Rivojlantirishning pedagogik asoslari



Yüklə 185,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix17.09.2023
ölçüsü185,66 Kb.
#144670
  1   2
@iBooks Bot o‘quv faoliyatida o’



Rahmonqulov Abduhomid 
Rozikulovich, Ochilov Og’abek 
Narzullayevich
O’QUV FAOLIYATIDA O’QUVCHILAR DIQQATINI 
RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI 
O‘quv jarayonida bolaga har bir daqiqada juda ko‘p omillar ta'sir 
etib turadi. Lekin, o‘quvchiga ta'sir etayotgan bu omillarning hammasi bir 
xil aniqlikda aks etmaydi. Ulardan ayrimlari aniq, yaqqol aks etsa, boshqa 
birlari shunchaki juda xira aks etadi, yoki umuman aks etmaydi. Bu esa ana 
shu bolaga ta'sir etayotgan narsalarga diqqatning qay darajada qaratilishiga 
bog‘liqdir. Shuning uchun o‘quvchi diqqati qaratilgan narsa va hodisalar 
aniq va to‘la aks ettiriladi.
O‘quvchi o‘quv faoliyatining sifatini ta‘minlaydigan eng asosiy 
vositalardan biri diqqatdir. O‘z faoliyatining samaradorligini oshirish uchun 
har bir pedagog diqqat haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lishi kerak. 
Quyida diqqat haqidagi nazariy tushunchalar umumiy shaklda o‘z aksini 
topgan
Diqqat tushunchasiga olimlar tomonidan bir qator ta'riflar keltirilgan. 
P.I.Ivanov tomonidan diqqat deb- ongni bir nuqtaga to‘plab muayyan bir 
ob'ektga aktiv qaratilishga aytiladi. E.B.Pirogovaning ta'kidlashicha, diqqat 
shunday muhim jarayonki, u odamning barcha faoliyatlarida, albatta, 
ishtirok etadi. Eng sodda faoliyatdan tortib eng murakkab faoliyatni ham 
diqqatning ishtirokisiz bajarish mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun 
diqqatning inson hayotidagi roli benihoya kattadir. Jumladan, fransuz olimi 
Kyuve geniallikni ―chidamli diqqat deb ta'riflashi, K.D.Ushinskiyning 
"diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona eshigidirki, ongimizga 
kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o’tib kiradi" 
degan fikrlari 
uning ahamiyatini bildiradi. Haqiqatdan, ham diqqat eshigidan tashqarida 
qolgan narsa ongimizga yetib bormaydi. Diqqat sezish jarayonida, idrok 
qilishda, xotira, xayol va tafakkur jarayonlarida har doim ishtirok etadi. 
Diqqat barcha aks ettirish jarayonlarining doimiy yo‘ldoshidir. Diqqat 
barcha psixik jarayonlarimizda qatnashsa ham, lekin diqqatning o‘zi hech 
narsani aks ettirmaydi. Shu sabab diqqat psixik jarayonlarning sifatini 
ta‘minlovchi vosita hisoblanadi.
Bola o‘quv faoliyatiga zo‘r diqqat bilan kirishgan paytida uning tashqi 
qiyofasida ayrim o‘zgarishlar ko‘zga tashlanadi. Diqqatning sirtqi, ya'ni 
tashqi alomatlari quyidagicha ifodalanadi.



Yüklə 185,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin