Iqtisodiy faoliyat va uning turlari



Yüklə 52,5 Kb.
səhifə4/5
tarix22.12.2022
ölçüsü52,5 Kb.
#77346
1   2   3   4   5
Iqtisodiy faoliyat va uning turlari

Ayirboshlash jarayonida mahsulotlar ma’lum miqdoriy nisbatda bir-biriga almashtiriladi.
Ayirboshlash moddiy ne’mat va xizmatlarning bir sub’ektdan ikkinchisiga o’tish jarayonini
bildiradi. Tarixan olib qarasak, ayirboshlash ikki xil: mahsulot va tovar ayirboshlash shaklida
yuz beradi.
Bir mahsulotni bevosita boshqa mahsulotga ma’lum miqdoriy nisbatda ayirboshlash
barter deyiladi. Bunday ayirboshlash qulay emas. Bunday ayirboshlash kishilik jamiyati
taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida qo’llanilgan.
Tovar ishlab chiqarishning vujudga kelishi, rivojlanishi bilan tovar ayirboshlash amal
qiladi.
Bir mahsulotni ikkinchisiga pul vositasida, ma’lum narx asosida, ya’ni oldi-sotdi yo’li
bilan ayirboshlash— tovar ayirboshlash deyiladi. Bunda tovar pulga ayirboshlanadi, keyin esa bu
pulga xohlagan boshqa tovar almashtiriladi. U universal ayirboshlash, shuning uchun ham tovar
ayirboshlash, oldi-sotdi, ayirboshlashning eng qulay va yuksak shakli tarzida tan olinadi.
Xozirgi paytda neoklassik yo’nalish vakillari ayirboshlashning unumli ekani, uning
jamiyat boyligi ko’payishiga ta’sir ko’rsatishini ta’kidlaydilar.
Ma’lumki, fiziokratlar faqat qishloq xo’jaligidagi mehnat unumli deb tan olsalar, A. Smit
va D. Rikardolar sanoatdagi mehnat ham unumli deb ko’rsatishgan.
Bu xususda Marshall shunday fikrni ilgari suradi. Umuman olganda inson moddiy
ne’matlar yaratadi deyishimizning o’zi to’g’rimi? Vaholanki, inson faqatgina tabiat yaratgan
narsalarnigina foydaliroq tarzda ehtiyojlarini qondirishga moslashtiradi. Masalan, yog’ochdan
stol yasaydi yoki xom ashyo materialini shunday joylashtiradiki, uni tabiatga nisbatan ko’proq
foydali bo’lishini oxiriga etkazadi. Shu nuqtai nazardan ayirboshlash, ishlab chiqarishga o’xshab
ne’matlarni ma’lum makonda ko’chib yurishini ta’minlab, inson ehtiyojlarini to’laroq
qondirishga xizmat qiladi. Bu jihatdan agar boylikni faqat moddiy, qo’l bilan ushlab, ko’z bilan
ko’radigan narsa sifatida emas, balki inson ehtiyojlarini to’laroq qondirish nuqtai nazaridan
qarasak, ayirboshlash ham boylikning ko’payishiga xizmat qiladi.
Boylik faqat moddiy ishlab chiqarishda yaratiladi deb ta’kidlash xizmatlar ko’rsatishni
nazar-pisand qilmaslikka, oxir-oqibat bu sfera rivojlanishining sekinlashishiga olib keladi.

Yüklə 52,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin