Ba’zi Osiyo mamlakatlarida yetishtirilgan achchiq bodom o’simligi quruq mevasi tarkibidan aflatoksinlar miqdorini yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi metodi yordamida tahlil qilish



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə1/3
tarix17.03.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#88432
  1   2   3
Aflatoksin maqola docx


Ba’zi Osiyo mamlakatlarida yetishtirilgan achchiq bodom o’simligi quruq mevasi tarkibidan aflatoksinlar miqdorini yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi metodi yordamida tahlil qilish
Tojiqulov A.A., Qo’shiyev H.H., Djuraev T.A., Bekpo’latov H.O
Guliston davlat universiteti “Eksperimental biologiya” Labaratoriyasi
tojikulov1991@mail.ru

Anotatsiya
Aholi sonining haddan ziyod ortishi qishloq xo’jaligida yetishtirilgan mahsulotlar tanqisligiga olib kelmoqda. Shu sababli o’simliklardan yuqori hosil olish va zararkunanda hashoratlardan himoya qilishda kimyoviy moddalardan keng foydalanilmoqda. Buning natijasida o’simlik mevalari va urug’larida zararli moddalar miqdori ortib bormoqda. Shu zararli moddalar qatorida toksinlar ham katta ahamiyatga ega.
Tabiiy toksinlar turli xil o'simliklarda mavjud. Bu o'simliklar odatda oziq-ovqat sifatida iste'mol qilinadi. Ushbu toksik moddalar qachon sezilarli miqdordan ortiq bo’lsa yoki ular tegishli ravishda qayta ishlanmagan bo'lsa, oziq-ovqat mahsulotlarining zaharlanishiga, ortib ketadigan miqdori inson salomatligi uchun potentsial, zararli bo'lishi mumkin. O’zbekiston Respublikasida ham katta ishlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoyevning 10.11.2020 sanadagi 4887 raqamli qarorida ham oziq – ovqat xavfsizligiga kata e’tibor berilish kerakligi ta’kidlangan. Ushbu tadqiqot oziq-ovqat mahsulotlarining oziq-ovqat xavfsizligini taminlash maqsadida Guliston davlat universiteti Eksperimental biologiya laboratoriyasi tomonidan o'tkazildi. Bizning tadqiqotlar ba’zi Osiyo mamlakatlarida iste’mol qilinadigan bodom mevalarining zaharlanishini va zararlanish darajasini o’rganishga qaratilgan. Namunalar tarkibidagi aflatoksin B1, B2, G1 va G2 miqdori yuqori samarali suyuqlik xromatografiya (YSSX) bilan aniqlandi va tahlil qilindi.


1.Kirish
Oziq-ovqat va ozuqalarning erkin savdosi butun dunyoda tobora keng tarqalgan. Mahsulot oqimini nazorat ostida ushlab turish uchun eksport qiluvchi va import qiluvchi mamlakatlarda ham muvofiqlashtirilgan tartibga solish va boshqarish tizimlariga ehtiyoj bor. Shu sababli, ko'plab mamlakatlarda allaqachon turli xil ifloslantiruvchi moddalar, shu jumladan aflatoksinlar uchun umumiy qoidalar va maksimal darajalar o'rnatilgan. Shunga qaramay, ayrim davlatlar aflatoksinlar uchun o'zlarining maksimal darajalariga ega. Dunyo bo'ylab asosan aflatoksinlarning umumiy miqdori (AFB1, AFB2, AFM1, AFG1 va AFG2), oziq-ovqat va ozuqa uchun, muvofiqlikni tekshirish uchun tegishli tahlil usullarini tanlash uchun boshqalar qatori ushbu qoidalardan xabardor bo'lish muhimdir. Hozirgi kunda aflatoksinlarni aniqlashda ommalashgan, zamonaviy usullardan foydalanib, aflatoksinlarni miqdor va sifat jihatdan aniqlash usulidan yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasidan foydalandik[1].
Yuqori samarali suyuq xromatografiya (YSSX) - bu organik birikmalarni ajratish va aniqlashning eng ommaviy va samarali usullaridan hisoblanadi. Dunyoda taxminan 80% organik birikmalar YSSX yordamida aniqlanadi. Tahlil qilinadigan namuna kolonkada harakatli va harakatsiz fazalar o'rtasida harakatlanadi va taqsimlanadi. Bunda ajratish kerak bo'lgan namunalar tarkibidagi komponentlar ikki faza uchun turli xil yaqinliklarga ega bo'lganligi va shu bilan kolonkada har xil tezlikda harakatlanishi sababli ajratiladi[2].
Zamburug’larning turli xil turlari mikotoksinlarni ishlab chiqaradi. Bugungi kunda 300 dan 400 gacha turli xil mikotoksinlar ajratishi ma'lum, ammo ularning hammasi ham yuqori konsentratsiyalarda mavjud emas yoki sog'lik va iqtisodiy ta'sirga ega emas va shuning uchun ularning tirik organizmlarga zararli turlarini o’rganishimiz lozim[3].
Aflatoksinlar - ishlab chiqaradigan asosiy zamburug’lar Aspergillus flavus va Aspergillus paraziticus hisoblanadi. Qulay harorat va namlik sharoitida bu zamburug'lar ba'zi oziq-ovqat mahsulotlarida, ko'pincha yer yong'oqlarida, quritilgan mevalarda, daraxt yong'oqlarida (bodom, yong'oq, pista va Braziliya yong'oqlari), ziravorlar va yana bir qator o’simliklarda (ayniqsa, makkajo'xori) hosil bo’ladi. Aflatoksin ishlab chiqarish zamburug’lar tomonidan nisbatan yuqori haroratlarda amalga oshiradi, shuning uchun ifloslanish iliq va nam iqlim sharoitida eng keskin va keng tarqalgan. Garchi ifloslanish odatda Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasining tropik va subtropik mintaqalarida muammo deb hisoblansada, aflatoksinlar Evropa, Markaziy Osiyo va Shimoliy Amerikaning mo'tadil mamlakatlarida ham aniqlangan[4].
Aflatoksinlarning tuzilishi quyida ko’rsatilagan.




Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin