitilgan musiqa va ashulalarning mazmunini anglash qiyinligini, kishini noxush ahvolga solib qo’yishini bilishadi.
http://fayllar.org
Yüklə 6,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin