Beton va temir-beton rivojlanish tarixi va hozirgi kundagi holati. Beton haqida asosiy ma’lumotlar reja: Beton va temir-beton texnologiyasini rivojlanish tarixi



Yüklə 19,63 Kb.
tarix08.10.2023
ölçüsü19,63 Kb.
#153033
BETON VA TEMIR


BETON VA TEMIR-BETON RIVOJLANISH TARIXI VA HOZIRGI KUNDAGI HOLATI. BETON HAQIDA ASOSIY MA’LUMOTLAR Reja: 1. Beton va temir-beton texnologiyasini rivojlanish tarixi. 2. Beton va temir-beton ishlab chiqarish sohasidagi ilmiy texnologik rivojlanishining asosiy yo‘nalishi. 3. Temir-beton sanoatini rivojlanishi va hozirgi kundagi holati. Beton va temir-beton texnologiyasini rivojlanish tarixi haqida qisqacha ma’lumot. Beton – eng qadimiy qurilish materiallaridan biri hisoblanadi. Eramizdan 3600 yil ilgari Misr labirinti galereyalari, Ulug‘ Xitoy devorining bir qismi (eramizdan 3 asr ilgari), Hindiston, qadimiy Rim va boshqa joydagi qurilish va inshootlarda beton ishlatilgan. Ammo beton va temir-beton konstruksiyalar qurilishda keng ishlatilishi XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlandi, bu esa beton va temir-beton uchun asosiy ashyo bo‘lgan sementni sanoatda ishlab chiqarishni tashkil etish va ishlab chiqarishni yulga qo‘yilaboshlagan davrga to‘g‘ri keladi. 30 yillarda betonni titratish orqali zichlashtirish usuli yaratilgan-dan so‘ng betonlarni mustahkamligini oshirish, sement sarfini kamaytirish, chidamliligini oshirish va bikir hamda kam hara-katlanuvchi beton qorishmalarini zich joylashishini ta’minlash amalga oshdi. XIX asrning 80 yillarida prof. A.R. Shulyachenko gidravlik bog‘lovchi moddalar va sementni olish va ularni qotish nazariya-sini ishlab chiqdi va shuning asosida chidamli beton konstruk-siyalar olishni isbot qildi. Prof. N.A. Belelyubskiy 1891 yili temir-beton konstruksiyalar bilan keng miqyosda tajribalar o‘tkazib, shu konstruksiyalarni qurilishga tatbiq etgan. Prof. I.G. Malyuga 1895 yili yozgan ilmiy asarida yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan beton tarkibini tanlash va olishni hamda beton mustahkamligini asosiy qonuniyatlarini ko‘rsatib o‘tdi. 1912 yili N.A. Jitkevichning "Beton va beton ishlari" nomli kapital asari chop etildi. XX asr boshlarida turli ellarda ham beton texnologiyasiga tegishli ko‘p ishlar yaratildi, ulardan muhimlari quyidagilardir: R. Fere (Fransiya), O. Graf (Germaniya), I. Bolomey (Shveysariya), D. Abrams (AQSh). Yig‘ma temir-betonni rivojlanishiga sement, metallurgiya, mashinasozlik sanoatlarini rivojlanishi sabab bo‘ldi, hamda uning texnologiyasini rivojlanishi sement va betonlar haqidagi fanga mustahkam ilmiy asoslangan. Beton texnologiyasi va yig‘ma temir-beton konstruksiyalar ishlab chiqarishni rivojlantirishda asosiy yo‘llanmalar quyida-gilar bo‘lishi kerak: yig‘ma temir-beton konstruksiyalarni sifat darajasi va samarasini oshirish; ishlab chiqarishda mehnat sarfini va metall sarfini kamaytirish; bog‘lovchi moddalarning samarali turlari, armatura po‘latlari, yuqori sifatli to‘ldiruvchilar va kompleks kimyoviy qo‘shimchalarni ko‘plab ishlab chiqarishni tashkil etish va ishlabchiqarish, konstruksiyalarni og‘irligini kamaytirish va o‘lchamlarini kattalashtirish; beton va temir-beton konstruksiyalarini ishlab chiqarish texnologiyasini tubdan yaxshilash uchun eng zamonaviy texnologik jarayonlarni keng qo‘lamda tadbiq qilish; yuqori unumdor avtomatik uskunalarni, robotlarni, manipulyatorlarni ishlatish; betonlarning xossalarini aniqlashda mahsulotlarning sifatini boshqarish va nazorat sistemasini eng sifatlisini qo‘llash; hisoblash texnikasidan keng foydalanish; chiqindiga chiqarmaydigan va resurslarni tejamlash texnologiyasini qo‘llash; 2 sanoat chiqindilari va ikkilamchi mahsulotlarni keng ko‘lamda qo‘llash; ishchi, energiya va material resurslarini tejamkorligini oshirish maqsadida ishlab chiqarish rezervlaridan foydalanish darkor. Beton deb bog‘lovchi moddalar, suv, mayda va yirik to‘ldiruvchilarning ma’lum proporsional miqdorlarda olingan qorishmani yaxshilab aralashtirish, zichlashtirish va qotishi natijasida olingan sun’iy tosh materialiga aytiladi. Qurilishda sement yoki boshqa noorganik bog‘lovchi moddalardan tayyorlangan betondan keng ko‘lamda foydalaniladi. Bu betonlar asosan suv bilan qorishtiriladi. Betonning faol tashkil etuvchilari sement va suvdir, ularning reaksiyaga kirishishi natijasida to‘ldiruvchi zarralarini biriktiradigan yaxlit quyma sement toshi hosil bo‘ladi. Sement va suv betonning faol tarkibiy moddalari hisoblanadi: ular orasidagi reaksiyalar natijasida to‘ldiruvchi zarralarini yaxlit monolitga bog‘lovchi sement toshi paydo bo‘ladi. Sement va to‘ldiruvchi orasida kimyoviy ta’sirlashuv yuzaga kelmaydi (avtoklav ishlov berish orqali olinadigan silikat betonlardan boshqa). Shuning uchun to‘ldiruvchilarni inert ashyolar deb ataydilar. Biroq, ular beton xususiyati va tarkibiga ta’sir qiladi va bu ta’sirni beton tarkibini loyihalashda hisobga olish taqazo etiladi. To‘ldiruvchi sifatida asosan mahalliy tog‘ jinslari va ishlab chiqarish chiqindilari (shlaklar va boshqalar)dan foydalaniladi. Bunday arzon to‘ldiruvchilardan foydalanish betonning narxini arzonlashtiradi, chunki to‘ldiruvchi va suv betonning 85-90 % ni, sement esa 10-15 % hajmini tashkil etadi. Keyingi yillarda qurilishda g‘ovak sun’iy to‘ldiruvchilardan tayyorlangan yengil beton keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. G‘ovakli to‘ldiruvchilar beton zichligini pasaytiradi, bu esa uning issiqlikni tutib qolish xususiyatini yaxshilaydi. Beton va beton qorishmasining xususiyatlarini boshqarish uchun uning tarkibiga kimyoviy qo‘shimcha aralashtirilib, beton qorishmasining qotishi tezlashtiriladi yoki sekinlashtiriladi, uni ancha plastik va qulay quyiluvchanligi oshiriladi, qotish jarayoni tezlashtiriladi, uning mustahkamligi va sovuqqa chidamliligini ko‘tariladi. Zarur hollarda beton xususiyatlari boshqa yo‘nalishda o‘zgartiriladi. Beton – asosiy qurilish ashyosidir. Unga keng qamrovda turli xususiyatlar, jumladan mustahkamlik, zichlik, issiqlik o‘tkazuvchanlik va boshqa shu kabi xossalarni berish mumkin. Beton va temir-beton sanoatining rivojlanishining usullari. Qurilish – asosiy moddiy ishlab chiqarish tarmoqlaridan biridir. U milliy iqtisodiyotda uchinchi (sanoat va qishloq xo‘jaligidan keyin) o‘rinda turadi. Qurilishning mahsuloti – barcha turdagi ishlar bo‘yicha tugallangan va ishga tushirishga tayyor bo’lgan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy fondlari, shuningdek, amaldagi korxonalarning kengaytirilishi va qayta ta’mirlanishi, ularda ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta jihozlanishidir. Uy-joy muammolarining yechimi batamom qurilish zimmasiga yuklatiladi. Qurilish ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va milliy iqtisodiyotni kompleks yuksaltirishda katta rol o‘ynaydi. Bu tarmoqda jamg‘arish fondining taxminan uchdan ikki qismi amalga oshiriladi, mamlakat yalpi ijtimoiy mahsulotining 10 foizidan ko‘proq qismi yaratiladi. Qurilishning milliy xo‘jalik miqyosidagi ahamiyati va etakchi rol o‘ynashiga yana bir sabab shuki, u aholining katta qismini ish bilan ta’minlaydi, fan-texnika va ijtimoiy taraqqiyotning jadallashiga, ijtimoiy mehnat unumdorligining o‘sishiga imkon yaratadi. Qurilish, moddiy ishlab chiqarish tarmog‘i sifatida, avvalo ishlab chiqariladigan mahsulotning xarakteri, ya’ni uning ko‘chmasligi, o‘lchamlari kattaligi, serqirra va murakkabligi bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Qurilish mahsuloti ko‘p mehnat va kapital sarfxarajatlarni talab qiladi, uni ishlab chiqarish sikli uzoq muddatlidir, ya’ni uni ishlab chiqarishga 3 soat yoki daqiqa emas, balki hatto 10, 20 kundan ham ko‘p vaqt talab qilinadi. Shuningdek, qurilishda qo‘llaniladigan asbob-uskunalar va mehnat predmetlari o‘ziga xos turda va tarkibda bo‘lishidan tashqari, ular harakatlanuvchi ham bo‘ladi. Ishlab chiqarish sikliga qarab qurilish mahsulotining shakli va tayyorligi turlicha bo‘ladi. Qurilish ishlab chiqarishini rejalashtirishning asosiy vazifalari kapital qurilish rejasida ko‘zda tutilgan ishlab chiqarish quvvatlari va ob’yektlarni ishga tushirish topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash, qurilish-montaj tashkilotlarining quvvatlarini hamda qurilishning ishlab chiqarish-texnik bazasini o‘z vaqtida va kerakli miqdorda rivojlantirish, shuningdek, qurilish ishlab chiqarishining samaradorligini oshirishdan iboratdir. Bozor iqtisodiyotini barpo etishga yo‘naltirilgan bosqichma-bosqich islohotlar siyosati O‘zbekiston aholisi farovonligini yaxshilashda anchagina ijobiy ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga olib keldi. Shuningdek yosh respublika jahon hamjamiyati tomonidan tan olinib, unda o‘z mavqeiga ega bo‘ldi. Bunda faol investitsion siyosat yuritish va mavjud barcha moliyaviy, intellektual va boshqa resurslarni import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan, xomashyomizni qayta ishlashni nazarda tutuvchi ishlab chiqarishni yaratishga yo‘naltirish katta rol o‘ynaydi. Iqtisodiy asoslangan investitsion loyihalarni amalga oshirish hamda O‘zbekiston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga tashqi sarmoyalar va kreditlarni jalb etish, bugungi kunda xalq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish borasida belgilab olingan maqsadlarga erishishning eng muhim va ustuvor vazifasi sifatida qaralmoqda. Respublikaning asosiy tarmoqlari qatorida qurilish materiallari sanoati etakchi rol o‘ynaydi. Bu o‘z xomashyo bazasiga ega ekanligimiz, qurilish materiallari, sanoat va uy-joy konstruksiyalariga bo‘lgan yuqori ehtiyoj hamda malakali mutahassislarning mavjudligi bilan belgilanadi.
Yüklə 19,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin