Iqtisodiy faoliyat va uning turlari



Yüklə 52,5 Kb.
səhifə1/5
tarix22.12.2022
ölçüsü52,5 Kb.
#77346
  1   2   3   4   5
Iqtisodiy faoliyat va uning turlari


Aim.uz

Iqtisodiy faoliyat va uning turlari
Inson ehtiyojlari turli-tuman bo’lib, ularni turli usullar, vositalar orqali qondirishga
harakat qiladi.
Insonning ehtiyojini qondirish, ya’ni tirikchilik, hayot kechirishini ta’minlashning
vosita va usullari majmui iqtisodiy faoliyat deb ataladi.
Agar iqtisodiy faoliyatni insonni hayot kechirishini ta’minlovchi faoliyat tarzida qarasak,
uni kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixi davomida rivojlanishini ikki asosiy tipga bo’lishimiz
mumkin:
1) o’zlashtiruvchi va 2) ishlab chiqaruvchi.
Kishilik jamiyatining dastlabki bosqichida insonlar tabiatdagi bor narsalarni to’g’ridanto’g’ri
o’zlashtirish bilan hayot kechirganlar.
Insoniyat ma’lum bir paytdan esa ob’ektiv zarurat tufayli tabiatdagi tayyor ne’matlarni
o’zlashtiruvchidan ishlab chiqaruvchiga aylandi. Shu paytdan boshlab, uning mehnati sifat
jihatdan yangi bosqichga ko’tarildi. Mehnat iqtisodiy jarayonga aylandi. Endi insonlar tabiat
ne’matlarini ehtiyojlariga moslashtirishga o’tdilar.
Iqtisodiy faoliyat inson hayotining asosini tashkil etadi. U juda murakkab, turli hodisa va
jarayonlarni o’z ichiga oladi. Kishilik jamiyati yashar ekan, bu jarayonlar uzluksiz davom etadi.
Iqtisodchilar iqtisodiy faoliyatni nazariy jihatdan to’rt fazaga bo’lishadi: ishlab chiqarish,
ayirboshlash, taqsimot, iste’mol. Insonlarning xo’jalik yuritish faoliyatining natijasi ijtimoiy
mahsulot bo’lib, uning harakati ana shu to’rt fazani bosib o’tadi va uzluksiz takrorlanadi.
Ishlab chiqarish.
Iqtisodiy faoliyat ishlab
chiqarishdan boshlanadi. Bu
jarayondan ishlab chiqarish
omillari o’zaro birikib,
insonlarning turli-tuman
ehtiyojlarini qondiradigan
ne’matlar yaratiladi.
Iqtisodchilar ishlab chiqarishda uch marta yirik inqilob yuz bergan va u muvofiq tarzda
iqtisodiy taraqqiyotda uch marta yangi davrni boshlab berganini e’tirof etadilar. Bunda o’ziga
xos boshlang’ich nuqta rivojlangan industrial (sanoat) ishlab chiqarishning vujudga kelishi bo’lib
u markaziy o’rinni egallaydi, undan so’ng: industrial ishlab chiqarishga qadar bo’lgan davr, ya’ni
toindustrial va postindustrial (lotincha post - keyin) davrlarga bo’linadi.
Ishlab chiqarishning industrial rivojlanishga qadar bo’lgan (toindustrial) bosqichi
quyidagi xususiyatlarga ega:
— iqtisodiyotning dastlabki sferasi — qishloq xo’jaligi ustun bo’ladi;
— aholi asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan band;
— asosan qo’l mehnatiga tayanadi;
— mehnat taqsimoti nihoyatda past, natural xo’jalik yuritishga asoslanadi;
— aholi ehtiyojlari turg’un holatda bo’lgan ishlab chiqarishga xos.
Ishlab chiqarishning bu bosqichi hozir ham ayrim Afrika mamlakatlari (Mali, Gvineya)
ga xos bo’lib, qishloq xo’jaligida band bo’lganlar mehnat unumi 2 kishini boqishga etadi.
Er shari aholisining ko’payishi, ehtiyojlarning o’sishi, ularni qondirish yo’llarini
qidirishga majbur qildi. Bu oxir-oqibat sanoat to’ntarishiga olib keldiki, u Angliyada XVIII
asrning 60-yillarida boshlanib, AQShda XIX asrning 50—60- yillarida yakunlandi. Qo’l mehnati
mashinalar zimmasiga yuklatildi.

Yüklə 52,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin