www.pedagoglar.uz
46-son 1–to’plam Iyul 2023
Sahifa: 41
TABIAT VA INSON O'RTASIDAGI MUNOSABATLAR.
Toshkent shaxar Olmazor tumani 46-maktabning geografiya o'qituvchisi
Raximova Yulduz Baxtiyarovna
Annotatsiya
: Tabiat - keng ma'noda
- butun borliq, olam va uning xilma-xil
shakllari; tor ma'noda - kishilarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish
manbai bo`lgan atrof tabiiy muhit. Jamiyat va tabiat tizimini ko`rib
chiqayotganda
ikkinchi tor ma'nodagi tushuncha qo`llaniladi. Chunki inson o`zining hayoti
davomida butun borliqdan emas, balkim uni o`rab turuvchi va uning ta'siri doirasida
turgan atrof tabiiy muhitdan foydalanishi mumkin.Shu tariqa insoniyat tarixida
jamiyat bilan tabiat o`rtasida to`xtovsiz va xilma-xil o`zaro ta'sirlar ro`y
berib
kelgan. Ammo tabiat insonlarsiz bu moddiy dunyoda hukm surib kelgan, lekin
insonlar tabiatning bir bo`lagi bo`lib, ular tabiatsiz hayot kechira olishmaydi.
Insonlar o`z hayoti uchun zarur bo`lgan hamma narsani tabiatdan oladi. Masalan,
oziq-ovqat
mahsulotlari, kiyim-bosh uchun xom ashyo, qurilish uchun binokorlik
materiallari, nafas
olish uchun atmosfera havosi, o’chish uchun suv, dam olish
uchun go`zal landshaftlar va h.k. Shunday
qilib inson hayoti davomida
foydalanilgan hamma narsalar tabiiy modda va kishilar faoliyatining mahsulidir.
Kalit so'zlar
:tabiat,borliq,jamiyat,turizm,genetik bog'lar.
Inson - tirik organizmlar turkumiga kiruvchi murakkab ijtimoiy va mehnat
faoliyatini yurgazuvchi individ. Inson tarixiy - jamoat jarayoni subyekti bo`lib, u
Yer kurrasidagi moddiy va ma'naviy-madaniy rivojlanishning asoschisidir. Inson
boshqa turdagi tirik mavjudotlar bilan genetik bog`langan holatda,
lekin ulardan
ongining yuqoriligi, mehnat qurollarini ishlab chiqara olishi,
nutqning
rivojlanganligi, ijodiy faolligi, hamda ahloqiy, ma'naviy va ruhiy o`z o`zini anglay
olishi bilan ajralib turadi.Jamiyat - keng ma'noda insonlarning tarixan qaror topgan
birgalikdagi faoliyatlari majmui yoki tor ma'noda
- ijtimoiy munosabatlarning