Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
349
Ki, raxshi sochib charxi gardong‘a gard.
Yegarmak bila raxshi aylab shitob,
Solib ahraman jismig‘a iztirob.
Ani muztarib aylabon tobdin,
O‘zin asrabon lek qullobdin.
Biri yer,
biri charxi davvordek,
Sukun birla sayr ichra pargordek.
Chu parxoshidin xasm bo‘ldi najand,
Anga tashladi o‘yla pechon kamand
Ki, bo‘yni bila bir qo‘lin qildi rust,
Ani sudrayu shah sori surdi chust.
Chekardin tanin notavon aylabon,
Bo‘yin tufrog‘ ichra nihon aylabon.
Tani raxshi ostida pomol o‘lub,
O‘zi sudralur birla behol o‘lub.
Shah ollig‘a
chobuksuvori daler,
Yetib, sekribon ottin andoqki sher.
Chekib tiyra tufrog‘ uza saydini,
Valek aylabon rust aning qaydini.
Shah andoq ul ishtin tarabnok o‘lub
Ki, gardi taab ko‘nglidin pok o‘lub.
Ravon yondi oshubu ranji itib,
Kelib tushti o‘z xaylini berkitib.
Sipah bo‘ldi xandaq aro, o‘yla berk,
Topa olmag‘udek anga charx erk.
Tushub
shoh raxshi sipahgardidin,
Ilik, yuzni yub razmgah gardidin.
Kirib borgoh ichra Jamshidvor,
Bo‘lub baxtu davlatdin ummidvor.
Tuzub majlis ahli bila anjuman,
Ravon istabon gurdi vahshiyfikan.
Chu kirgach eshikdin yali shergir,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: