Iqtisodiy faoliyat va uning turlari



Yüklə 52,5 Kb.
səhifə5/5
tarix22.12.2022
ölçüsü52,5 Kb.
#77346
1   2   3   4   5
Iqtisodiy faoliyat va uning turlari

Taqsimot. Bu yaratilgan mahsulotni taqsimlashgina bo’lib qolmay u resurslar yoki ishlab
chiqarish omillarini taqsimotini ham ifodalaydi.
Taqsimot avvalo har bir xo’jalik yurituvchi sub’ektning yaratgan mahsulotdagi hissasini
aniqlaydi. Bu hissa eng avvalo yaratilgan mahsulot miqdori va sifatiga hamda uning
realizatsiyasiga bog’liq. Taqsimot va ayirboshlash ishlab chiqarish bilan iste’molni shunchaki
bog’lamaydi. Ko’p jihatdan ishlab chiqarishning samarali bo’lishiga ayirboshlash va taqsimotsiz
erishib bo’lmaydi.
Ѓarb iqtisodchilari iqtisodiy xo’jalik yuritish faoliyatini tahlilini A. Smitdan boshlab,
hozirgi taniqli iqtisodchilargacha ayirboshlash va taqsimlash jarayonini tadqiq qilishdan
boshlashgan. Bu tasodif emas, chunki iqtisodiyot ayirboshlash yuz berganda, taqsimot esa ayrim
kishilarning xohishiga qarab emas, balki ob’ektiv tarzda bozordan oladigan signallar asosida
amalga oshganda erkin iqtisodiyot sifatida tarkib topadi. Mahsulotlarning mo’l-ko’lligi uchun
taqsimlash uslublaridan, ya’ni narxlar shakllanishini bozor mexanizmidan minnatdor bo’lishimiz
kerak degan, asrimizning taniqli iqtisodchilaridan F. Xayek.
Iqtisodiy resurslar taqsimoti narx mexanizmi orqali amalga oshadi. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida taqsimot mulkchilikka bog’liq. Yaratilgan mahsulotdagi ulush har bir omilning mulk
egasi sifatidagi hissasi orqali aniqlanadi.
Taqsimot qanday tarzda bo’lishiga qarab, ishlab chiqarishni faol yangilanishiga ta’sir
ko’rsatadi.
Iste’mol - ishlab chiqarish natijalaridan foydalanish ehtiyojni qondirish jarayonini
ifodalaydi. Iste’mol ikki xil: shaxsiy va ishlab chiqarish iste’moli bo’ladi: birinchidan, tirikchilik
kechirish uchun odamlarning o’zlari tomonidan iste’mol qilinadi, ikkinchidan, ishlab chiqarishni
davom ettirish uchun ishlab chiqarishning o’zida ishlatiladi.
Iste’mol faoliyat sifatida yakka, guruhiy, umummilliy tarzda yuz beradi.
Iste’mol yana qayta mahsulot va xizmatlar yaratishni zarur qilib qo’yadi.
Cheksiz ehtiyojni qondirish uzluksiz iqtisodiy faoliyatni talab qiladi. Iqtisodiy faoliyat
kishilarning ma’lum bir maqsad yo’lidagi xatti-harakatini bildiradi. Uning ishtirokchilari ayrim
kishilar, korxona, firma, xo’jalik va davlatlar bo’lib, ularni umumiy tarzda iqtisodiy faoliyat
sub’ektlari deb ataladi. Ular doimo bir-birlari bilan muntazam aloqada bo’ladilar

Aim.uz


Yüklə 52,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin